Поиск

Полнотекстовый поиск:
Где искать:
везде
только в названии
только в тексте
Выводить:
описание
слова в тексте
только заголовок

Рекомендуем ознакомиться

'Документ'
В соответствии с Национальным календарем выставочных мероприятий Республики Беларусь с 24 по 27 марта в выставочном центре по адресу: г. Минск, пр. По...полностью>>
'Документ'
, именуемое в дальнейшем «Банк», в лице , действующего на основании , с одной стороны, и Закрытое акционерное общество «РН-Шельф-Дальний Восток» имену...полностью>>
'Рабочая программа'
Одной из важнейших задач совершенствования учебно-воспитательного процесса в школах является организация двигательного режима школьников, который явля...полностью>>
'Методические указания'
Маркетинг: методические указания по выполнению контрольной работы для студентов III курса (I и II образование) специальностей: 06.05 – «Бухгалтерский ...полностью>>

Главная > Документ

Сохрани ссылку в одной из сетей:
Информация о документе
Дата добавления:
Размер:
Доступные форматы для скачивания:

1

Смотреть полностью

O’zbеkistоn Хаlq tа’limi vаzirligi

А. Qоdiriy nоmli Jizzах dаvlаt pеdаgоgikа instituti

Boshlang’ich ta’lim fаkultеti

Boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kаfеdrаsi

Boshlang`ich talim pedagogikasi fakulteti

2-3-kurs talabalari uchun ona tili

o`qitish metodikasi fanidan

ma’ruzalar matni

Tuzuvchilar: f.f.d.Doniyorova Sh

Mamayusupova S

Jizzах - 2013

Ona tili o’qitish usuliyoti – pedagogik fan

Reja:

1.Ona tili o’qitish usuliyoti fanining predmeti va vazifalari.

2.Ona tili o’qitish usuliyoti fanining ilmiy asoslari.

3.Ona tili usuliyotining tamoyillari.

4.Ona tili usuliyotining tekshirish metodlari.

5.Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish tarixidan.

6.Ona tili – boshlang’ich sinflarda o’quv predmeti.

Adabiyotlar:

1.Abdullayev Y. Eski maktabda xat-savod o’rgatish.- Toshkent,1960.

2.Abdullayeva Q. Birinchi sinfda nutq o’stirish. - Toshkent, "O’qituvchi", 1980.

3.Abdullaeva Q. Savod o’rgatish. Toshkent, 1983.

4.Abdullayeva Q., Rahmonova S. Ona tili darslari (usuliy qo’llanma). Toshkent, 1999.

5.Azizova A. G. Uchinchi sinfda ona tili darslari. Toshkent, 1982.

6.Azizova A.G., Ikromova R. To’rtinchi sinfda ona tili darslari. Toshkent, "O’qituvchi", 1984.

7.Ashrapova T., Odilova M. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi. Toshkent, 1984.

8.Ashrapova T., Hotamov N. Uchinchi sinfda o’qitish darslari. Toshkent, 1983.

Ona tili o’qitish ona tili o’qitish usuliyoti pedagogik fanlar qatorida turadi.. Ona tili usuliyotini amaliy fan deb nomlash mumkin, chunki u nazariyaga asoslanib o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash, o’stirishning amaliy vazifalarini bajaradi. Boshqa fanlar kabi ona tili o’qitish usuliyotining ham o’z predmeti bor. Ona tili o’qitish usuliyotining o’rganish predmeti ta’lim berish (o’qitish) sharoitida ona tilini egallash, ya’ni nutqni, yozuv, o’qish, grammatika, fonetika va boshqalarni bilib olish jarayoni hisoblanadi. Ona tili usuliyoti o’zbek tilidan ko’nikma va malakalarni shakllantirish, grammatikadan va til haqidagi fanning boshqa bo’limlaridan ilmiy tushunchalar tizimini o’zlashtirish qonuniyatlarini o’rganadi. Bunday o’rganishning natijasi bilib olingan qonuniyatlar asosida til o’rgatishning eng qulay, eng oson tizimini ishlab chiqish uchun puxta zamin vazifasini bajaradi. Bu tizim har bir o’quvchini tilga oid bilim, ko’nikma va malakaning zaruriy minimumi bilan ta’minlashi lozim. Usuliyot ta’limga qo’yilgan qator talablarni, ya’ni ta’lim berish bilan bir vaqtda o’quvchilarni milliy istiqlol g’oyasi ruhida tarbiyalash, ularning tafakkurini o’stirishga yetarli yordam berish, shuningdek, ta’limning foydali, ixcham bo’lishini ta’minlashga oid talablarni hisobga oladi.

Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish usuliyoti amaliy fan sifatida uch vazifani bajaradi:

1.Nimani o’qitish kerak? savoliga javob tayyorlaydi. Demak, ta’lim mazmunini, ya’ni boshlang’ich sinflar ona tili kursining dasturini belgilab beradi, o’quvchilar uchun darsliklar va turli o’quv qo’llanmalari yaratib beradi, ularni doimiy takomillashtirib, muvofiqligi va samaradorligini tekshirib boradi.

2.Qanday o’qitish kerak? savoliga javob tayyorlab be­radi. Demak, ta’lim berishning metodlari, metodik priyomlari, mashqlar tizimi, u yoki bu qo’llanmani tatbiq etish tavsiyanomalarini, o’quvchilar amaliy ishlarining izchillik tizimini, dars va uning turlarini ishlab beradi.

3.Nega xuddi mana shunday o’qitish kerak? savoli­ga javob tayyorlab beradi. Bunda ilmiy nuqtai nazardan eng foy­dali metodlarni o’rganish, tanlangan metodlarni asoslash, tavsiyalarni eksperimental tekshirish va boshqalar tushuniladi.

Ona tili o’qitish usuliyoti ta’limning turli bosqichlarida o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalari darajasini o’rganadi, o’qitishning muvaffaqiyati yoki kamchiliklarining sababini aniqlaydi, nutqiy, orfografik va boshqa tipik xatolarni tekshiradi va ularning oldini olish, yo’qotish usullarini topadi.Vaqtning, zamonning o’zi pedagogik fan sifatida usuliyotga uning vazifalarini ko’rsatib beradi. Shunday qilib, hozirda ona tili o’qitish usuliyotida ta’lim berish jarayonida o’quvchilarning bilish faolligi va mustaqilligini, tafakkuri va nutqini yaxshi o’stirishni, bilim, ko’nikma va malakalarning puxta bo’lishini maksimal ta’minlaydigan metod va priyomlar faol izlanyapti.

Maktabgacha tarbiya muassasalari, boshlang’ich va o’rta maktablar, pedagogika bilim yurtlari, oliy o’quv yurtlarida til o’qitiladi. Ta’limning bu bosqichlarida ona tilini o’qitish vazifalari, albatta, bir xil emas. Ammo ta’limning barcha bosqichlarida ham fanning asosiy talablari bir xil bo’lib, uning o’rganadigan predmeti tilni egallash — bilib olish jarayoni hisoblanadi, usuliyot tilni o’zlashtirishning ob’yektiv qonuniyatlarini o’rganadi, ta’lim berish tizimini ishlab beradi va takomillashtiradi.

Ona tili o’qitishning har bir bosqichi o’z xususiyatlariga ega. Masalan, maktabgacha tarbiya usuliyoti ona tilini o’rganishda, asosan, bolalar nutqini o’stirishni nazarda tutadi.

Boshlangich sinflarda ona tili o’qitish usuliyotining esa, o’quvchilar nutqini o’stirishdan tashqari barcha bo’limlari ilgari o’rganilgan qandaydir fundamentga asoslana olmaydi. Uning “boshlang’ich ta’lim usuliyoti” nomidanoq buni bilish mumkin. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish usuliyotining asosiy bo’limlari quyidagilardir:

Savod o’rgatish usuliyoti ya’ni elementar o’qish va yozishga o’rgatish. Bolalarga savod o’rgatish pedagogikadagina emas, balki ijtimoiy hayotda ham juda jiddiy qo’yilgan muammodir.

O’qish usuliyoti. Boshlang’ich sinflarda o’qish predmetining vazifasi, birinchi navbatda, bolalarni tez (me’yorida), to’g’ri, ongli va ifodali o’qish malakalari bilan qurollantirish hisoblanadi.

Grammatika va imlo usuliyoti. Bu bo’lim elementar to’g’ri yozuvga va husnixatga o’rgatishni, grammatik tushunchalarni, boshlang’ich imlo malakalarini shakllantirishni o’z ichi­ga oladi.

O’quvchilar nutqini o’stirish usuliyoti. Bu bo’lim boshlang’ich sinflarda alohida o’rin tutadi. Bolalar birinchi marta til, nutqni o’quv predmeti sifatida anglaydilar, ular xohlagan va qiziqarli narsalarnigina emas, balki zaruriy va hodisalar haqida o’ylab, Rejalashtirib nutq tuzish zarurligini ham tushuna boshlaydilar, ular o’zining grafik shakli bilangina emas, balki leksikasi, sintaktik va morfologik shakli bilan ham og’zaki nutqdan farq qiladigan yozma nutqni egallaydilar.

Usuliyot bolalarning nutqini boyitishni, sintaksisi va bog’lanishli nutqini o’stirishni ham ta’minlashi kerak. Usuliyotning amaliy ahamiyati o’quvchilarning til boyligini har tomonlama to’liq bilib olishlarini ta’minlashdir. Buning uchun biz quyidagilarni yodda tutishimiz lozim: til kishilar o’rtasidagi aloqaning zaruriy vositasidir: tilsiz jamiyatning yashashi mumkin emas; tilning aloqa vositasi sifatidagi roli uzluksiz ortib boradi; maktabning vazifasi til­ni aloqa — kishilar orasidagi munosabatning rivojlangan, nozik quroliga aylantirish hisoblanadi. Til oqilona, mantiqiy bilish vositasidir; til birliklari va shakllari yordamidagina bilish jarayonida umumlashtirish, tushunchani muhokama va xulosa bilan amalga oshiriladi; til va nutq tafakkur bilan uzviy bog’lanadi; biz fikrni nutqda shakllantiramiz; tilni egallash va nutqni o’stirish bilan o’quvchining fikrlash qobiliyati ham o’sadi.

Metodik fan sifatida ona tili o’qitish usuliyoti maktabda o’qitishning o’quvchilar nutqining yaxshi rivojlanishiga kafolat beradigan, tilni har tomonlama bilishning ijtimoiy rolini tushuntiradigan yo’llari bilan ta’minlashi kerak. Demak, nutq o’s­tirish maktabning muhim vazifasidir.

Analitik-sintetik ishlar yordamida til ustida ishlashdan umumiy xulosa chiqarishga, nazariy ta’rif va qoidaga, shular asosida yana og’zaki va yozma tarzdagi jonli nutqiy aloqaga, to’g’ri yozuv va to’g’ri talaffuzga o’tiladi. O’quvchilar jonli nutqiy aloqaga, to’g’ri yozuv va to’g’ri talaffuzga amaliy va nazariy jihatdan boyib kirishadilar. Ular kuzatish jarayonida uchragan til namunalarini, o’zlari bilib olgan va nazariy o’zlashtirgan qoidalarni amaliyotga ongli tatbiq. etadilar. Maktabda ona tili o’qitish usuliyotining bunday yo’nalishi haqiqatni bilish qonuniyatlariga ham, hozirgi zamon didaktikasi vazifalariga ham mos keladi, javob beradi.

Pedagogik psixologiya bilimlarning o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi hamda ko’nikma va malakalarning shakllanish jarayonini tekshiradi; bu jarayonda bolalar duch keladigan qiyinchiliklarni o’rganadi, ta’lim jarayonida bolalarning umumiy taraqqiyot qonuniyatlarini belgilaydi, shuningdek, umuman va ayniqsa ona tilidan beriladigan bilim, ko’nikma va malakalarning o’sishini belgilaydi. Bu bilan pedagogik psixologiya metodikaga o’quv materialini tanlashda, boshlang’ich sinflarda ona tiliga o’rgatishning mazmuni va hajmini, materialni sinflar bo’yicha va har bir sinfning o’z ichida ma’lum izchillikda joylashtirishni belgilashda yordam beradi, o’qitishning o’quvchilar analitik-sintetik faoliyatining to’g’ri o’sishiga ko’maklashadigan eng samarali usul va shakllarini uliyot psixo­logiya fani ma’lumotlaridan foydalanib, bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish va o’quvchilarga individual yondashish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Ona tili o’qitish usuliyoti psixolingvistika fani bilan ham uzviy bog’liqdir. Psixolingvistika usuliyotga nutq haqida — nutqni talab qiluvchi, keltirib chiqaruvchi sabablar haqida, fikr bayon qilish darajasi haqida, fikr bayon qilish turlarini belgilovchi omillar haqida, “nutqni qabul qilish signallari” apparati haqida, individual munosabatga va ommaviy aloqaga nutqiy ta’sirning foydasi haqida ma’lumot beradi. Bu ma’lumotlar metodik masalalarni hal qilish uchun, ayniqsa, bog’lanishli nutq­ni o’stirish usuliyoti uchun juda muhimdir.

Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish usuliyoti didaktika bilan, ya’ni ta’limning umumiy nazariyasi bilan ham bog’lanadi. Usuliyot didaktika belgilab bergan qonuniyatlar, qoida va prinsiplarga asoslanadi. Didaktikaning prinsiplariga, ya’ni o’rganiladigan materialning ilmiyligi va muvofiqligi, til materialini o’rgatish va mustahkamlashda ko’rsatmalilik onglilik bilim, ko’nikma va malakaning puxtaligi, doimiy takrorlash, o’quvchilar bilish faoliyatining faolligi, mustaqillik o’qitish-ni hayot bilan, bolalarning qiziqishlari bilan bog’lab olib borishga rioya qilish maktabda o’qitiladigan barcha predmetlardan, shu jumladan, ona tilidan ham o’quv jarayonini tashkil qilishda juda zarurdir.

Ona tili usuliyoti umumiy pedagogika bilan ham o’zaro bog’lanadi. Maktab ta’limidagi har bir o’quv predmeti, shu jumla­dan, ona tili ham faqat bilim berish, ko’nikma va malaka hosil qilish bilangina chegaralanmay, bolaning ongini oshirishi va tarbiyalashi ham lozim. Haqiqatan ham, ona tili o’qitish jarayonida bolalarning dunyoqarashi shakllanadi, bilish qobiliyatlari o’sa­di, ular aqliy, axloqiy, estetik tomondan rivojlanadi, xarakterida ma’lum ijobiy xususiyatlar yuzaga keladi, mehnat qilishga o’rganadi va hokazo.

Pedagogika fani bolalarni har tomonlama rivojlantirish va ularni tarbiyalash masalalarini ilmiy tomondan ishlab beradi. Ona tili o’qitish usuliyoti pedagogika fani yangiliklariga, uning yuqorida qayd etilgan masalalarni ilmiy tomondan ishlab bergan ma’lumotlariga asoslanadi.

Ona tili usuliyotini umumiy pedagogika bilan bog’lash ayniqsa boshlang’ich sinflarda muhimdir. Kichik yoshdagi o’quvchilarning jamoa va shaxsiy o’quv faoliyatida zarur bo’lgan ko’p odat va ko’nikmalar hali tarbiyalanmagan bo’ladi. Tashkilotchilik jamoa ishiga tez kirishish, e’tibor bilan eshitish, o’qish va yozish, faol va mustaqil ishlash, barcha ishlarni puxta va saranjom, iloji boricha, chiroyli bajarish kabi ko’nikma va odatlar o’qituvchi va maktab tomonidan amalga oshiriladigan umumpedagogik tadbirlar tizimini tashkil etadi. Tarbiyaning shunga o’xshash nazariy va amaliy masalalarini pedagogika ishlab beradi. O’qituvchi pedagogik talablarni amalga oshirsagina, ona tiliga o’rgatishni ta’lim-tarbiya jihatidan foyda keltiradigan qilib uyushtira oladi.

Ona tili o’qitish usuliyoti o’zbek tilini amaliy va ma’lum qismini nazariy egallashni nazarda tutadi, shuning uchun ham lingvistik sikldagi fanlar (fonetika va fonologiya, leksikolo­giya va frazeologiya, so’z yasalishi va etimologiya, grammatika — morfologiya va sintaksis, stilistika, shuningdek? orfoepiya, grafika, orfografiya) usuliyotning muhim asosi hisoblanadi.

Fonetika va fonologiya grafika bilan bog’liq holda savod o’rgatish usuliyotini ishlashda, elementar o’qish ko’nikmasini shakllantirishda asos bo’lib xizmat qiladi. Fonetika va grafikaning fonetik prinsip asosida yoziladigan imlo qoidalarini o’zlashtirishda ham ahamiyati katta. Husnixat usuliyoti grafika nazariyasiga tayanadi.

Leksikologiyani bilish maktabda lug’at ishi (sinonim va antonimlar, so’zlarning tematik guruhlariga oid xilma-xil mashqlar o’tkazish, ko’p ma’noli so’zlar, ularning ma’no ottenkalari ustida ishlash)ni to’g’ri tashkil etish uchun juda muhimdir.

So’zning tarkibi va so’z yasalishini o’rganishda usuliyotga lingvistik fanlardan so’z yasalishi, etimologiya, grammatika asos vazifasini bajaradi.

Morfologiya va sintaksis mavhum til hodisalarini shakllantirishni, til qurilishi haqida tushuncha hosil qilishni to’g’ri tashkil etishga, grammatik tushunchalardan to’g’ri yozuv masalala­rini hal qilish uchun foydalanishga imkon beradi. Grammatikadan bilimi bo’lmagan o’quvchilarda orfografiya va punktuatsiyadan ko’nikma va malakalarni shakllantirish mumkin emas. Grammati­ka o’quvchilar nutqini o’stirishda ham muhim rol o’ynaydi, chunki grammatika so’z shakllarini to’g’ri tuzish, so’z birikmasi tarkibidagi so’zlarni o’zaro to’g’ri bog’lash va gapni to’g’ri tuzishga o’rgatadi.

To’g’ri yozuvga o’rgatish usuliyotining rivojlanishida o’zbek tili orfografiyasi nazariyasini hisobga olish talab etiladi.

O’qish usuliyoti adabiyot nazariyasiga asoslanadi, chunki o’quv­chilar badiiy asarni amaliy tarzda tahlil qiladilar, ularga adabiyotshunoslikdan nazariy ma’lumot berilmaydi, ammo usuliyot adabiy asarning yaratilish qonuniyatlarini va uning o’quvchilarga ta’sirini, ayniqsa, adabiyotshunoslikka oid mavzulardan asarning g’oyaviy mazmuni, uning mavzusi va syujeti, kompozitsiyasi, janri, tasviriy vositalarini hisobga olishi zarur.

O’quvchilarga ona tili o’rgatish, ularni tarbiyalash va har tomonlama o’stirish vazifalaridan kelib chiqib, bir-biriga yaqin fanlarga asoslanib, usuliyot o’zining ona tilini o’rgatish prinsiplarini oldinga suradi; bu prinsiplar umumdidaktik prinsiplardan tashqari bo’lib, o’qituvchi bilan o’quvchi bajaradigan o’quv mehnatining asosiy yo’nalishlarini belgilaydi.

Til materiyasiga, nutq organlarining o’sishiga, nutq malakalarining to’g’ri rivojlanishiga e ‘ t i b o r b e r i sh p r i n s i p i. Nutq til qonuniyatlariga, oz bo’lsada, e’tibor bermaslik amaliy nutq faoliyatini egallashga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Masalan, fonetik ko’nikmalarga etarli baho berilmasa, imloviy savodxonlikka putur yetadi. Bu ta’lim prinsipi tildan olib boriladigan mashg’ulotlarda eshituv va ko’ruv ko’rsatmaliligini ta’minlashni va nutq organlarini mashqlantirishni (gapirib berish, ifodali o’qishni, ichda gapirishni) talab etadi.

Til ma’nolarini (leksik grammatik morfemik sintaktik ma’nolarni) tushunish prinsipi. So’z, morfema, so’z birikmasi va gapni tushunish borliqdagi ma’lum voqea-hodisalar o’rtasidagi bog’lanishni aniqlash demakdir. Til ma’­nolarini tushunish prinsipiga amal qilishning sharti tilning hamma tomonlarini, tilga oid barcha fanlar (grammatika, lek­sika, fonetika, orfografiya, stilistika)ni o’zaro bog’langan holda o’rganish hisoblanadi. Masalan, morfologiyani sintaksisga tayangan holdagina o’rganish, o’zlashtirish mumkin, sintaksisni o’rganishda esa morfologiyaga suyaniladi, orfografiya fonetika, grammatika, so’z yasalishiga suyanadi va hokazo. So’zni morfemik tomondan tahlil qilish uning ma’nosini tushunishga yordam beradi. Tilning hamma tomonlari bir-biri bilan o’zaro bog’langan bo’lib, o’qitishda buni albatta hisobga olish kerak

Tilga sezgirlikni o’stirish prinsipi. Til — juda murakkab hodisa, uning strukturasini, tizimini fahmlab olmay turib, sal bo’lsada, uning qonuniyatlarini, o’xshashliklarini o’zlashtirmay turib, uni yodda saqlab bo’lmaydi. Bola gaplashish, o’qish, eshitish bilan til materiallarini yig’adi, uning qonunlarini o’zlashtiradi. Natijada kishida tilga sezgirlik (til hodisalarini tushunish) xususiyati shakllanadi; til hodisalarini tushunmay turib savodli yozish, nutq madaniyatini egallash mumkin emas.

Nutqning ifodaliligiga baho berish prinsi­pi. Bu prinsip til vositalarining xabar berish funksiyasini tushunish bilan bir qatorda, uning ifodalilik (uslubga oid) funksiyasini tushunishni, mazmuninigina emas, balki so’z va nutq oborotlarining, tilning boshqa badiiy-tasviriy vositala­rining emotsional ottenkalarini ham tushunishni ko’zda tutadi. Bu prinsipga amal qilish uchun, birinchi navbatda, badiiy adabiyotlardan, shuningdek tilning funksional-stilistik xususiyatlari aniq ifodalangan boshqa matnlardan foydalanish talab qilinadi. Bu materiallar matnning emotsional va mazmun jihatdan “nozikligi”ni tushunishga yordam beradi.

Og’zaki nutqni yozma nutqdan oldin o’zlashtrish prinsipi. Bu prinsip ham kishi nutqining rivojlanganiga ta’sir etadi va til o’qitish usuliyotini tuzishda xizmat qiladi.

Usuliyot prinsiplari, didaktika prinsiplari kabi o’qituvchi bilan o’quvchining maqsadga muvofiq faoliyatini belgilashga ularning birgalikdagi ishlarida qulay yo’nalishni tanlashga yordam beradi, usuliyotning fan sifatida nazariy asoslash elementlaridan biri bo’lib xizmat qiladi.

Ona tili usuliyoti — amaliy fan, shuning uchun amaliyot katta rol o’ynaydi binobarin, uning amaliy xulosalari, tavsiyalarining ishonarliligi muhim ahamiyatga ega.

Usuliyot amaliy tavsiyalarining yuqori ilmiy darajasi xulosalarining aniq va nazariy tasdiqlanishi tekshirish metodlarining har tomonlama puxta ishlanishiga ham bog’liq.

Tekshirish metodlari ikkiga bo’linadi: 1) nazariy tekshirish metodlari; 2) empirik (tajribaga asoslangan) tekshirish metod­lari. Bular tekshirish faoliyati jarayonida birgalikda, bir-biriga uzviy bog’liq holda qo’llanadi.

Nazariy metodlar quyidagilarda tatbiq etiladi: a) biror hodisaning metodik asosini (masalan, tekshiruvchi o’quvchilar nutqini o’stirishning qulay yo’llarini topishni maqsad qilgan bo’lsa, tafakkurning nutq bilan bog’liqligini), shuningdek, bog’liq fanlarni o’rganish, qo’yilgan gipotezani asos­lash, o’qitishning muhim prinsiplarini, izlanishning asosiy yo’nalishini belgilash uchun tatbiq etiladi; b) “masala tarixi”ni o’rganish, ya’ni tanlangan mavzu yuzasidan ilgarigi tajribalarni, shuningdek, chet el maktablari tajribasini o’rganish, mavzuga taalluqli barcha adabiyotlarni o’rganish, o’rganilgan tajribani tahlil qilish, aniq-noaniq o’rinlarini, hal qilingan va hal qilinmagan tomonlarini, isbotlangan-isbotlanmagan o’rinlarini aniqlash, ilgarigi tajribalarni umumlashtirish, uni ishning hozirgi ahvoli bilan taqqoslash, hozirgi vazifalar nuqtai nazaridan baholash; v) hozirgi fanlarga oid masalalarni, bir-biriga yaqin fanlar (psixologiya, lingvistika, sotsiologiya)ning tekshirish metodlarini, katta olimlarning tekshirish ishlari tajribasini o’rganish; bu tekshirish metodi tekshirishning qulay metodlarini tanlash yoki o’zining yangi eksperimental usuliyotini yaratish va materiallarini ishlab tayyorlash maqsadida tatbiq qilinadi; g) empirik yo’l bilan olingan materiallarni tahlil qilish va umumlashtirish, kuzatishlar, o’qituvchilar ish tajribasini o’r­ganish, eksperiment natijasini tahlil qilish va umumlashtirish, xulosalarni, amaliy tavsiyanomalarni shakllantirish; hozirgi zamon ilmiy tekshirish ishlarining bu bosqichida ayrim mavzuga oid metodlar ham tatbiq etiladi.

Empirik metodlar: a) bu metod o’qituvchilarning ish tajribasini (asosan, ommaviy, ba’zan shaxsiy tajribani) o’rganish; bu, birinchidan, ilg’or o’qituvchilarning kundalik ijodiy mehnatlari natijasida tug’ilgan qimmatli ishlarni va yangiliklarni tanlash, umumlashtirish, baholash va ommalashtirish, ikkinchidan, metodik fan mo’ljallagan o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining darajasini aniqlash maqsadida o’tkaziladi; b) o’quvchilarni o’qitish jarayonini maqsadga muvofiq kuzatish. Bu kuzatish mavzuga va tekshirishning maqsadiga bog’liq holda olib boriladi. Bunda dars va uning biror qismi, savollarga o’quvchilarning javobi, hikoyasi, magnitofon yozuvi kiritilishi, rasmga olish, o’quvchilarning yozma mashqlari va nazorat ishlari (diktant, bayon, insho)ni yig’ish va o’rganish, o’qituvchi va o’quvchilarni anketa orqali tekshirish kabilar qayd etiladi; v) eksperiment usuliyot taraqqiyotida hozirda juda keng tarqalgan metoddir. Bu metodning oldingi ikki metoddan farqi shundaki, eksperimentda haqiqatni izlashda deduktiv yo’ldan bo­riladi, ya’ni gipoteza qo’yiladi, mavzuga asosan eksperiment uchun material (o’qitish materiali) tayyorlanadi (masalan, materialni prinsipial yangicha joylashtirish, o’quvchilar amaliy ishlari­ning prinsipial yangi metodini belgilash kabi). Eksperiment bir necha marta takrorlanadi, bir necha sinf yo guruhlarda parallel o’tkaziladi. Tekshirish uchun o’qitish mavjud metodlar asosida olib borilayotgan nazorat sinflar olinadi. Eksperimental va nazorat sinflarda xilma-xil usullardan foydalaniladi. Masalan, chaprost deb ataladigan eksperimentda tekshiriladigan ish priyomi navbatma-navbat — bir eksperimental sinfda, bir nazorat sinfda tatbiq etiladi. Agar ikkala sinfda ham natija bir xilda yuqori bo’lsa, shu ish priyomi foydali hisoblanadi. Eksperimentning aniq to’g’ri o’tkazilishi uchun eksperimental sinf bilan unga parallel nazorat sinfning o’quvchilar tarkibi bir xil bo’lishi zarur.

Eksperimental tekshirish o’z maqsadining kengligi bilan farqlanadi: ayrim metodik priyomlarni tekshirishda ommaviylik talab qilinmaydi, ammo yangi dastur, darsliklarni nazorat tekshirishga butun tuman, viloyat jalb qilinadi.

Eksperiment o’z vazifasiga ko’ra: 1) yangi metod, yangi darsliklarning muvofiqligini tekshirish; 2) metod yoki qo’llanmaning qaydaraja foydaliligini va 3) metod yoki qo’llanmaning muvofiqligi va samaraliligini bir vaqtda aniqlash uchun o’tkazila­di.

Eksperiment natijasini chiqarishda unga beriladigan baho me’yori muhimdir. Bunday me’yor aniq barcha holatlar uchun ham bir xil bo’lishi lozim. Ona tili usuliyotida nazorat ishlarda yo’l qo’yilgan xatolar soni va xarakteri, muayyan bir vaqtda o’qilgan
yoki yozilgan so’zlar soni, og’zaki hikoya va yozma insho hajmi va izchilligi me’yoridan foydalaniladi.

20-yillarda maktabni rivojlantirishda jiddiy xatolarga yo’l qo’yildi. Kompleks dasturlarda ona tilini o’rganish tizimi buzildi; grammatik orfografik ko’nikmalarga yetarli ahamiyat berilmadi. Savod o’rgatishda yaxlit so’z metodi tilning fonetik xususiyatlariga mos kelmadi, analitik-sintetik ishlarni ta’minlamadi, puxta to’g’ri yozuv malakalari uchun baza yaratilmadi. Shunday qilib, fan sifatida ona tili o’qitish usuliyotining o’z predmeti, vazifasi, nazariy va amaliy sohasi bo’lib, bir qator fanlar o’rtasida uning ma’lum o’rni bor va boshqa fanlar bilan uzviy bog’lanadi; o’zining tekshirish metodlari tizimi, o’z prinsiplari mavjud; u fan sifatida shakllanib, rivojlanishning murakkab yo’lini bosib o’tmoqda.

Til fikrni shakllantirish va bayon qilish, taassurot, his, kechinmalarni ifodalashda muhim o’rin tutadi. Til jamiyat a’zolarining bir-birlari bilan o’zaro aloqasi uchun xizmat qiladigan kommunikativ vositadir. Bu vosita qanchalik takomillashsa, fikrni shunchalik aniq ta’sirchan ifodalaydi. Maktabda ona tilini chuqur o’rganish zaruriyati tilning mana shu asosiy funksiyalaridan kelib chiqadi.

Boshlang’ich sinflarda ona tilidan mashg’ulotlar turi va mazmuni quyidagilarni o’z ichiga oladi:

1.O’qish, yozuv, grammatik materialni o’rganish, kuzatishlar hamda o’quvchilarning ijtimoiy faoliyatlari bilan bog’liq, holda, ularning og’zaki va yozma nutqini o’stirish.

2. Birinchi sinfga kelgan bolalarga savod o’rgatish, ya’ni ularni elementar o’qish va yozishga o’rgatish, bu ko’nikmalarni takomillashtira borib, malakaga aylantirish.

3. Adabiy til me’yorlarini, ya’ni imloviy va punktuatsion savodli yozuvni, orfoepik to’g’ri talaffuzni o’rganish, ifodali nutq va stilistik (uslubiy) elementlarni egallash.

4.Grammatika, fonetika, leksikadan nazariy materiallarni o’rganish, tildan ilmiy tushunchalar tizimini shakllantirish.

5.O’quvchilarni o’qish va grammatika darslari orqali badiiy, ilmiy-ommabop va boshqa adabiyotlar namunasi bilan tanishtirish, ularda adabiy asarni idrok etish ko’nikmasini hosil qilish.

Savod o’rgatish usuliyotining psixofiziologik

asoslari

Reja:

1.O’qish va yozish –nutq faoliyatining turi.

2.O’zbek tilining tovush tuzilishi va grafikasi.

Adabiyotlar:

1.Abdullayev Y. Eski maktabda xat-savod o’rgatish.- Toshkent,1960.

2.Abdullayeva Q. Birinchi sinfda nutq o’stirish. - Toshkent, "O’qituvchi", 1980.

3.Abdullayeva Q. Savod o’rgatish. Toshkent, 1983.

4.Abdullayeva Q., Rahmonova S. Ona tili darslari (usuliy qo’llanma). Toshkent, 1999.

5.Azizova A. G. Uchinchi sinfda ona tili darslari. Toshkent, 1982.

6.Azizova A.G., Ikromova R. To’rtinchi sinfda ona tili darslari. Toshkent, "O’qituvchi", 1984.

7.Ashrapova T., Odilova M. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi. Toshkent, 1984.

8.Ashrapova T., Hotamov N. Uchinchi sinfda o’qitish darslari. Toshkent, 1983.

Maktabda o’qitish elementar o’qish va yozishga o’rgatishdan boshlanadi. “Alifbe”ga asoslangan holda qisqa vaqt ichida bolaga o’qish va yozish o’rgatiladi, keyin o’qish va yozish ko’nikmasini takomillashtira borib, malakaga aylantiriladi, malaka mustahkamlanadi, avtomatlashtira boriladi. Maktabda o’qitishning
muvaffaqiyati savod o’rgatishning qanday tashkil etilganligiga bog’liq.

O’qish va yozish kishining nutq faoliyatining turi bo’lib, va yozuv malakasi nutqqa oid malakadir. O’qish malakasi yozuv malakasi ham nutq faoliyatining boshqa turlari bo’lgan og’zaki hikoya qilish, boshqalar nutqini eshitib idrok etish, ichki nutq bilan uzviy bog’liq holda shakllanadi. Malakaning shakllanishi uchun ma’lum bir faoliyat ko’p marta takrorlanishi talab etiladi. Shunday ekan, savod o’rgatish jarayonida bola juda ko’p o’qishi va yozishi zarur. O’qish uchun ham, yozish uchun ham yangi matn olinadi, chunki bir matnni bir necha bor qayta o’qish bilan maqsadga erishish qiyin, bu ko’pincha o’qilgan matnni yuzaki yodlashga olib keladi. Bundan tashqari, takroriy faoliyatda vaziyat bilan mazmunning almashinishi malakani mustahkamlashga yordam beradi, qobiliyatini o’stiradi.

Bizning yozuvimiz tovush yozuvi hisoblanadi, o’qishda grafik belgilar (harakatlar)ni tovushga aylantirish bosqichi, yozuvda esa aksincha, tovushni harfga aylantirish bosqichi bo’lib, bu o’qish va yozishni ancha qiyinlashtiradi, so’zni tovush-harf tomonidan tahlil qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bir qaraganda tovush yozuvi o’qish jarayonini qiyinlashtirgandek ko’rinadi, aslida esa u o’qish jarayonini soddalashtiradi, chunki tilimizdagi asosiy tovushlarni ifodalovchi harflar soni ko’p emas; o’qish va yozishni o’rganish uchun tovush va harflarning o’zaro munosabatiga oid qoidalarni o’zlashtirish kifoya.

O’qish va yozish jarayonida harfni tovushga va, aksincha, tovushni harfga aylantirish bosqichi bo’lgani uchun bu ikki ko’nikma birgalikda, parallel ravishda hosil qilinadi. Buning uchun savod o’rgatish usuliyotida o’zbek tili tovush va harflar tizimining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish talab etiladi.

O’zbek yozuvi tovushli aniqrog’i, fonemali yozuvdir, ya’ni nutqdagi har bir asosiy to­vush yoki fonema yozuv tizimida o’z belgisi (grafemasi)ga mos keladi. Savod o’rgatish usuliyoti o’quvchilarga tovushlar haqida ma’lumot berishda o’zbek tilining fonetik tizimi xususiyatlarini hisobga oladi. Savod o’rgatish uchun so’z ma’nolarini farqlashga xizmat qiladigan tovushlarni, ya’ni fonemalarni bilish juda muhim.

Maktabda savod analitik-sintetik tovush metodi bilan o’rgatiladi. O’quvchilar so’zni analiz qilish bilan kerakli tovushni ajratadilar, uni tashkil qiladilar, sintezlaydilar, shu asosda harfni va butun o’qish jarayonini o’zlashtiradilar. Bunda o’zbek tili grafik tizimini, tovushlarni yozuvda belgilash xususiyatlarini hisobga olish zarur. Savod o’rgatishda o’zbek tili grafik tizimining quyidagi xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega.

Hozirgi o’zbek adabiy tilida 6 unli fonema bor: i, e, a, o, u, u.
O’rta keng, lablangan e unli tovushi so’z va bo’g’in boshida qo’llanadi (ekin, echki); undoshdan so’ng esa e unli to­vushi e harfi bilan ifodalanadi (kel, tez). Savod o’rgatishda e unli tovushi bilan harfi o’rtasidagi bu farqni hisobga olib:
a) avval e tovushi o’rgatiladi; b) keyin so’z va bo’g’in boshida kelib, ikki tovushni ifodalaydigan harf bilan tanishtiriladi; v) o’quvchilarda e harfi ikki tovushni ifodalashi haqida ko’nikma hosil qilingandan so’ng, e-unlisi undosh tovushdan so’ng
kelganda, e harfi yozilishi, kel.

O’zbek adabiy tilida 24 undosh .fonemalari ( g, d, j (jurnal), j (joy, jiyda), z, i, q l, m, n, ng (tong so’zidagi oxirgi tovush), p, r, s, t, f, x, s, ch, sh, s, f, h bo’lib, ular 2 ta harf bilan belgilanadi: undosh tovush soni undosh harf sonidan ikkita ko’p. Buni savod o’rgatishda hisobga olish va: a) avval o’zbek tilidagi so’zlarda ishlatiladigan portlovchi undosh j tovushini o’rgatish, talaffuzini tushuntirish, analitik-sintetik mashqlar yordamida ko’nikma hosil qilish; so’ngra alohida bir daryo ajratib, o’quvchiga tanish bo’lgan jirafa, jurnal kabi ayrim so’zlardagina ishlatiladigan sirg’aluvchi j tovushini o’rgatish, bunda port­lovchi j bilan sirg’aluvchi j tovushlarining talaffuzidagi farqni taqqoslab tushuntirgach, bu ikki tovush bitta belgi (harakat) bilan ifodalanishi ta’kidlanadi, berilgan bilim ana­litik-sintetik mashqlap yordamida mustahkamlab boriladi; b) tong, keng so’zlari oxiridagi — uchinchi jarangli undosh (sonor) tovush ng harakat birikmasi bilan ifodalanadi, shuning uchun savod o’rgatishda oldin n va g jarangli undosh tovushlari, so’ng ng sonor tovushi o’rgatiladi, bunda shu tovush qatnashgan so’zlarning talaffuziga alohida ahamiyat berish, bolalarni bu tovushni bir tovush tarzida (n va g tarzida emas) talaffuz qilish o’rgatish muhimdir. Bu tovushni to’g’ri talaffuz qilish imlo xatoning oldini oladi.

Savod o’rgatishda bo’g’inlab (pozision) o’qish prinsipi qabul qilingan, shuning uchun o’qishga o’rgatishning birinchi kunlaridanoq o’quvchilarni bo’g’inlab o’qishni mo’ljallab o’qishga o’rgatiladi. Albatta, bolalarni birdan orfoepik qoidalarga mos ravishda o’qishga o’rgatib bo’lmaydi. Ular keldi, bir, biroq so’zlaridagi i tovushini cho’ziq talaffuz qilib o’qiydilar. Bunday hollarda orfografik qanday yozilgan bo’lsa shunday) o’qish, keyin orfoepik o’qish tavsiya etiladi. Ayrim qiyin holatlarda o’quvchilarga tanish bo’lmagan, birinchi marta uchragan so’zni avval, harflab o’qishga ruxsat etiladi, ammo harflab o’qishdan so’ng so’z bo’g’inlab, keyin yaxlit (bo’g’inga bo’lmay) o’qishga o’rgatiladi.

Savod o’rgatishda o’zbek alfavitidagi harflar to’rt variant (bosma va yozma, bosh va kichik harflar) ishlatilishini ham hisobga olish zarur. Birinchi sinf o’quvchilari savod o’rgatish jarayonida gapning birinchi so’zi va kishilarning ismi bosh harf bilan yozilishini amaliy o’zlashtiradilar. To’g’ri, ongli, normal tezlikda o’qish uchun nuqta, so’roq va undov belgilarining vazifasini ham bilishlari kerak.

Metodik masalalarni hal qilishda so’zni bo’g’inga ajratishning muhim ahamiyati bor. O’pkadan chiqib kelayotgan havo oqimiga berilgan bir zarb bilan aytiladigan tovushlar yoki ayrim bir tovush bo’g’in deyiladi. Unli tovush bo’g’in hosil qiluvchi tovushdir. Shuning uchun so’zda nechta unli tovush bo’lsa, bo’g’inlar soni ham shuncha bo’ladi. Bo’g’inlar ikki xil: 1) ochiq bo’g’in— bir unli tovushli yoki oxiri unli tovush bilan tugagan bo’g’in: o-i-la, ba-ho, da-la, bri-ga-da kabi; 2) yopiq; bo’g’in — oxiri un­dosh tovush bilan tugagan bo’g’in: ko’q zum-rad, stul kabi. O’quvchilar undoshunli (bo-la, lo-la) tipidagi ochiq bo’g’inni va, unli  undosh (oz, ol, yoz) tipidagi yopiq bo’g’inni o’qishda qiynalmaydilar.

O’qish va yozish murakkab jarayon hisoblanadi. Katta yoshdagi tajribali kitobxon bu murakkab jarayonni sezmaydi, chunki unda o’qish va yozish avtomatlashgan bo’lai. Ammo o’qish va yozishga endigina o’rganayotgan bola barcha elementar harakatlarni yaxlit bir harakatga aylantira olmaydi, bola uchun harakat bir element mustaqil harakat, ba’zan juda qiyin, irodani, aqlnigina emas, balki jismoniy harakatni ham
talab qiladi.

O’qish va yozish bir necha harakat elementlaridan tuzilganini ko’z oldiga keltirmasdan bolaga savod o’rgatib bo’lmaydi.

O’qish. Tajribali kitobxon har bir harf, hatto so’zni ko’rib ham to’xtamaydi, chunki u bir vaqtda 2—3 so’zni (hatto bir necha qatorni) ko’radi. To’xtashi bilan matn mazmunini tushuna boradi. To’xtash soni kitobxonning tajribasigagina emas, balki matnning oson -qiyinligiga ham bog’liq.

Endigina o’qishga o’rgangan bolaning o’qish jarayoni nimalar bilan farqlanadi?

1. Bola o’qish jarayonida bir harakatnigina ko’radi, uni “bilish” uchun ba’zan boshqa harflarga qiyoslaydi; harakatni ko’rish bilan uni ovoz chiqarib-o’qigisi keladi, ammo o’qituvchi undan bo’g’inni yaxlit o’qishni talab qiladi, shundan keyin oldingi harakatni yodda tutib, yana kamida bir harakatni o’qishga to’g’ri keladi. Bunda ko’pchilik bola ma’lum qiyinchilikka duch keladi. So’zni o’qish uchun undagi tovushlarni aytishning o’zi yetarli emas, harakat bir harfni idrok qilish va bilish aktini bajarish, bundan tashqari, tovushlardan bo’g’in, bo’g’indan so’z hosil qilish lozim, shuning uchun o’qish jarayoni sust boradi.

2. Endi o’qishga o’rganayotgan bola ko’pincha qatorni yo’qotib qo’yadi, chunki harakatni, bo’g’inni qayta o’qishiga to’g’ri keladi. Uning ko’zi hali qator bilan parallel yurishga o’rganmagan bo’ladi. Bu qiyinchilik o’quvchining diqqat doirasi kengaygan sari yo’qola boradi va u asta-sekin bo’g’in yoki so’zni butunicha idrok eta boshlaydi.

3. O’qishga o’rganayotgan bola harakat vaqt ham o’qigan matnining mazmunini yengil o’zlashtiravermaydi, chunki o’qishning texnik tomoniga, har bir harakat elementiga, shuningdek so’zni qanday o’qish va talaffuz qilishga katta e’tibor qiladi. So’z ma’nosini tushunish uni o’qishdan ajralib qoladi, so’z ma’nosi o’qish bilan bir vaqtda emas, balki undan keyin o’zlashtiriladi. Maktab ongli o’qishga katta ahamiyat beradi. Rasmlar, savollar va o’qituvchining tushuntirishi, ko’rgazma-qo’llanmalar ongli o’qishni ta’minlaydi; ovoz bilan o’qish ham o’qishning ongli bo’lishiga yordam beradi.

4. Tajribasiz kitobxon, odatda, so’zni birinchi bo’g’iniga, yo rasmga, yoki kontekstga qarab topadi. Bu hol xato o’qishga olib kelsa ham, o’quvchi ongli o’qishga harakat qiladi. (Topib o’qish tajribali kitobxon uchun ham xarakterli, ammo u kam yanglishadi.) Bunday topib o’qishda yo’l qo’yilgan xatoni to’g’rilash uchun u so’z bo’g’inlab, sekin o’qitiladi, tovush-harf tomondan analiz va sintez qilinadi.

o’qishga o’rgatishda tovushlarni qo’shish qiyin harakat hisoblanadi, ko’p o’quvchilar tovushlarni alohida talaffuz qiladilar, ammo bo’g’in hosil qila olmaydilar. Bu qiyinchilikni bartaraf qilish uchun uning fiziologik asosini ko’rib chiqish zarur. Nutq organlari (til, lablar, yumshoq tanglay, kichik til, o’pka, un paychalari) harakat bir tovushni alohida talaffuz qilganda harakatda, to’xtagan va har hil holatda bo’ladi:

Bo’g’indagi ikki tovush talaffuz qilinganda birinchi tovush talaffuziga ikkinchi tovush talaffuzi qo’shilib ketadi. Demak, qo’shishdagi qiyinchiliklarni yengish uchun o’quvchi birinchi tovushni talaffuz qilmay turib, ikkinchi tovush bilan birga qo’shib talaffuz qilishi zarur. Tovushlarni qo’shishdagi qiyinchiliklarni engishning birdan-bir ma’qul usuli bo’g’inlab o’qish hisoblanadi. O’qish birligi sifatida bo’g’inni olish tovushlarni qo’shishdagi qiyinchilikni xiyla kamaytiradi. Ko’rinib turibdiki, 1-sinf o’quvchilari uchun o’qish juda murakkab jarayondir. Bolalarda muhim aqliy jarayonlarni: idrokni, xotirani, tafakkurni va nutqni o’stirish o’qitishda muvaffaqiyatga erishishning kaliti hisoblanadi. O’qitishni bunday uyushtirishda tez va aniq idrok qilish, diqqatda barqarorlik uzoq esda caqlash, xotiraning tayyorligi, tafakkurning puxtaligi, mantiqiyligi va nutqning boyligi, rang-barangligi, to’g’riligi har bir o’quvchining faol, ma’lum darajada mustaqil bilim olishiga xizmat qiladi. O’quvchi faqat faoliyat, mashq qilish orqaligina o’sishi mumkin.

Savod o’rgatish davrida fonematik eshitish qobiliyatini o’stirishga, ya’ni so’zlarni to’g’ri, aniq talaffuz qilish, talaffuzda ayrim tovushlarni farqlash, so’zdan, bo’g’indan tovushni ajrata olish ko’nikmasini o’stirishga katta ahamiyat beriladi. Fonematik eshitish orfografik malakani hosil silish uchun ham zarur. Fonematik eshitishni rivojlantirish uchun eshitish apparati juda o’sgan bo’lishi talab qilinadi. Shuning uchun sa­vod o’rgatish davrida eshitishga, eshitish idrokini o’stirishga oid xilma-xil mashqlar o’tkazilishi zarur.

Yozuv. 1-sinf o’quvchilari yozuv jarayonida ko’pgina mustaqil faoliyat bajaradilar: ruchkani to’g’ri ushlash, daftarni to’g’ri qo’yish; harfni yozishga o’rganish bilan uning shaklini, elementlarini, chiziqlarini hisobga olib daftar qatoriga sig’dirishi-qator bo’ylab ruchkani qanday harakat qildirishni esda saqlashi; so’zni yozganda, harakatni harakatga qanday qo’shishni bilishi va so’zning bir qatorga sig’ish-sig’masligini hisoblashi, ko’zni daftarga yaqinlashtirmasdan to’g’ri o’tirishni esda tutishi lozim. Bola hali bu vazifalarni bajarishga odatlanmagan, shuning uchun ko’rsatilgan harakatlar undan ongli ishlashni talab qiladi. Bular yozuvni sekinlashtiribgina qolmay, balki bolani aqliy va jismoniy charchatadi. 1-sinf o’quvchisi yozganda butun gavdasi zo’riqadi, ayniqsa, barmoq va elka muskullari charchaydi. Shuning uchun ham dars davomida maxsus dam olish daqiqalari o’tkaziladi.

O’quvchi qanday yozishini kuzataylik: pero (sharikli ruchka) ni qog’oz ustida sekin, ishonchsizlik bilan qimirlatadi; harakatni yozib, to’xtaydi va uni ko’radi, namunaga solishtiradi, ba’zan to’g’rilaydi. qo’l ko’pincha bosh yoki til bilan birgalikda harakat qiladi. O’quvchining daftarini tekshirganda, bir harakat turli holatlarda har xil yozilganini ko’ramiz. Bu ko’nikmaning yetarli emasligi, charchash natijasidir. Harf va so’zni qayta yozish o’quvchilar uchun mexanik jarayon bo’lmay, ongli faoliyat hisoblanadi.

Savod o’rgatish metodlarining qiyosiy-tanqidiy

tahlili

Reja:

1.Eski maktabda xat-savod o’rgatish jarayoni.

2.Hijo usulida o’qishga o’rgatish usuli.

3.Yangi savod o’rgatish jarayoni.

4.Savod o’rgatish metodlarining qiyosiy-tanqidiy tahlili.

Adabiyotlar

1.Abdullaev Y. Eski maktabda xat-savod o’rgatish. - Toshkent,1960.

2.Abdullayeva Q. Birinchi sinfda nutq o’stirish. -Toshkent, "O’qituvchi", 1980.

3.Abdullayeva Q. Savod o’rgatish. Toshkent, 1983.

4.Abdullayeva Q., Rahmonova S. Ona tili darslari (usuliy qo’llanma). Toshkent, 1999.

5.Azizova A. G. Uchinchi sinfda ona tili darslari. Toshkent, 1982.

6.Azizova A.G., Ikromova R. To’rtinchi sinfda ona tili darslari. Toshkent, "O’qituvchi", 1984.

7.Ashrapova T., Odilova M. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi. Toshkent, 1984.

8.Ashrapova T., Hotamov N. Uchinchi sinfda o’qitish darslari. Toshkent, 1983.

Eski maktabda o’qish bilan yozish bir vaqtda o’rgatilmagan, avval faqat o’qish o’rgatilgan. O’qish hijo (bo’g’in) usuli bilan o’rgatilgan. O’qishga o’rgatishning “hijjai qadimiy” deb atalgan bu usuli asrlar davomida hech qanday o’zgarishsiz davom etib kelgan. Hijo usulida o’qishga o’rgatishni uch bosqichga bo’lish mumkin:

1-bosqich. Harflarning nomini yodlatish. (“Harfiy metod”.) Bu metodning mohiyati, asosan, quyidagilardan iborat: bir necha yildan beri o’qiyotgan bolalar maktabxonaga yangi kelgan bolaga bir necha kichik-kichik surani og’zaki yodlatgan. Bola aytayotgan so’zlarning ma’nosini bilmay, mazkur suralarni birin-ketin yodlab olgan, bu orada taxminan bir yilga yaqin vaqt o’tgan. Shundan keyin arab alfaviti yodlatila boshlangan; bola uyidan har ikki tomoni randalanib silliqlangan maxsus taxta olib kelgan. Maktabdor taxtaning bir tomoniga qora siyoh bilan 28 ta arabcha harfning yolg’iz shaklini alfavit tartibida bandlarga bo’lib yozib bergan.

Maktabdor birinchi banddagi harflarning nomini alif, be, te, se deb aytgan; bola domlaga ergashib takrorlagan; ayta olmasa, domla yana aytgan va shuni yaxshilab o’rganishni vazifa qilib topshirgan. Bola birinchi bandni yodlab olgach, ikkinchi bandi tarifa yodlagan va hokazo. Bolalar 28 harf nomini 5 — 6 oyda zo’rg’a bilib olganlar. Ular harflarning nomini yodlab olsalar ham, qaysisi be, qaysisi se ekanini ko’rsatib bera olmaganlar.

2-bosqich. Bo’g’in hosil qilish. Harflar nomi yodlab bo’lingach, hosil qilishga, ya’ni “zeru zabar”ni o’rgatishga o’tilgan. Eski maktabda “zeru zabar" har xil o’rgatilgan.

3-bosqich. Bo’g’inlarni qo’shish. Eski maktabda bo’g’inlarni qo’shish “abjad” bilan boshlangan. Maktabdor taxtaning ikkinchi tomoniga arab tili alfavitidagi 28 ta harf jamlangan 8 ta so’zni “zeru zabar” bilan yozib bergan. Bolalar bu sakkizta so’zni birin-ketin hijo usulida o’qib yodlab olganlar. Masalan, abjad so’zi alif ga zabar qo’yib, be ga urishtirilsa, ab; jim ga zabar qo’yib, dol ga urishtirilsa, jad; bularning ikkisidan abjad hosil bo’lgan kabi.

Abjaddan keyin eski maktab o’quv kitobi bo’lgan “Haftiyak”ka o’tilgan. “Haftiyak”dagi suralar ham “Abjad”dagi kabi hijo usulida o’qitilgan. Bolalar “Haftiyak”ning bir betini hijo usulida o’qish uchun juda ko’p vaqt va kuch sarflaganlar. So’zni hijo usulida o’qishda avval so’zdagi birinchi undosh harfning nomini, keyin ikkinchi undosh harfning nomini aytib, unga zarur harakatni qo’yib, hijo hosil qilingan; shu usulda navbatdagi harflardan ham hijo hosil qilinib, keyin hijolarni bir-biriga qo’shib, bu so’z bir butunicha aytilgan. So’zni hijo usulida o’qitishda tovush emas, balki shu tovushni ifodalovchi harfning nomi asos qilib olingan; so’zni tovush jihatidan tahlil qilishga oid hech qanday ish qilinmagan, tovushlarning qo’shilishi bolalarga tushunarli bo’lmagan, bolalar so’zdagi har bir harf ma’lum bir tovushni bildirishini mutlaqo anglama­ganlar. Hijo usulida o’qishga o’rgatish, birinchidan, mexanik ravishda bo’lib, ayni bir narsani qayta-qayta aytishga majbur qilingan, ikkinchidan, bola o’zi aytgan so’zining ma’nosini tushunmay, maktabdordan eshitganini takrorlay bergan.

“Haftiyak”ning keyingi ayrim suralari so’zni yaxlit “o’qish” usulida olib borilgan, aniqrog’i, bola o’qimagan, eshitganini to’tiqush kabi yodlagan. Natijada bolalar maktabxonada o’qiganlarini o’zi o’qib yurgan kitobidan “o’qib bergan”, ammo ularning qo’liga maktabda o’qilmagan boshqa bir kitob berilsa, uni o’qiy olmagan; eski maktabda 6—10 yil muntazam o’qigan bolalarning juda ko’p deganda 4—5%gina o’qish va yozish ko’nikmasini hosil qilgan.

Turkistonda ochilgan rus-tuzem maktablari savod o’rgatishda ma’lum darajada ijobiy rol o’ynadi. Rus-tuzem maktablarining o’zbekcha sinflarida o’zbekcha xat-savod o’rgatish metodi 1900-yildan boshlab asta-sekin isloh qilindi: hijo metodidan- tovush metodiga o’tildi. 1900-yillardan rus-tuzem maktabi o’zbekcha sinflarining peshqadam muallimlari tovush metodi asosida tuzilgan tatarcha alifbedan foydalanganlar. Bu kitobning tili va mazmuni o’zbekcha sinflarga mos kelmasdi. 1902-yilda Saidrasul Saidazizovning tovush metodi talabiga muvofiq tuzilgan ona tili alifbesi “Ustodi avval” nashr etildi. “Ustodi avval” nashr qilingandan keyin o’zbekcha xat-savod o’rgatishda yangi davr boshlandi. Tovush metodi savod o’rgatishning eski usulidan tamomila farq qilib, o’qitishni osonlashtirdi, ta’limni bola tushunadigan, anglaydigan ta’limga, faol ta’limga aylantirdi.

“Ustodi avval” uch bo’limdan iborat: birinchi bo’lim, hozirgi termin bilan ataganimizda, alifbe davridir. “Ustodi avval”ning- ikkinchi bo’limi alifbedan keyingi davrdir. Bu bo’limda hikoya, masal va 50 maqola berilgan. Ularning ayrimlarida bilim targ’ib qilinsa, boshqalari tarbiyaviy mazmundadir.

S. Saidazizov kitobining uchinchi bo’limini “Alifboi qur’-oni” deb atagan va o’z oldiga bolalarga “Qur’on”ni tushunib o’qishga o’rgatishni maqsad qilib qo’ygan. Umuman, tovush metodi Markaziy Osiyoga ikki manbadan yoyildi:

1. Rus-tuzem maktablari ruscha sinflarida xat-savod tovush metodi bilan o’rgatilar edi. O’zbekcha sinf muallimlari tovush metodi oson va qulayligini amalda o’z ko’zlari bilan ko’rdilar va ular rus o’qituvchilarga taqlid qilib, asta-sekin tovush metodini o’z sinflariga tatbiq eta boshladilar.

2. XIX asrning oxiridan boshlab ichki Rossiyadan O’rta Osiyoga kelgan tatar muallimlari tovush metodida xat-savod o’rgata boshlagan edilar, oradan ko’p o’tmay, bir qancha mahalliy muallimlar ham tatar muallimlariga taqlid qilib, yangi maktablar ochdi-da, bolalarga xat-savodni tovush metodida o’rgata boshladi.

Shunday qilib, Markaziy Osiyoda tovush metodi asta -sekin hijo metodining o’rnini ola boshladi. Ma’lumki, tovush metodi bilan savod o’rgatishga Rossiyada D. Ushinskiy asos solib, u sintetik tovush metodini qat’iy himoya qilgan edi. Tovush metodi bilan savod o’rgatilganda, so’zning eng kichik bo’lagi, ya’ni nutq tovushlari asos qilib olinadi. So’zning ma’nosini o’zgartira oluvchi har bir tovush yozuvda harf orqali ifodalanishi: so’zda tovushlar almashishi, ortishi yoki kamayishi natijasida boshqa bir yangi so’z hosil bo’lishi mumkinligi bolalarning ongiga yetkaziladi.

Eski maktabda yozuvga o’rgatishning birdan-bir yo’li ko’chirib yozuv—nusxa ko’chirish bo’lgan, natijada bolada yozma nutq ko’nikmasi hosil qilinmagan. Bu mashq, bolani juda zeriktirgan, hech o’ylamasdan yozishga odatlantirgan. Maktabxonada ijodiy ko’chirib yozuv mashqlarining, shuningdek, boshqa usullarning qo’llanmaganligi orqasida bola chiroyli ko’chirib yozish ko’nikmasini hosil qilgan bo’lsa ham, ammo o’z fikrini yozma ifoda qila olmagan, eng oddiy jumlalarni ham juda ko’p xato qilib zo’r-bazo’r yozgan.

Eski maktablarda, madrasalarda o’zbek tili o’qitilmagan, natijada eski maktab bolalarigina emas, hatto madrasada bir necha yil umr o’tkazgan ba’zi bolalar ham o’z ismini yozishni bilmagan.

Savod o’rgatishda analitik-sintetik tovush metodi

Reja:

1.Metodning umumiy xususiyatlari.

2.Savod o’rgatishning tarbiyaviy tavsifi.

3.Bolalarning savod o’rgatishga tayyorligini o’rganish.

4.Savod o’rgatish davri bosqichlari.

Adabiyotlar:

1.Abdullayev Y. Eski maktabda xat-savod o’rgatish.- Toshkent,1960.

2.Abdullayeva Q. Birinchi sinfda nutq o’stirish. - Toshkent, "O’qituvchi", 1980.

3.Abdullayeva Q. Savod o’rgatish. Toshkent, 1983.

4.Abdullayeva Q., Rahmonova S. Ona tili darslari (usuliy qo’llanma). Toshkent, 1999.

5.Azizova A. G. Uchinchi sinfda ona tili darslari. Toshkent, 1982.

6.Azizova A.G., Ikromova R. To’rtinchi sinfda ona tili darslari. Toshkent, "O’qituvchi", 1984.

7.Ashrapova T., Odilova M. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi. Toshkent, 1984.

8.Ashrapova T., Hotamov N. Uchinchi sinfda o’qitish darslari. Toshkent, 1983.

Savod o’rgatishda analitik-sintetik tovush metodi hinskiydan to shu davrga qadar rivojlanishning murakkab yo’lini bosib o’tdi. Hozirda u anchagina takomillashdi. Shuning uchun avval analitik-sintetik tovush metodining traditsion xususiyatlari haqida, so’ngra keyinroq shakllangan yoki shakllanish, tekshirilish, tashkil topish jarayonida bo’lgan xususiyatlari haqida to’xtalamiz. Metodning traditsion prinsiplari quyidagilardan iborat:

1. Savod o’rgatishda analitik-sintetik tovush metodi shaxsni shakllantirish maqsadiga ko’ra, ta’limiy va o’stiruvchi xarakterda bo’ladi, u analitik-sintetik mashqlar tizimi orqali, nutqiy mashqlar orqali aqlning o’sishini ta’minlaydi, o’quvchilarning o’z tajribalariga tayanadi, o’qishning yuksak ongli bo’lishini va o’quvchilarning o’quv mehnatlarining boshqa turlarini talab qiladi.

2. Analitik-sintetik tovush metodi tashkiliy tomondan birinchidan, alifbegacha bo’lgan (tayyorlov) davr, alifbe da va alifbedan so’nggi davrga bo’linadi; ikkinchidan, yozuvga yo’rgatish o’qishga o’rgatish bilan bir vaqtda — parallel holda boradi.

3. Analitik-sintetik tovush metodi psixologo-lingvistik nuqtai nazardan: birinchidan, savod o’rgatish bolalarning jonli nutqiga, ular egallagan nutq malakasiga asoslanadi; ikkinchidan, savod o’rgatishga tovush asos qilib olinadi, bunda tovushni ajratishga, uni analiz va sintez qilishga, tovushlar artikulyatsiyasiga, bolalarda fonematik eshitishni rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi, uchinchidan, o’qish birligi sifatida bo’g’in olinadi; bunda bo’g’in ustida ishlash (bo’g’in, bo’g’inlar jadvalini o’qish)ga katta e’tibor beriladi.

Metodning nisbatan yaqinda shakllangan yoki tashkil topish jarayonida bo’lgan xususiyatlari va prinsiplari:

1.Ta’lim jarayonini tashkil etish nuqtai nazaridan: savod o’rgatish jarayonida o’quvchilarga differensial va individual yondashish (bu bolaning umumiy rivojlanishi hamda o’qish va yozishga tayyorligiga bog’liq).

2. O’qitishning istiqboli nuqtai nazaridan: grammatika, so’z yasalishi, orfografiya, leksikologiyaga oid propedevtik elementlarni nazariy tushunchasiz — amaliy asosda muntazam berib borish.

3. Psixologo-lingvistik nuqtai nazardan: tovush va harfni o’rgatishning qulay tartibini izlash, unda tovush va harfning mosligi va osonligi, ikkinchidan, ta’limning tarbiyaviy va o’stiruvchan xarakteri hisobga olinadi.

Ta’lim jarayonida o’quvchilarni tarbiyalash didaktikaning muhim prinsipidir. Maktabda axloqiy xatti-harakat ko’nikmalari shakllantiriladi. Alifbe davrining boshlanishidayoq o’qishning to’liq ongli bo’lishi juda ham muhimdir. O’qilgan matnni o’quvchilar tushungan- tushunmagani savollar yordamida, shuningdek, suhbat o’qitishdan oldin o’tkaziladigan tayyorlov suhbati yoki o’qilganlar yuzasidan o’tkaziladigan suhbat) orqali ham tekshiriladi. Mumkin bo’lgan o’rinda “muammoli vaziyat”ni hosil qilish mashqi; Bunday vaziyatni hosil qilishda alifbedan, yo harakat terish kartonidan, yoki sirli matodan o’qib, javobini topish talab etiladigan topishmoqdan foydalaniladi, yoki taxminiy suhbat o’tkaziladi. Buning uchun “qaysi qush yoqimli sayraydi? O’qib bilamiz!” kabi savol-topishiriqdan foydalaniladi. (Bolalar harf terish kartonidan “bulbul” so’zini o’qiydilar.) Bunday vaziyat o’qishning ongli bo’lishini ta’minlaydi, o’quvchilar tushunib o’qiydilar, o’qishga qiziqadilar.

Ongli o’qishni ifodali o’qishdan ajratib bo’lmaydi. Analitik o’qishning birinchi bosqichida ifodali o’qish mumkin emas, chunki bolalar hali tugallangan ohangni, so’roq, ohangini ifodalay olmaydilar, ko’pincha orfoepik jihatdan ham to’g’ri o’qiy olmaydylar. Shuning uchun bunday analitik o’qish bosiqichida takroriy, yaxlit, shuningdek, orfoepik o’qish tavsiya etiladi. Bunday takroriy o’qish to’g’ri ohangga, ifodali o’qishga o’rgatishi bilan birga, o’qishning ongli bo’lishini ham ta’minlaydi. Ikkinchi b o c q i ch d a yuqoridagi vazifalarning o’zi qoladi, ammo sifati o’zgaradi. Tovush va harakatning analiz va sintezida: birinchi bosqichdagilarga nisbatan artikulyatsiyasi qiyin bo’lgan q, p, v kabi tovush-lar, tong, so’ng, rang, si-ngil singari so’zlarda keladigan ikki harakat bilan ifodalanadigan jarangli ng tovushi o’rganiladi, shuning uchun tovushlarning artikulyatsiyasi ustidagi ishlar qiyinlashadi.

O’rganiladigan tovushlarning xususiyatiga qarab, bu bosqichda bo’g’inlab o’qish vazifasi murakkablashadi; undosh  unli  undosh  undoshdan (do’st, rasm, yo’l-bars, qo’rq), undosh  undosh  unliundoshdan (stol, stul, kran, trak-tor) ibopat yangi tip bo’g’inlar o’qitiladi.

Bu bosqichda ham ongli o’qish ustida ishlash davom ettiriladi, differensial yondashish amalga oshiriladi, yozuv malakasi o’stiriladi.

U ch i n ch i b o s q i ch d a o’zbek tilidagi qiyin tovush va harflar (bir bir harf bilan ifodalanadigan juda, jura kabi so’zlardagi portlovchi j tovushi va jurnal, jirafa kabi so’zlardagi sirg’aluvchi j tovushi, yo, ya, yu harakatlari, ayirish (‘) va yumshatish () belgilari o’rganiladi. qiyinligi shundan iboratki, bolalarga bunday tovush va harflar haqidagi bilim nazariyasiz, amaliy ravishda tushuntiriladi.

Alifbe davrining uchinchi bosqichi oxirida o’quvchilar quyidagi muhim ko’nikmalarga ega bo’lishlari zarur: 1) hamma tovushlarni so’zdan tashqari ham, so’z ichida ham erkin va to’g’ri talaffuz qilish; 2) so’zning tovush tarkibini, undagi tovushlarning izchil tartibini aniqlash, so’zni bo’g’inga ajratish, urg’uli bo’g’inni ko’rsatish; 3) kesma harakatlardan so’z tuzish va uni yozish; 4) jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni farqlash; 5) hamma harakatlarni bilish; 6) bo’g’inlab (harflab emas) o’qish, ya’ni o’quvchilar ma’nosini tushunadigan ikki, uch, to’rt bo’g’inli so’zlarni, bo’g’inlar tarkibidagi harakatlar qanday bo’lishidan qat’iy nazar, bo’g’inlab yoki pozitsion o’qishni bilishi zarur; 7) so’zni va matnni qayta o’qiganda, asosiy orfoepik normani saqlash, oddiy holatlarda pauza qilish, logik urg’uni qo’ya bilish, oddiy ohangga rioya qilish; 8) o’qilgan matnning mazmunini tushunish, matn yuzasidan berilgan savollarga javob berish, soddalashtirib qayta hikoyalash.

Sinfda o’qish darslarining ta’lim-tarbiyaviy

ahamiyati va vazifalari

Reja:

1.Yaxshi o’qish malakasining sifatlari va ularni takomillashtirish yo’llari.

2.Sinfda o’qish darslarining ahamiyati.

3.Sinfda o’qish darslarining vazifalari.

Adabiyotlar:

1.Abdullayev Y. Eski maktabda xat-savod o’rgatish.- Toshkent,1960.

2.Abdullayeva Q. Birinchi sinfda nutq o’stirish. -Toshkent, "O’qituvchi", 1980.

3.Abdullayeva Q. Savod o’rgatish. Toshkent, 1983.

4.Abdullayeva Q., Rahmonova S. Ona tili darslari (usuliy qo’llanma). Toshkent, 1999.

5.Azizova A. G. Uchinchi sinfda ona tili darslari. Toshkent, 1982.

6.Azizova A.G., Ikromova R. To’rtinchi sinfda ona tili darslari. Toshkent, "O’qituvchi", 1984.

7.Ashrapova T., Odilova M. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi. Toshkent, 1984.

8.Ashrapova T., Hotamov N. Uchinchi sinfda o’qitish darslari. Toshkent, 1983.

Sinfda o’qish darslarida ta’lim-tarbiyaviy vazifalar kom­pleks ravishda hal qilinadi, bolalarning atrofini o’rab olgan muhit haqidagi, shuningdek, o’quvchilarning ijobiy axloqiy sifatlari shakllanadi, ular aqliy va estetik jihatdan kamol topadilar, mustaqil. ravishda bilim olish asoslarini egallaydilar. “O’qish kitobi”ni tahlil qilish fikrimizni tasdiqlaydi. Bu kitoblarning mazmuni va metodik materiallari (matnni tahlil qilish uchun topshiriq va savollar, mustaqil ishlar tizimi va hokazo) o’zaro bog’liq holda boriladi. Ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni birgalikda amalga oshirish uchun o’qish darslarida matnni o’qishgina emas, balki matn ustida qanday ishlash kerakligi ham muhimdir.

O’qish kitoblariga kiritilgan asarlar mavzuida Vatanimiz xalqi haqidagi bilimlar o’quvchilar sinfdan sinfga o’tishi bilan tobora chuqurlashtira boriladi. Vatan, uning sharafli o’tmishi va qahramonona hozirgi kuni o’qish kitoblarida. O’qituvchi o’quvchilarning Vatan— bu, yer, suv, o’rmon, paxta-dalasi, tog’largina emas, balki, avvalo, o’z mehnati bilan el boyligiga boylik qo’shuvchi, xushchaqchaq, erkin hayot yaratuvchi, o’z-kuchi va hayotini ayamasdan dushmanlardan ona yerini himoya qiluvchi kishilar xalq ekanini tushunishlariga erishadi. Sinfda o’qish darslarining ta’lim-tarbiyaviy funksiyasini bir jarayonga birlashtirishning sharti badiiy asar yoki ilmiy-ommabop maqolani idrok etish va tahlil qilish davomida o’quvchilarni asarning ijtimoiy mohiyatini baholay olishga o’rgatish yuzasidan o’qituvchining ko’rsatma berishi hisoblanadi. "Psixolog olim A.N.Leontyev:“So’zni yodlash va tushunishgina emas, hatto undagi g’oya-fikr va hisni bilish ham yetmaydi; bu g’oya-fikr, bu his shaxsning ichki dunyosini belgilashga yordam berishi kerak. Demak, asosiy narsa shundan iboratki, biz bergan fikr va bilim, biz bolada tarbiyalagan his-tuyg’u, biz unda uyg’otgan orzu-umid o’sha kishiniki bo’lsin”,- deb ta’kidlaydi.

O’qituvchi uchun eng muhimi shundan iboratki, bola o’zi oladigan bilim, unda shakllanadigan his-tuyg’u hayotda zarur va ahamiyatli ekanini tushunib yetsin. Bu o’rinda o’qish darslari alohida o’rin tutadi.

Sinfda o’qish darslarining vazifasi:

1.O’qish malakasini takomillashtirish. O’quvchilarda yaxshi o’qish sifatlari: to’g’ri, tez, ongli, ifodali o’qish malakalarini shakllantirish.

2.Bolalarda kitobga muhabbat uyg’otish, kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimni olishga o’rgatish, ya’ni kitobni sevuvchi, kitob bilan ishlashni biladigan chuqur fikrlovchi, sermulohaza kitobxonlarni yetishtirish.

3.O’quvchilarda atrof-muhit haqidagi bnlimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish.

4.O’quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan va mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash.

5.O’quvchilar nutqini va tafakkurini o’stirish.

6. Adabiy tasavvur elementlarini shakllantirish.

Har bir- vazifani bajarishning aniq yo’li mavjud, ammo bir vazifa boshqalari bilan o’zaro bog’liq holda o’qish darslari va sinfdan tashqari mashg’ulotlar jarayonida hal qilinadi. Yaxshi o’qish malakasining sifatlari deganda malakasining to’g’ri, ongli, ifodali o’qish; o’qish sifatlari va ularning malakasini takomillashtirish deganda esa takomillashtirish o’quvchilarda yaxshi o’qish malakasini shakllantirish tushuniladi. O’qish sifatlari bir-biri bilan o’zaro uzviy bog’liq bo’lib, ongli o’qish asosiy hisoblanadi; o’quvchi tez o’qisa-yu, anglab o’qimasa, o’zi ham, boshqalar ham matn mazmunini tushunmaydi; to’g’ri o’qish ham ongli o’qishga xizmat qiladi; to’g’ri, tez va ongli o’qish ifodali o’qishning asosi hisoblanadi.

Yaxshi o’qish malakasini egallash maktabda o’qitiladigan barcha predmetlardan muvaffaqiyatli o’qishning muhim sharti hisoblanadi. O’qish faoliyatning asosiy turi bo’lib, o’quvchilarni g’oyaviy-siyosiy, aqliy, estetik va nutq; jihatidan rivojlantirish uchun katta imkoniyat yaratadi. Bular o’qish malakasini o’stirish va takomillashtirish ustida muntazam va maqsadga muvofiq ishlash zarurligini ta’kidlaydi.

To’g’ri o’qish deganda xato qilmasdan, yanglishmasdan o’qish tushuniladi, ya’ni to’g’ri o’qish so’zning tovush-harakat tarkibini,. grammatik shakllarini bo’zmasdan, so’zdagi biror tovush yoki bo’g’inni tushirib qoldirmay, ortiqcha tovush yo bo’g’in qo’shmay, harflar o’rnini almashtirmay aniq talaffuz qilib, so’zga urg’uni to’g’ri qo’yib o’qishdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida so’zni talaffuz qilish va matnni tushunish o’rsatida puxta sintez bo’lmagani uchun ular o’qishda xatoga yo’l qo’yadilar.

Badiiy asar ustida ishlash jarayoni

Reja:

1.Badiiy asarni o’qishga tayyorgarlik.

2.Asar mazmuni bilan birinchi tanishtirish.

3.Asar mazmunini tahlil qilish.

Adabiyotlar:

1.Abdullayev Y. Eski maktabda xat-savod o’rgatish.- Toshkent,1960.

2.Abdullayeva Q. Birinchi sinfda nutq o’stirish. -Toshkent, "O’qituvchi", 1980.

3.Abdullayeva Q. Savod o’rgatish. Toshkent, 1983.

4.Abdullayeva Q., Rahmonova S. Ona tili darslari (usuliy qo’llanma). Toshkent, 1999.

5.Azizova A. G. Uchinchi sinfda ona tili darslari. Toshkent, 1982.

6.Azizova A.G., Ikromova R. To’rtinchi sinfda ona tili darslari. Toshkent, "O’qituvchi", 1984.

7.Ashrapova T., Odilova M. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi. Toshkent, 1984.

8.Ashrapova T., Hotamov N. Uchinchi sinfda o’qitish darslari. Toshkent, 1983.

Badiiy asar ustida ishlash va uning asosiy bosqichlarini belgilashda o’qituvchi sinfda o’qish darslarnning ta’lim-tarbiyaviy vazifalariga, san’at asari sifatida badiiy asarning o’ziga xos: xususiyatlariga va knchik yoshdagi o’quvchilarning yoshlariga mos ravishda badiiy asarni idrok etish xususiyatlariga amal qiladi. Badiiy asarda barcha komponentlar (g’oyaviy asos, kompozitsiya, syujet, tasviriy vositalar) o’zaro bog’langan bo’ladi. Asarda obraz rivojlanib boradi. Asarning syujet chizigi bilan bog’liq. ravishda obrazning yangi-yangi tomonlari ochila boradi. Bu xususiyatlar asar ustida ishlashda uni yaxlit o’qishni, idrok etishni, ya’ni sintez qilishni talab etadi. Asar boshidan oxirigacha o’qilgandan so’ng analiz qilinadi, so’ng yana yuqori sifatli sintezga o’tiladi. Shunday qilib, asar ustida ishlash yo’lini umumlashtirib ifodalaganda, quyidagicha bo’ladi: birinchi sintez-analiz, ikkinchi sintez. Shularga asoslangan holda, badiiy asar ustida ishlash uch asosiy bosqichga bo’linadi:

B i r i n ch i b o s q i ch (birinchi sintez) . Bu bosqichning asosiy vazifasi matnni yaxlit idrok etish asosida asarning aniq mazmuni bilan, uning syujet chizig’i bilan tanishtirish asar­ning emotsional ta’sirini aniqlashdir.

Ikkinchi b o s q i ch (analiz). Bu bosqichning vazifalari va ish mazmuni: syujet rivojining sabab-natija bog’lanishini belgilash; ishtirok etuvchi shaxslarning xulq-atvori va ularning asosiy xususiyatlarini aniqlash (Nega shunday qildi va bu uning qanday xususiyatini ochadi); asar kompozitsiyasini ochish (tugun, kulminatsiya, yechim), asarning aniq mazmunini tasviriy vositalar bilan birga tahlil qilish va qahramonlar xulq-atvorini baholash (muallif nimani tasvirlagani, qanday tasvirlagani, nima uchun u yoki bu dalilni tanlagani)dan iborat.

Uchinchi b o s q i ch (ikkinchi sintez) . Bu bosqichning ish mazmuni ishtirok etuvchi shaxslarning muhim xususiyatlarini umumlashtirish, qahramonlarni taqqoslash va baholash, asarning g’oyaviy yo’nalishini aniqlash, badiiy asarni hayotni bilish manbai va san’at asari sifatida baholash (qanday yangilikni bilib oldik asar nimaga o’rgatadi, muallif o’z fikri va taassurotlarini o’quvchiga qanday qilib aniq va ravshan, ta’sirli tarzda yetkazadi va h.k.)dan iboratdir.

Badiiy asarni idrok etishdan oldin tayyorgarlik ishlari bajariladi, ikkinchi sintezdan so’ng esa o’qilgan asarga bog’liq holda ijodiy xarakterdagi ishlar o’tkaziladi.

O’qishga tayyorlash va asar ustidagi yakunlovchi ishlari o’quvchilarning hayotiy tajribasi bilan bog’lash va bolalarning atrof muhit haqidagi bilimlarini aniqlash, fikr-mulohazalarini chuqurlashtirish zarur. Agar badiiy asar maqsadga muvofiq tahlil qilinsa, bolalar faollashadi, chunki o’quvchi uchun badiiy asar analizi ijodiy o’quvchilar asar mazmunini to’g’ri idrok etishlari uchun hayot haqida ma’lum tasavvurga bog’liq. Haqida ma’lum darajada aniq bilimga ega bo’lishlari zarur. Bu xulosa ko’pgina tadqiqotlar natijasida aniqlanib, maktab tajribasida tasdiqdan o’tgan. Agar o’quvchilarda bunday bilim etarli bo’lmasa, asarni o’qishdan oldin bolalar tasavvurini boyitish va unga aniqlik kiritishga qaratilgan tayyorgarlik ishlari o’tkaziladi.

Asarni idrok etishda unda muallif o’z fikrinigina emas, balki tasavvurini ham aks ettirishi hisobga olinadi. Bolalar asarni aniq, emotsional idrok etishlari uchun-uni ifodali o’qish lozim. Bunda asarni o’qishdan oldin o’tkaziladigan tayyorgarlik mashqlari muhim ahamiyatga ega.

Tayyorgarlik ishlarining vazifasi: a) o’quvchilarning asarda aks ettirilgan voqea-hodisalar haqidagi tasavvurlarini boyitish, matnni ongli idrok qilishga ta’sir etadigan yangi ma’lumotlar berish, badiiy asarda tasvirlangan dalillarni o’quvchilar o’z hayotida kuzatganlari bilan bog’lay olishlariga sharoit yaratish; b) yozuvchining hayoti bilan tanishtirish, yozuvchiga, uning ijodiga qiziqish uyg’otish; v) o’quvchilarni asarni emotsional id­rok etishga tayyorlash; g) asar mazmunini tushunishga xalal beradigan so’zlarning leksik ma’nosini tushuntirishdan iboratdir.

Asarni o’qishdan oldin tayyorgarlik mashqlarini o’tkazish-o’tkazmaslik masalasini asarning mazmuni va o’quvchilarning umumiy saviyasini hisobga olib, o’qituvchi hal qiladi.

Tayyorgarlik ishlarini tashkil etish shakllari xilma-xildir. Ulardan qaysi shaklini qo’llash asarning g’oyaviy-mavzu asosiga, o’quvchilarda aniq bilim bor-yo’qligi, maktabning moddiy bazasi va boshqa qator xususiy ishlarga bog’liq. Maktab tajribasida tayyorgarlik ishlarining didaktik shakllaridan ekskursiya, filmlar ko’rsatish, o’qituvchi hikoyasi, suhbat keng qo’llanadi.

Ekskursiya. Tabiat tasviri haqidagi asarlarni o’qishdan oldin tabiatga ekskursiya qilish o’quvchilar bilimini chuqurlashtiradi, ularda tabiat hodisalarini kuzatish va aniq tasvirlash ko’nikmalarini shakllantiradi. Ekskursiya orqali bolalarda tabiatni sevishga, unga ehtiyotkorlik bnlan munosabatda bo’lishga zamin yaratiladi.

Sinfdan sinfga ko’chish bilan yozuvchi hayoti va ijodi haqidagi bolalar bilimi chuqurlashtira boriladi. Asar muallifi bilan tanishtirishga qo’yilgan talablar o’sa boradi. O’qituvchi, epizodik ma’lumot berishdan, yozuvchi hayoti bilan to’liqroq tanishtirishga o’tadi. Bunda kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning yoshiga mos imkoniyatlarni, ular yozuvchi bilan qaydarajada tanish ekanligi va uning asarlaridan nimalarni o’qiganligini hisobga oladi.

Ma’lumki, badiiy asarni yaxlit idrok etish muhim bo’lgani uchun maktab tajribasida asar ustida ishlashni shu asarni yoki uning bir darsda o’rganishga mo’ljallangan qismini yaxlit o’qishdan boshlash odat bo’lib qoldi. Hikoya,
masal, she’rning mazmunini to’g’ri idrok etish, shuningdek, matnning emotsional ta’sirini oshirish uchun ifodali o’qish katta ahamiyatga ega. Buning uchun asarni o’qituvchi (yoki oldindan tayinlab qo’yilgan o’quvchi) o’qiydi. Bu vaqtda o’quvchilarning kitoblari yopiq bo’ladi. Shuningdek, asarni yaxlit idrok qilish maqsadida magnitofon lentasiga yozuvdan, filmdan foydalanish ham mumkin. Ba’zi matnlarni musiqa sadosi ostida ifodali o’qib berish dam maqsadga muvofiq. Bu asarning ta’sirini kuchaytiradi, o’quvchilarning estetik tomondan rivojlanishiga imkon beradi.

Asar birinchi marta o’qilgandan so’ng o’tkaziladigan suhbat, birinchidan, o’quvchilarga qanday ta’sir etganini bilish, ikkinchidan, bolalarni matnni tahlil qilishga qiziqtirish bilan darsda faol ishlashga sharoit yaratish maqsadini ko’zda tutadi.

Tahlil jarayonida matn ustida ishlashning quyidagi turlaridan foydalaniladi:

Tanlab o’ q i sh. Bunda o’quvchi matnning berilgan vazifaga mos qismini o’qiydi. Vazifa asarning faktik mazmunini oydinlashtirish, sabab-natija bog’lanishini belgilash, badiiy xususiyatlarini ochish, o’qilgan matnga o’z shaxsiy munosabatini ifodalashdan iborat bo’lishi mumkin.

Matn ustida ishlashda keng tarqalgan ish turlaridan biri berilgan savolga o’z so’zi bilan javob berishdir. Mashqning bu turi o’quvchilarda o’qilganlar yuzasidan muhokama yuritish ko’nikmasini o’stirishga, qatnashuvchi shaxslarni baholashga, muallif tasvirlagan hayotiy lavhalar bilan asar g’oyasi o’rtasidagi bog’lanishni aniqlashga imkon beradi.

Matnni tasvirlash matn ustida ishlashda katta ahamiyatga ega bo’lib, o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi, undan to’g’ri foydalanish esa asarda yozuvchi tasvirlagan hayotiy manzaralarni o’quvchilar aniq tasavvur qilishlari uchun qulay sharoit yaratadi. Matn ikki xil tasvirlanadi: 1) so’z bilan tasvirlash; 2) grafik tasvirlash.

So’z bilan tasvirlash o’ziga xos murakkab ish turi bo’lib, unda manzarani so’z yordamida aniq qayta tiklash talab qilinadi. So’z bilan tasvirlash, shuningdek, grafik tasvirlash uchun ham o’quvchi matnni, undagi voqea sodir bo’lgan vaziyatni, qatnashuvchi shaxslarning tashqi ko’rinishini; xarakterli xususiyatlarini yaxshi bilishi zarur; so’z bilan tasvirlash so’zni aniq tanlashni talab qilib, o’quvchilar nutqini rivojlantirishda foydali vositalardan biri hisoblanadi.

Tasvirlashdan o’qituvchi turli maqsadlarda, chunonchi, Reja tuzishga asos sifatida, qayta hikoyalashga tayyorlash, voqea yuz bergan sharoitni aniqlash maqsadida foydalanishi mumkin. Tasvir­lashdan mustaqil ish sifatida ham foylalaniladi: o’qituvchi matnning ma’lum qismidan o’quvchilarga juda ma’qul bo’lgan-manzarani so’z bilan yoki grafik tasvirlashni va unga muallif so’zini tanlashni topshiradi. O’quvchilar qayta hikoyalashdan oldin so’z bilan tasvirlash uchun matnni o’qiydilar, nisbiy tugallangan qismlarni ajratadilar, lavhalarni tartib bilan tasvirlaydilar. Bu muallif nima haqida yozganini ko’z oldiga keltirishga imkon beradi. Shundan keyin matnni qayta hikoyalash uchun leksik-stilistik tayyorgarlik o’tkaziladi.

Matnni tasvirlashga o’rgatishni kitobda berilgan rasmni matnning shu rasmga mos qismiga taqqoslashdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Bunda o’quvchilar yozuvchi tasvirlagan qahramondagi yoki tabiatdagi xarakterli tomonlarni rassom rasmda ko’rsata olganiga ishonch hosil qiladilar.

So’z bilan tasvirlash qayta hikoyalashga aylanib qolmasligi zarur. Buning uchun muallif matnini leksik-stilistik tomondan tahlil qilish manzarani tasvirlashda so’zni aniq tanlashga yordam beradi. Tahlil jarayonida o’qituvchi o’quvchilar e’tiborini muallif ishlatgan so’z va so’z birikmalariga jalb qiladi. Grafik tasvirlash ko’proq uyda bajariladi. Buning uchun o’quvchilar tasvirlaydigan matn qismini ajratadilar, uni diqqat bilan qayta o’qib, mazmunini o’zlashtiradilar va unga mos rasm chizadilar. Darsda o’quvchilar chizgan rasmlarga qarab tan­lab o’qish o’tkaziladi. Matn yuzasidan grafik tasvirlashning murakkabroq turi ekranlashtirish (ekranda ko’rsatishga moslash) hisoblanadi. Bu kjodiy ish bo’lib, rasmlar matnga uyg’unlashtiriladi. Buning uchun asar syujetining rivojlanishiga moslab muayyan izchillikda rasmlar seriyasi yaratiladi. Ekranlashtirishda jamoa bo’­lib ishlanadi, kadrlar, ularga mos yozuvlar va musiqa birgalikda tanlanadi.

To’liq qisqartirib, tanlab va ijodiy qayta hikoyalash, shuningdek, o’qilgan hikoya, maqolaning Rejasini tuzish matn mazmu­nini, uning tasviriy vositalarini bilib olishga yordam beradi. Asar Rejasi n i tuzish uning mazmunini ongli va chuqur tushunish uchun xizmat qiladi. Reja matndagi asosiy fikrni ajratishda, voqealarning izchilligini belgilashda, matn qismlarining o’zaro bog’lanishini tushunishda o’quvchilarga yordam beradi. Reja ustida ishlash o’quvchilar nutqi va tafakkurini o’stiradi, ular matnni mazmunan tugallangan qismlarga bo’lishga, har bir qismning asosini topishga, uni qisqa va aniq sarlavha tarzida yoki Reja punkti sifatida shakllantirishga o’rganadilar.

Reja tuzishga tayyorgarlik ishi savod o’rgatish davridanoq boshlanadi. Tayyorgarlik mashqning eng oddiy turi berilgan sarlavhalardan kichik matn mazmuniga mosini topib qo’yish hisoblanadi. O’quvchilar kichik matnga sarlavhani o’zlari topib qo’ya olsalar yana ham yaxshi. Bunday mashqqa o’rgatishda o’qituvchi sarlavha asosiy fikrni ifodalashini ta’kidlaydi, bolalar top­gan sarlavhani tahlil qilib, u yoki bu sarlavha nima uchun mos yoki mos emasligini tushuntiradi. Reja tuzishga tayyorgarlik ishining ikkinchi turi o’qituvchi rahbarligida tanlab o’qish hisoblanadi. Bolalar matndan o’qituvchi bergan savolga javob bo’ladigan o’rinni topib o’qiydilar.

O’quvchilar rasmli Reja tuzishdan logik Reja tuzishga o’tadilar. Logik Reja tuzish quyidagi izchillikda o’rgatiladi:

1. O’qituvchi qismlarga bo’lingan matn tanlab, Rejaini tuzadi va matn Rejasi punktlari o’rnini almashtirib, sarlavha tarzida doskaning chap tomoniga yozib qo’yadi. O’quvchilar matnning birinchi qismnni o’qiydilar, shu- qism mazmuniga mos sarlavhani doskadan tanlaydilar, uni o’qituvchi doskaning o’ng tomoniga yozadi; keyin o’quvchilar matnning ikkinchi qismini o’qib, tegishli sarlavhani doskadan tanlaydilar va h.k. Shunday qilib, doskada o’qilgan matnning Rejasi hosil bo’ladi.

2. Matn, qismlarini tahlil qilish jarayonida o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida harakat bir qismdagi asosiy fikrni aniqlaydilar va unga sarlavha topadilar. O’qituvchi sarlavhalarni Reja punkti tarzida doskaga yozib boradi.

3. Qismlarga bo’linmagan matn tanlanadi, sarlavhalar matn Rejasi tartibida doskaga yoziladi. O’quvchilarga berilgan sarlavhalardan foydalanib matnni qismlarga bo’lish topshiriladi. Ular matnni o’qiydilar, birinchi sarlavhaga tegishli qismni ajratadilar, keyingi qismlar ham shunday belgilanadi.

4. Qismlarga bo’linmagan matn tanlanadi, sarlavhalar aralash tarzda doskaga yoziladi. O’quvchilarga yuqoridagi qismlarga bo’lish topshiriladi. O’quvchilar matnni o’qib, nisbiy tugallangan qismni ajratadilar va unga mos sarlavhani doskadan tan­laydilar. Ish shu tarzda davom ettirilib, matn Rejasi tuziladi.

O’quvchilar asarni mustaqil ravishda qismlarga bo’lish va harakat bir qismga sarlavha topishga, ya’ni berilgan matn Rejasini tuzishga yuqoridagi kabi asta-sekin o’rgatib boriladi. Reja tuzish uchun so’roq, va darak gaplardan, ayrim hollarda atov gapdan foydalanish mumkin. Faqat har bir Rejada bir turdagi gaplar ishlatililsh zarur. Shunday qilib, o’quvchilarda matn ustida ishlash ko’nikmasini shakllantirishda ular diqqati ishning mazmuni va bajarilish yo’llariga qaratiladi.

5. O’qituvchilar uchun nashr etilgan “Birinchi sinfda o’qish darslari”, “Ikkinchi sinfda o’qish darslari”, “Uchinchi sinfda o’qish darslari” qo’llanmalarida mavzularni Rejalashtirishda nimalar hisobga olinganini aniqlang.

6. “O’qish darslarida bolalarni g’oyaviy-siyosiy tomondan tarbiyalash” yoki “O’qish” darslarida o’quvchilarni axloqiy tarbiyalash” mavzusida qisqacha og’zaki axborotga tayyorlaning.

Har xil janrdagi asarlarni o’qish usuliyotining

xususiyatlari

Reja:

1.Hikoyani o’qish usuliyoti.

2.Ertakni o’qish usuliyoti.

3.Ilmiy-ommabop maqolalarni o’qish.

Adabiyotlar:

1.Abdullayev Y. Eski maktabda xat-savod o’rgatish.- Toshkent,1960.

2.Abdullayeva Q. Birinchi sinfda nutq o’stirish. - Toshkent, "O’qituvchi", 1980.

3.Abdullayeva Q. Savod o’rgatish. Toshkent, 1983.

4.Abdullayeva Q., Rahmonova S. Ona tili darslari (usuliy qo’llanma). Toshkent, 1999.

5.Azizova A. G. Uchinchi sinfda ona tili darslari. Toshkent, 1982.

6.Azizova A.G., Ikromova R. To’rtinchi sinfda ona tili darslari. Toshkent, "O’qituvchi", 1984.

7.Ashrapova T., Odilova M. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi. Toshkent, 1984.

8.Ashrapova T., Hotamov N. Uchinchi sinfda o’qitish darslari. Toshkent, 1983.

Boshlang’ich sinflarda badiiy asar turlaridan hikoya, she’r, ertak masal, maqol va topishmoqlar amaliy ravishda o’rganiladi. Bulardan tashqari, ilmiy-ommabop maqolalar ham o’qitiladi. Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, stilistik priyomlari jihatidan o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, o’quvchilarga ta’siri ham har xil bo’ladi. Shunga ko’ra, turli janrdagi ba­diiy asarlarni o’qishda o’qituvchi unga mos metod va priyomlar tanlashi talab etiladi. Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo’lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir voqea hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. Hikoya ko’pincha kishi hayotida bulgan bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmuni ertakdagidan ortiqroq hayotiydir.

Hikoya mazmunan boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun mos janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi o’quvchilarni qahramonning xatti-harakat, tashqi ko’rinishi, portret tasviri, voqea-hodisalar haqidagi hikoyalar ko’proq qiziqtiradi. Shuning uchun bolalarni badiiy asar turi bo’lgan hikoya bilan tanishtirish uning syujetini tushuntirishga bog’lab olib boriladi.

Boshlang’ich sinflarda hikoyani o’qishga bag’ishlangan izohli o’qish darslarida o’qilgan hikoya mazmunini ochish, lug’at ustida ishlash, o’qilgan matnni qayta hikoyalash asosiy ish turlaridan hisoblanadi. Hikoya mazmun qator savollar asosida tahlil qilinadi. Bunda savollar qatnashuvchi shaxsning xatti-harakati va xarakterini tahlil qilishga qaratilgan bo’ladi. So’roqlardan ikki maqsadda: hikoya mazmunini tahlil qilish hamda faktlar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-hodisalar, xatti-harakat o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlash va umumlashtirish uchun foydalaniladi. Hikoyani o’qish darsida o’quvchilar ma’nosini tushunmaydigan so’z va iboralar ma’nosini tushuntirish ham muhim, aks xolda, ular hikoya mazmunini tushuna olmaydilar. So’z ma’nosini tushuntirishga ko’p vaqt sarflamay, asar mazmunini tushunishda eng zarur bo’lgan so’zni qisqa izoh berish bilan tushuntiriladi. Hikoyani o’qishda hikoya mazmunini tahlil qilish va shu asosda o’quvchilar nutqini o’stirish markaziy o’rin egallaydi. Hikoya o’qilgach, o’quvchilar o’ylashi, o’z mulohazalarini aytishi uchun tayyorlanishga vaqt berish talab etiladi. O’qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad hikoya bolalarga yoqqanyoqmagani, undagi qaysi qahramonning xarakteri bolaga ta’sir etgani, bolalar kim yoki nima haqida hikoya qilib berishni istashini bilishdan iborat. Shundan keyingina hikoya syujeti, voqeaning yo’nalishini ochishga, sharoitni, personajlar xarakte­rini tushunishga, nihoyat, asarning asosiy g’oyasini bilib olishga yordam beradigan savollardan foydalaniladi.

Badiiy asarni tahlil qilishda syujetni to’liq tushuntirishga berilib ketib, qatnashuvchilarga xarakteristika, asar qurilishi va tilini tahlil qilish kabi ish turlari e’tibordan chetda qolmasligi lozim. Savollarni, odatda, o’qituvchi beradi, ammo asar mazmuni, qatnashuvchi shaxslarning xulq-atvorini ochish yuzasidan o’quvchilarga ham savol tuzdirish juda foydali. Bu usul bolalarga juda yoqadi va ishni jonlantiradi; asar mazmunini yaxshi tushunish, o’z fikrini izchil bayon qilish malakasini egallash, mazmun va voqealar orasidagi bog’lanishni to’liq esda saqlab qolishda o’quvchilarga yordam beradi. Hikoyani o’quvchilar yaxshi o’zlashtirishlari, unda ilgari surilgan g’oyani bilib olishlari uchun matn bilan ishlash jarayonida tanlab o’qish, ma’lum topshiriq bilan qayta o’qish, savollarga javob berish, hikoya qismiga o’zlari savol tuzishi, so’z bilan va grafik rasm chizish, Reja tuzish, qayta hikoyalashning barcha turlaridan, ifodali o’qishga tayyorlanish kabi ish turlaridan foydalaniladi.

Kichik badiiy hikoyani izohli o’qish darsini uyushtirishda quyidagi Reja varianti sxemasi e’tiborga olinadi: 1) hikoyani o’qishga tayyorlash (hikoyada tasvirlangani kabi kishilar hayoti davrga qisqa xarakteristika...); 2) hikoyani (to’liq yoki mantiqiy tugallangan qismlarga) o’qituvchi yoki oldindan tayyorlangab o’quvchining ifodali o’qishi; 3) idrok etishni tekshirish (qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakatlari, shaxslar va voqealar o’rtasidagi munosabatlar yuzasidan qisqacha suhbat; 4) hikoyani qayta o’qish (hikoyani qismlarga bo’lish, o’quvchilarga o’qitish, ayrim so’zlar ma’nosini tushuntirish; 5) hikoyaning har bir bo’lim yuzasidan suhbat o’tkazish va sarlavha topish; hikoya Rejasini tuzish; 6) hikoyaning ayrim bo’limlarini ifodali o’qish; 7) Reja asosida qayta hikoyalash; 8) hikoyani ifodali o’qishga yoki sahnalashtirishga tayyorlanish (sinfda yoki uyda); 9) hikoyani ifodali o’qish va ifodali qayta hikoyalash. Bu hikoyani o’qish darsi Rejasining varianti bo’lib, o’zgarishi ham mumkin. Ammo shuni unutmaslik kerakki, badiiy hikoyani o’qish darsida uning mazmunini, asosiy fikrini bilish bilan birga, asarning tarbiyaviy (badiiy asar misolida o’quvchilarni tarbiyalash), xususan, estetik ta’siri ham ko’zda tutiladi va ifodali qayta hikoyalashga katta ahamiyat beriladi.

Ertakning o’tkir marseli syujeti, voqea rivojidagi favqulodda, ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi; undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak chaqqon qahramonlar, ertakning g’oyaviy yo’nalishi, unda ezgu kuchning—yaxshilikning doimo g’alaba qilishi bolalarni o’ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli, bir xil so’z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta’sirchanligi, ifoda­li vositalarining jonliligi bolalar uchun juda qiziqarlidir. Ertakda qatnashuvchilar ko’pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bo’lgan yovuz, baxil, ochko’z obrazlarga bo’linadi.

Ertakning pedagogik qimmati shundan iboratki, bolalar un­da to’g’rilik halollik g’alaba qilganidan, kambag’al kishilar qiyinchilikdan qutulganidan, ya’ni yaxshiliq ezgulik ro’yobga chiqqanidan va yomonlik, yovuzlik mahkumlikka uchraganidan quvonadilar. Ular hayotda ham doim shunday bo’lishini istaydilar, Ertak bolalarda personajlarning xatti-harakatini muhokama qilib baholash ko’nikmasini o’stiradi. O’quvchilar ertakni tahlil qilish jarayonida ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni o’qishgagina emas, balki uni aytib berishga o’rgatish ham muhimdir. Ertak aytish orzaki nutqni o’stiradi, bolalar nutqdagi yangi so’z va iboralar bilan boyitadi, ona tiliga muhabbatni tarbiyalaydi.

I sinfdayoq ertak tilidan erkin foydalanishga o’rgatish uchun ertak bilan birinchi tanishtirishda uni (agar ertak hajmi katta bo’lmasa) o’qituvchi aytib berishi mumkin. Yuqoridagilarni hisobga olganda, ertakni izohli o’qish darsining qurilishi quyidagicha bo’lishi mumkin: 1) o’quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash; 2) o’qituvchining ertakni ifodali o’qishi, yod aytib berishi; 3) ertakni o’quvchilar qanchalik idrok etganliklarini aniqlash maqsadida qisqacha suhbat o’tkazish; 4) ertakni qismlarga bo’lib o’qish va tahlil qilish; tasviriy vositalar, sinonim so’zlarni topish, ayrim so’zlar ma’nosini tushuntirish; 5) ertakni aytib berishga tayyorlanish (ichda o’qish); 6) ertakni aytish; 7) umumlashtiruvchi suhbat (ertak g’oyasini ochish); 8) ma’lum vazifa bilan ertakni qayta o’qish; 9) vazifani tekshirish va yakunlash. (Nima uchun ertakni qiziqib o’qishadi?) 10) uyda boshqalarni ham qiziqtiradigan qilib ertakni o’qib (yoki aytib) berishga tayyorlanish.

Masal va she’rni o’qish usuliyoti

Reja:

1.Masal haqida ma’lumot.

2.Masalning tuzilishi va uning turlari.

3.She’r haqida ma’lumot.

4.She’r o’qitish usuliyoti.

5.Boshlang’ich sinf “O’qish” darsliklaridagi masal va she’r tahlili.

Adabiyotlar:

1.Abdullaev Y. Eski maktabda xat-savod o’rgatish.- Toshkent,1960.

2.Abdullayeva Q. Birinchi sinfda nutq o’stirish. - Toshkent, "O’qituvchi", 1980.

3.Abdullayeva Q. Savod o’rgatish. Toshkent, 1983.

4.Abdullayeva Q., Rahmonova S. Ona tili darslari (usuliy qo’llanma). Toshkent, 1999.

5.Azizova A. G. Uchinchi sinfda ona tili darslari. Toshkent, 1982.

6.Azizova A.G., Ikromova R. To’rtinchi sinfda ona tili darslari. Toshkent, "O’qituvchi", 1984.

7.Ashrapova T., Odilova M. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi. Toshkent, 1984.

8.Ashrapova T., Hotamov N. Uchinchi sinfda o’qitish darslari. Toshkent, 1983.

Masal axloqiy mazmunni kinoyaviy obrazlar orqali aks ettiradigan badiiy asardir. U ko’proq she’riy tarzda yoziladi. Masalda inson xarakteriga xos xususiyatlar kinoyaviy obraz­lar—hayvonlar, jonivorlar va o’simliklar dunyosiga ko’chiriladi. Ko’pincha masalning kirish qismida, ba’zan oxirida qissadan hissa, ya’ni ibratli xulosa chiqariladi. Bu o’quvchilarni axloqiy tomondan tarbiyalashga katta imkon beradi. Masalda fikrning qisqa, lo’nda, chiroyli va ifodali tasvirlanishi, tilining o’tkirligi va xalqchilligi o’quvchilar nutqi va tafakkurini o’stirishda muhim material hisoblanadi. Masal kichik hajmli, ammo boy mazmunli, tugun, kulminatsion nuqta va yechimi bo’lgan kichik pyesani eslatadi. U biror voqea-hodisani qisqa va mazmunli tasvirlashda ajoyib namuna bo’la oladi. Bolalarni masaldagi kinoyaviy mazmun emas, balki, birinchi navbatda, obrazlarning go’zalligi o’ziga jalb qiladi. Shuning uchun masal ustida ishlashni hayvonlar hayotidan yozilgan hikoya ustida ishlash kabi uyushtiriladi. Odatda, masal personajlari o’z xatti-harakatlari, fe’l-atvorlari bilan, nutqiy uslublari, odatlari bilan o’zlarini tavsiflaydilar, ba’zan bu xarakteristikani masalning boshqa personaji to’ldiradi. Muallifning o’zi esa bir-ikki so’z bilan xarakteristikani mukammallashtiradi.

Boshlang’ich sinflarda masalni o’qishga o’rgatishda bolalarga masalni ifodali o’qishga va uning mazmunini qisqa, ba’zan bir necha so’z bilan aytib berishga (masalni to’liq qayta hikoya qildirish tavsiya etilmaydi), ayrim qatnashuvchilarning xarakterli xususiyatlarini aytib, o’zaro qiyoslashga o’rgatish muhim ahamiyatga ega. Masalning allegorik mazmuniga to’xtalmasdan, bosh personaj obrazini tahlil qilishga kirishiladi. I sinfda bolalar masal­ni hayvonlar haqidagi ertakka o’xshash kulgili hikoya kabi qabul qilsalar, II sinfdan boshlab ular masaldagi hayvonlarning xatti-harakati, o’zaro munosabatlari ba’zan kishilar hayotida ham uchrashini, masal axloqiy bilim beradigan hikoya ekanini, ko’proq she’riy tarzda bo’lishini, unda kishilardagi ayrim kamchiliklar tasvirlanishini bilib ola boshlaydilar.

Masal tili ustida ishlaganda, o’quvchilar nutqini boyitish uchun unda ishlatilgan obrazli iboralar, badiiy vositalar o’quvchilarga mustaqil toptiriladi: o’quvchilar o’qituvchi bergan gap yoki iborani masaldagi ibora bilan almashtiradilar. Masal tahlil qilinayotganda voqea rivojini jonli tasavvur qilish, obrazlarni aniq idrok etishda o’quvchilarga yordam berish zarur. Chunonchi, ularga ayrim epizodlarni so’z bilan tasvirlash, ba’zilariga o’qituvchi yordamida Reja tuzish, ishning oxirgi bosqichida rollarga bo’lib o’qish kabilarni tavsiya qilish maqsadga muvofiq. Personajga xarakteristika berishda uning xatti-harakatakati bilan birga, tilining o’ziga xos xususiyatlaridan ham foydalaniladi. Masalni ifodali o’qishga tayyorlanishda uning syujetini bilish bilan birga, muallif tilini yaxshi tushunish, harakat bir personajning individual xarakterini hisobga olish zarur. Masal o’qish darsining qurilishi quyidagicha bo’ladi:

I. Tayyorgarlik ishlari (bunda masalning xususiyatlari va qaysi sinfda o’qitilishiga mos ravishda ish turlari tanlanadi): 1) masal muallifi haqida o’qituvchi hikoyasi; 2) o’qilgan masal materiali yuzasidan viktorina (savol-javob uyini); 3) o’qilgan masalda qatnashuvchi shaxslar (hayvonlar) xarakteriga xos xususiyatlar haqida suhbat.

II.Masalni o’qituvchi o’qishi (magnitofon yozuvini eshitish yoki film ko’rsatish).

III. Masalning aniq mazmunini tahlil qilish: 1) masalning strukturasi va kompozisiyasini aniqlash (o’qish, Reja tuzish va hakazo); 2) Qatnashuvchilarning xatti-harakati, fe’l-atvori sabablarini, xarakteriga xos xususiyatlarini tushuntirish (tanlab o’qish, so’z bilan va grafik rasm chizish, savollarga javob); 3) Masalning aniq mazmunidan kelib chiqib undagi asosiy fikrni belgilash.

IV. Allegoriyani ochish.

V.Axloqiy xulosa aks ettirilgan qismni tahlil qilish.

VI. Hayotda uchragan o’xshash hodisalarga taqqoslash.
She’r — ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solingan, his-tuyg’u ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli ritmik nutq. She’riy nutqni ohang
jihatidan ma’lum bir tartibga solish vositalari ritm (bir-biriga monand kichik bo’laklarning izchil va bir me’yorda takrorlanib kelishi) va qofiya (misralarning oxirida keladigan ohangdosh so’zlar) hisoblanadi. She’rni o’qiganda kichik yoshdagi o’quvchilar tabiat va jamiyat voqea-hodisalarining poetik tasviridan hayajonlanishlari muhim ahamiyatga ega. Boshlang’ich sinflarda she’r tarzida yozilgan hikoyalar, ya’ni she’riy hikoyalar va lirik she’rlar o’qitiladi. She’riy hikoyada syujet, ya’ni voqealar tizimi va uning rivoji xarakterlidir. Lirik she’r “biror hayotiy voqea-hodisa ta’sirida insonda tutilgan ruhiy kechinma, fikr va tuyg’ular orqali turmushni aks ettiradi. Lirik she’rning xususiyati kishining his-tuyg’uga to’la hayajonli nutqini ta’sirli ifodalashga qo’l keladi. Bunda ohangdorlik va musiqiylikni vujudga keltiradi. She’rni o’qish darslarida asosiy ish turi ifodali o’qish hisoblanadi. O’quvchi she’rning asosiy (g’oyaviy) mazmunini tushunsagina, uni ifodali o’qiy oladi. Shuning uchun she’rni tahlil qilib, uning mazmunini o’quvchilarga tushuntirish lozim. She’rni tahlil qilishda, asosan, hikoya, ertak masalni tahlil qilingandagi ish turlaridan foydalanish mumkin. Ammo lirik she’rni o’qish va tahlil qilish o’qituvchidan katta mahorat talab qiladi. Lirik she’rni o’qish darsida eng asosiy ish turi uni his-hayajon bilan ifodali o’qishdir. She’r ifodali o’qilgach, undagi tushuntirilishi zarur bo’lgan so’z va iboralar ikki-uch so’z bilan qisqacha izohlanadi. She’rni o’qishdan oldin ba’zan unda tasvirlangan yil fasllari haqida suhbat o’tkaziladi yoki she’r mazmunini tushunish uchun o’quvchilar bilishi lozim bo’lgan voqealarni o’qituvchi qisqa aytib beradi. O’qish oddiy bo’lishi kerak O’qiyotganda tabiiy zavq-shavq, shodlik, xursandlik, qahr-g’azab hissini uyg’otishi lozim. Bolalar she’rni o’qiganda, she’riy satrga rioya qilishlari, she’r ritmini buzmasliklariga erishish lozim.

She’r mazmuni ham, boshqa janrdagi badiiy asarlar kabi savollar asosida tahlil qilinadi. Ammo she’r mazmuni haqida o’quvchilarga ko’p savol berish tavsiya etilmaydi. O’quvchilar she’rning asosiy mazmunini tushunganliklariga ishonch hosil qilishning o’zi kifoya. Boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan ko’pgina she’rlarni tahlil qilib, ifodali o’qish mashq qilingach, ifodali yod aytib berish vazifasi topshiriladi (o’quvchilar darsda ifodali o’qimagan she’rni uyda ifodali yod aytib berishga tayyorlanishni tavsiya etilmaydi). Bolalar she’rni yoqtiradilar. She’riy nutq yengil yodlab olinadi, estetik his-tuyg’u uyg’otadi. Kichik yoshdagi o’quvchilar saviyasiga mos bolalarbop ravshan til bilan yozilgan sodda ritmli jarangdor she’rlarni bolalar tez va oson yodlab oladilar, keyin yoddan ifodali o’qiydilar. Kichik yoshdagi o’quvchilarga she’rni qanday yodlash kerakligi o’rgatiladi. Buning uchun o’qituvchi o’quvchilar bilan she’rni teng satrli bir necha qismga bo’ladi. O’quvchilarga harakat bir satr oxirida ritmik pauza qilish, buning uchun satr oxirida tinish belgi bo’lishi shart emasligi, ritmik pauzada ovozni nuqtadagi kabi pasaytirmaslik lozimligi, bu tugallanmagan fikrni davom ettirishga imkon berishi tushuntiriladi va bo’lingan qismlar navbati bilan yodlatiladi.

Ilmiy-ommabop maqolalar va xalq og’zaki ijodini

o’qitish usuliyoti

Reja:

1.Ilmiy-ommabop maqolalar haqida tushuncha.

2. Ilmiy-ommabop maqolalarning turlari.

3.Xalq og’zaki ijodi namunalarining boshlang’ich sinflardagi o’rni.

4.Maqol va topishmoqlarni o’qitish usuliyoti.

Adabiyotlar:

1.Abdullayev Y. Eski maktabda xat-savod o’rgatish.- Toshkent,1960.

2.Abdullayeva Q. Birinchi sinfda nutq o’stirish. - Toshkent, "O’qituvchi", 1980.

3.Abdullayeva Q. Savod o’rgatish. Toshkent, 1983.

4.Abdullayeva Q., Rahmonova S. Ona tili darslari (usuliy qo’llanma). Toshkent, 1999.

5.Azizova A. G. Uchinchi sinfda ona tili darslari. Toshkent, 1982.

6.Azizova A.G., Ikromova R. To’rtinchi sinfda ona tili darslari. Toshkent, "O’qituvchi", 1984.

7.Ashrapova T., Odilova M. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi. Toshkent, 1984.

8.Ashrapova T., Hotamov N. Uchinchi sinfda o’qitish darslari. Toshkent, 1983.

Ilmiy-ommabop asosiy maqsad bolalarga tabiat, kishilar mehnati va ijtimoii hayoti haqida muayyan bilim berish, bolalarni kitob bilan mustaqil ishlashga va undan bilim olishga o’rgatishdan iborat. Ilmiy prozada real muhit faktlarini kuzatish natijasining mantiqiy umumlashmalari va xulosalari hisoblangan aniq tushunchalar aks ettiriladi. Tabiatshunoslikka oid (I sinfda) va tarixiy mavzudagi maqolalarni o’qish bilan bog’liq holda tabiat hodisalarini kuzatish (masalan, daraxt kurtaklarining bo’rtishi), o’quvchilarni kishilarining mehnati bilan tanishtirish kabi buyuk tarixiy voqealarning guvohi va ishtirokchilari bo’lgan kishilar bilan uchrashuvlar uyushtirish maqsadga muvofiq. I sinf dasturida o’qish bilan bog’liq holda kuzatish, ekskursiya, predmet darslar mo’ljallanadi. Masalan, yil fasllari (kuz, qish, bahor, yoz) da mavsumiy tabiat hodisalari (ob-havoning o’zgarishi, o’simlik va hayvonlarning hayoti)ni, shuningdek kishilarning mehnatini kuzatish uchun tabiatga (dala, bor, xiyobonlarga) ekskursiyalar o’tkazish ko’zda tutiladi. Ekskursiyalar bilan bog’liq holda predmet darslar o’tkazilib, o’quvchilarning o’zlari yiqqan, shuningdek o’qituvchi olib kelgan daraxt kurtaklari, gullar, turli o’simlik va boshqalar o’rganiladi. Ekskursiyada ko’rganlaridan tashqari, tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlar va kishilarning mehnati yuzasidan bolalarning nisbatan uzoq, kuzatishlari uyushtiriladi.

Ilmiy-ommabop maqolalarni izohli o’qish darsini uyushtirishda quyidagi Reja varianti (sxemasi) asos qilib olinadi: 1) o’qiladigan matn yuzasidan bolalar tajribasi va bilimini aniqlash, ularni matn mazmunini tushunishga tayyorlash maqsadida taxminiy suhbat o’tkazish; 2) maqolani yoki uning bo’limini o’qish, ayrim so’zlarning ma’nosini tushuntirish; 3) maqola yoki uning bo’limi Rejasini tuzish; 4) o’qilgan maqola yuzasidan suhbat; 5) o’qilgan bo’limning asosiy mazmunini aniqlash va Reja punktlarini yozish; 6) Reja asosida maqolani qayta o’qish; 7) maqolani yaxlit o’qish bunda bolalarni qayta hikoyalashga tayyorlash va maqola mazmunini yaxshi o’zlashtirishlariga erishish maqsadi ko’zda tutiladi; 8) xulosalash va umumlashtirish; 9) Reja asosida qayta hikoyalash.

Ilmiy-ommabop maqolalar bolalarni gazeta va jurnallarni o’qishga tayyorlaydi, ijtimoiy-siyosiy, tabiatshunoslik terminlarini o’zlashtirishga yordam beradi, ularning mantiqiy tafakkurini va nutqini o’stiradi. Umumlashtiruvchi o’qish darsi qurilishi jihatidan boshqa darslardan farqlanadi. Bunday darslar har bir sinfda to’rt-besh marta o’tkaziladi. Yangi dastur va usuliy qo’llanmalarda tavsiya qilinganidek harakat bir o’qish darsida o’qilgan asar haqidagi o’quvchilar tasavvuri va bilimini umumlashtirish, malakalarini mustahkamlashga alohida ahamiyat beriladi, shuning uchun umumlashtiruvchi darsning qurilishi umumlashtirishning maqsadi va xarakteriga qarab belgilanadi. Umumlashtiruvchi dars bolalar tasavvuri va tushunchalarini kengaytirishga yordam beradi.Bunday darslarda o’quvchilar egallagan bilimlarining sinf va maktab jamoasi hayotida, har bir o’quvchi hayotidagi ahamiyatini tushunadilar. Bu darsda o’qituvchi bolalar bilimini boyitadigan qo’shimcha materiallar berishi ham mumkin.Umumlashtiruvchi darsda takrorlash ilgari o’qilganlarning mazmunini o’quvchilar yodida qayta tiklash emas, balki umumlashtiruvchi xarakterda bo’lishi, bolalar bilimini tizimlashtirishga, ayrim tasavvur va tushunchalarini tartibga solishga yordam be­rishi lozim. Shunday ekan, bunday darslar uchun kitobdan o’qilganlargina emas, balki bolalarning kuzatishlari natijasida bevosita idrok etilgan tabiatdagi predmet va hodisalar, ijtimoiy hayot voqealari, shaxsiy tajribalari ham material bo’ladi. Maktab hayoti, oila yoki tabiatshunoslikka oid mavzuga bag’ishlangan umumlashtiruvchi darslarning vazifasi kitob materialini o’quvchilarning kuzatishlari, ekskursiyalardan olgan bilimlari bilan bog’lashdir.

O’qish darslarida o’quvchilarning og’zaki

nutqini o’stirish

Reja:

1.Nutq shakllari haqida ma’lumot.

2.Og’zaki va yozma nutqni rivojlantirish usullari.

3.Badiiy matn orqali o’quvchilar nutqini o’stirish.

4.Rasmlar asosida o’quvchilar nutqini o’stirish.

Adabiyotlar:

1.Abdullayev Y. Eski maktabda xat-savod o’rgatish.- Toshkent,1960.

2.Abdullayeva Q. Birinchi sinfda nutq o’stirish. - Toshkent, "O’qituvchi", 1980.

3.Abdullayeva Q. Savod o’rgatish. Toshkent, 1983.

4.Abdullayeva Q., Rahmonova S. Ona tili darslari (usuliy qo’llanma). Toshkent, 1999.

5.Azizova A. G. Uchinchi sinfda ona tili darslari. Toshkent, 1982.

6.Azizova A.G., Ikromova R. To’rtinchi sinfda ona tili darslari. Toshkent, "O’qituvchi", 1984.

7.Ashrapova T., Odilova M. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi. Toshkent, 1984.

8.Ashrapova T., Hotamov N. Uchinchi sinfda o’qitish darslari. Toshkent, 1983.

Ma’lumki, nutq tafakkur bilan bog’liq, shuning uchun tafakkur bilan uzviy bog’liq holda o’stiriladi. Darsda o’qigan asarni o’quvchilar ongli tushunishi, asosiy mazmunini, g’oyasini anglab yetishi uchun analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish kabi logik priyomlar qo’llanadi. O’qilgan asarni-analiz qilishda har xil ish usullaridan foydalaniladi. Bolalar hikoyadagi asosiy qatnashuvchi shaxslarni aytadilar, o’qituvchi rahbarligida asarning sxematik Rejasini tuzadilar (tugun, kulminatsiya, yechim). Shunday qilib, hikoya mazmuni bilan birinchi tanishish o’quvchilardan ongli ishlashni, ya’ni voqealarni, qatnashuvchilar sostavini analiz qilishni talab etadi. O’qish bilan bog’liq holda bajariladigan bunday logik ishlar asta-sekin murakkablasha boradi.

Boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida o’quvchilar nutqini o’stirish vositalaridan biri to’g’ri uyushtirilgan qayta hikoyalashdir. Maktab tajribasida to’liq qisqartirib, tanlab va ijodiy qayta hikoya qilish turlari mavjud. Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun matnni to’liq yoki matnga yaqin qayta hikoyalash ancha oson, boshqa turlari esa nisbatan qiyinroqdir. Qayta hikoyalashda o’qilgan hikoya mazmuni yuzasidan o’qituvchining savoli o’quvchilarni hikoyaning detallari haqida, ayrim voqealar o’rtasidagi bog’lanishning sabab-natijalari haqida fikrlashga qaratilishi lozim. Asar syujetining rivojlanishida qatnashuvchi shaxslar, ularning xatti-harakati asosiy rol o’ynaydi. Bolalar asar mazmunini unda ishtirok etuvchi shaxslar va ularning xatti-harakati, xarakterli xususiyatlarini tahlil qilish yordamida yaxshi anglab yetadilar. O’qituvchining savoli, asar qahramonlari nima qilgani, ularning u yoki bu xatti-xarakati qayerda va qanday sharoitda yuz bergani haqida so’zlab berishga, voqealarning izchil bayon qilinishiga va o’zaro bog’liqligini yoritishga yo’naltirilishi lozim.

O’quvchi o’qilgan asar mazmunini o’qituvchi savoli yordamida aytib berishida faqat analizdan emas, sintezdan ham foydalanadi: ayrim faktlarni o’zaro bog’laydi (sintezlaydi), bir-biriga taqqoslaydi, ular yuzasidan muhokama yuritadi va xulosa chiqaradi. Ko’pincha boshlang’ich sinf o’quvchilari qatnashuvchi shaxslar xatti-harakatini yaxshi tushunmasliklari, ba’zan noto’g’ri yoki yuzaki tushunishlari natijasida asar mazmunini anglab etmaydilar. Shuning uchun ham o’qituvchi savolni juda o’ylab tuzishi, u bolani fikrlashga, o’ylashga majbur etadigan, qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakati, voqealarning bog’lanishi yuzasidan muhokama yuritadigan, ularni o’zaro qiyoslashga, ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlashga yordam beradigan bo’lishi lozim. O’quvchi asarda qatnashuvchilarning xatti-harakatini qanchalik aniq ko’z oldiga keltira olsa, u hikoyaning asosiy mazmunini shunchalik chuqur tushunadi, shunchalik mustaqil qayta hikoya qilib beradi. O’qilgan asar mazmunini izchil ravishda qayta hikoyalash uning Rejasini tuzishga yordam beradi. Reja tuzishda o’quvchi hikoyani tarkibiy qismlarga bo’ladi va har qaysi qismdagi asosiy fikrni aniqlaydi. Bularning hammasi analitik ish hisoblanadi. Keyin sintetik ishga o’tiladi, ya’ni bolalar hikoya qismlariga sarlavha topadilar. O’quvchilar o’qituvchi rahbarligida Reja tuzish jarayonida o’qilgan hikoyaning har bir qismida bosh va ikkinchi darajali masala nimalardan iboratligi haqida, qanday qilib fikrni qisqa va aniq ifodalash haqida uylaydilar. Sarlavha topish ustida ishlash, o’quvchilar topgan sarlavhani jamoa muhokama qilish, Reja tuzish jarayonining o’zi bolaning fikrlash qobiliyatini faollashtirishi, unda o’z mulohazasini isbotlash, asoslash odatlarini tarbiyalashi lozim. Asarni o’qish va tahlil qilish jarayonida tuzilgan Reja doskaga yozilsa, hikoya mazmunini izchil qayta hikoya qilishga yordam beradi. Reja asosida hikoya qilishning vazifasi mazmunni berilgan izchillikda o’zlashtirishdir. Reja asosida qayta hikoyalash o’qituvchi savoliga javob berishga nisbatan asar mazmunini aytib berishning xiyla mustaqil shaklidir. O’qilgan asar mazmunini o’zlashtirish ustida ishlashdagi keyingi bosqich qisqartirib hikoyalash hisoblanadi. Qisqartib hikoyalash uchun 2—3 qismga bo’linadigan, bu bo’limlar yaqqol ajralib turadigan, mazmuni sodda asarlar tanlanadi. Qisqartirib hikoyalashga o’rgatish quyidagicha uyushtirnladi: o’qituvchi hikoyaning oldinda belgilab qo’yilgan birinchi qismini o’qiydi va o’quvchilar bilan birgalikda eng muhim, asosiy fikr aniqlanadi. Bunda o’quvchilar ba’zan asardagi so’zlardan foydalanadilar. Bu o’quvchilarga qiyinlik qilsa, bo’limdagi asosiy fikrni o’z so’zlari bilan aytib berishlari mumkin. Keyin o’quvchilar o’qituvchi bilan bu qismni qisqartib hikoyalashda nimalar haqida gapirmaslik kerakligini, qaysilari ikkinchi darajali yoki kam ahamiyatli fikr ekanini aniqlaydilar. Asarning boshqa qismlari yuzasidan ham shunday ish olib boriladi va o’quvchilar asarni qisqartib qayta hikoya qiladilar. O’qilgan asarni qisqartib hi­koya qilishga II sinfdan boshlab o’rgatiladi. Tanlab hikoyalash ham bolalarning tafakkuri va nutqini o’stirish vositalaridan biridir. Tanlab hikoyalashda o’quvchi: 1) o’qilgan matndan bir qismini, uning chegarasini ongli ravishda ajratib so’zlab beradi; 2) hikoyadan faqat bir voqeani aytib beradi; 3) hikoya mazmunini faqat bir syujet yo’nalishida so’z­lab beradi.

Bolalarda tanlab qayta hikoyalash malakasini hosil qilishga boshlang’ich sinf izohli o’qish darslarida keng qo’llanadigan metodik priyomlar yordam beradi: 1) hikoya qismiga chizilgan rasm asosida hikoyalash; 2) hikoyadagi bir voqeani tasvirlovchi rasm asosida hikoyalash; 3) tanlab qayta hikoyalashni talab etadigan savollarga javob berish. Hikoyani o’qish bilan bog’liq holda o’tkaziladigan ijodiy ishlar ham o’quvchilar nutqini, tafakkurini ustiradi. Bular: 1) ijodiy qayta hikoyalash; 2) inssenirovka qilish; 3) o’qilgan asarga rasm chizish; 4) hikoyani davom ettirish.

1.Ijodiy qayta hikoyalashda o’qilgan hikoyaning sharoitini, yo shaklini o’zgartib hikoya qilinadi yoki hikoyani yangi epizodlar bilan to’ldirib hikoya qilinadi.

2. Inssenirovka yoki sahnalashtirishda o’quvchilar o’qilgan hi­koyani sahnabop qilib o’zgartiradilar. Buning uchun ular hikoyaga ssenariy haqida, kostyum, qatnashuvchilarning imo-ishorasi haqida o’ylaydilar, monologik nutqni dialogik nutqqa aylantiradilar (bu tilni o’rgatish nuqtai nazaridan eng muhim ish hisoblanadi).

3. O’qilgan hikoyaga rasm chizishda o’quvchi rassomlar tomonidan chizilgan rasmlardan o’qilgan asarning mazmuniga mos rasm tanlaydi yoki o’zi rasm chizadi. Agar o’quvchi rasmni yaxshi chiza olmasa, o’zi chizmoqchi bo’lgan rasmni og’zaki tasvirlab beradi, ya’ni so’z bilan rasm chizadi.

4.O’qilgan hikoyani davom ettirish priyomi maktab tajribasida keng qo’llanadi. Bu priyom hikoyaning mazmuni uni davom ettirishga imkon beradigan asarlarda qo’llanadi.

Sinfdan tashqari o’qish usuliyoti

Reja:

1.Sinfdan tashqari o’qishni tashkil etish va uning vazifalari.

2.Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlariga rahbarlik shakllari.

3.Sinfdan tashqari o’qish darslarining turlari.

4.Sinfdan tashqari o’qish darslarini o’tkazish bosqichlari.

Adabiyotlar:

1.Abdullayev Y. Eski maktabda xat-savod o’rgatish.- Toshkent,1960.

2.Abdullayeva Q. Birinchi sinfda nutq o’stirish. - Toshkent, "O’qituvchi", 1980.

3.Abdullayeva Q. Savod o’rgatish. Toshkent, 1983.

4.Abdullayeva Q., Rahmonova S. Ona tili darslari (usuliy qo’llanma). Toshkent, 1999.

5.Azizova A. G. Uchinchi sinfda ona tili darslari. Toshkent, 1982.

6.Azizova A.G., Ikromova R. To’rtinchi sinfda ona tili darslari. Toshkent, "O’qituvchi", 1984.

7.Ashrapova T., Odilova M. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi. Toshkent, 1984.

8.Ashrapova T., Hotamov N. Uchinchi sinfda o’qitish darslari. Toshkent, 1983.

Maktab bolani o’qish malakasi bilan qurollantiradi, shuning bilan birga, kitobni mustaqil –o’qiy oladigan, uni tushunadigan, muntazam o’qib borishni talab qiladigan, ma’lum bir mavzuga doir kitoblarni tanlay oladigan, faqat qiziqarli kitoblarnigina emas, balki gazeta va jurnallarni ham o’qiy oladigan faol kitobxonni tarbiyalashi lozim.

Sinfdan tashqari o’qish tarbiyaning ajoyib quroli sifatida xizmat qiladi, o’qishga, ko’p narsani bilishga havasni orttiradi. Mavjud dasturda sinfdan tashqari o’qish sohasida bolalar egallashi zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalar belgilab berilgan: bolalar yozuvchilarining yaxshi asarlarini bilish, mustaqil o’qigan kitoblarini to’g’ri baholay olish, kerakli materialni tanlay bilish, o’qish kundaligi yurita olish va hokazo. Sinfdan tashqari o’qish dasturi maktab va kutubxona tomonidan tashkil etilgan sinfdan tashqari mashg’ulotlar, bolalar bilan individual ishlash orqali bajariladi. 1959-yildan boshlab sinfdan tashqari o’qishga rahbarlikning yangi shakli — maxsus darslar uyushtirila boshlandi. Bu darslar I—II sinflarda haftada bir marta, III sinfda esa ikki haftada bir marta o’tkaziladi.

Usuliyotning vazifalaridan biri sinfdan tashqari o’qish uchun kitoblar tanlash va tavsiya qilishdir. Mavjud dastur­da sinfdan tashsari o’qish uchun tavsiya etiladigan kitoblar ro’yxati berilmagan.

Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlashda quyidagilarga rioya qilinadi:

1.Kitob tanlashda tarbiyaviy m a q s a d ko’zda tutiladi.

2.O’qish uchun tavsiya etiladigan kitoblar janri va mavzusi jihatidan xilma-xil (proza va she’r, badiiy va ilmiy-ommabop adabiyot, hozirgi kun va o’tmish haqidagi kitoblar, klassik yozuvchilar va hozirgi mualliflarning asarlari; folklor — ertak topishmoq, jurnal va gazeta) bo’lishi zarur.

3.Kitob tanlashda bolalarning yoshi va saviyasiga muvofiqlik prinsipiga rioya qilish.

4. Kitob tanlashda o’quvchilarning shaxsiy qiziqishi, mustaqil o’qishini hisobga olish. O’quvchilarda mustaqillikni tarbiyalash, o’zi uchun zarur bo’lgan kitobni o’zi tanlay oladigan kitobxonlarni tarbiyalash muhimdir.

Sinfdan tashqari o’qish sinfda o’qish bilan uzviy bog’liq ravishda uyushtiriladi. Sinfda o’qish sinfdan tashqari o’qish uchun zarur bo’lgan o’qish malakalarini shakllantiradi, o’qigan asarni tushunishga o’rgatadi, lug’atini boyitadi. Sinfdan tashsari o’qish, o’z navbatida, qiziqarli, o’ziga jalb etadigan faoliyat bo’lib, umuman, bolalarning bilim doirasini boyitadi, qiyoslash uchun material beradi. Sinfda o’qish — hayotga tayyorlash vositasi, sinfdan tashqari o’qish esa hayotning o’zidir.

Sinfdan tashqari o’qishga rahbarlikning a s o s i y shakli m a x s u s sinfdan tashqari o’qish darslari hisoblanadi. Sinfdan tashqari o’qish darsining o’ziga xos xususiyatlari bo’lib, sinfda o’qish darslaridan priisipial farq qiladi.

Sinfdan tashqari o’qish darslari erkin dars hisoblanadi; bunday maxsus darslarda bolalarning kitobxonlik qiziqishlari, bilim doirasi, estetik taassuroti, badiiy obrazlarni idrok etishi, ijodi rivojlanadi; faol kitobxonlar uchun zarur ko’nikma va malakalar shakllanadi.

Sinfdan tashqari o’qish darslari o’quvchilarning faolligini oshirishga qaratiladi, shuning uchun ularnnng qurilishi juda xilma-xil bo’ladi. Har bir dars o’qituvchi bilan o’quvchining ijodi hisoblanadi; darsda qanchalik xilma-xillikka, hayotiylikka erishilsa, o’qituvchi o’z sinfida shunchalik katta muvaffaqiyatga erishadi. Shularga qaramay, sinfdan tashqari o’qish dars­lari o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarish uchun ma’lum t a l a b l. a r g a bo’ysunadi.

Har bir darsda bolalar o’qigan kitoblar hisobga olinadi.Ular o’qigan yoki o’qiyotgan kitoblarini sinfga olib kelib ko’rsatadilar, ikki-uch o’quvchi o’qigan kitoblari haqida qisqacha gapirib beradi. O’qituvchi darsda o’zaro fikr almashish holati yaratadi, darsdan tashqari vaqtda ham fikr almashish davom etishi mumkin.

Har bir darsda o’quvchilar hikoya, ertak she’r o’qiydilar; hajmi kichik asarni yaxlit, hajmi katta bo’lsa, ikki-uch dars davomida o’qiydilar, sinfdagi barcha o’quvchilar o’qigan kitobidan biror parchani o’qib beradilar. Ko’proq ovoz chiqarib o’qiydilar, bundan tashqari, darsda-ichda o’qishdan ham, she’r yodlashdan ham, inssenirovkadan ham, rollarga bo’lib o’qishdan ham foydalaniladi.

Har bir darsda o’qilgan asarni suhbat, ya’ni o’qituvchi savoliga javob berish, erkin hikoyalab tahlil qilish elementi bo’ladi. Erkin hikoya qilish uchun savol umumiy tarzda beriladi: “Senga nimalar juda ham yoqdi?”, “Bu kitob haqida sen nimalarni ayta olasan?” kabi. Har bir darsda ma’lum bir yangi kitobxonlik ko’nikmasi hosil qilinadi: muallif haqida ma’lumot topish, kitob nomiga qarab u nima haqida ekanini bilish, ko’rgazma tuzish, kitob haqida taqriz yozish yoki kitobxon kundaligi yuritish kabi.

Sinfdan tashqari o’qish darslarida tradision ish priyomlari (qayta hikoyalash, lug’at ishi, suhbat kabi) dan zarur o’rinlardagina foydalanish tavsiya etiladi, lug’at ishi bunday darslarda yordamchi rol o’ynaydi: ayrim qiyin so’zlar tushuntiriladi, o’quvchilar esda saqlab qolish lozim bo’lgan aniq, qulay nutq oborotlariga qaratiladi. Barcha qiyin so’zlarni tushuntirish imkoni bulmagani uchun bolalar tegishli bet tagida berilgan ayrim so’zlar izohini o’qishga o’rgatiladi.

Sinfdan tashqari o’qish darslarida qayta hikoya qilishning qisqartib qayta hikoyalash, o’quvchiga yoqqan o’rnini qayta hikoyalash (tanlab qayta hikoyalash) turlaridan, inssenirovka qilishdan foydalaniladi. Sinfdan tashqari o’qish qayta hikoyalashning ijodiy shakllari bo’lgan o’qilganlarga so’z bilan yoki grafik rasm chizish, applikasiya, adabiy-muzikali kompozisiya, rasmlar, portretlar, diafilmlardan foydalanishga sharoit yaratadi. O’qilganlar asosida insho, gazetaga maqola yozish kabi ijodiy ishlardan ham foydalanish mumkin.

Sinfdan tashqari o’qish darslarida s u h b a t o’qilgan kitobni muhokama qilishda ham, yangi kitob tavsiya qilishda ham qo’llanadi; suhbat elementlari o’qilgan asardan asosiy mazmunni ajratish uchun, voqealar izchilligini, bo’lgan vaqti va o’rnini, bog’lanishini belgilashga yordam beradi. Suhbat uchun savol tuzishda o’quvchilarning mustaqilligi, hayotdan, o’qilgan boshqa kitoblardan qo’shimcha javob berishi hisobga olinadi. Boshqa darslardagi kabi bunday darslarda ham kirish suhbati, umumlashtiruvchi, yakunlovchi suhbatlar bo’ladi. Ko’pgina sinfdan tashqari o’qish darslari umumlashtiruvchi darslar kabi quriladi.

Sinfdan tashqari o’qish darslarining muhim vazifalaridan biri o’quvchilarda kitob o’qishda mustakqillikni tarbiyalash hisoblanadi. Buning uchun o’qituvchi sinfdan tashqari o’qish darsni tashkil qilishda o’quvchilarga beriladigan mustaqil ish va unga barcha o’quvchilarni jalb qilish yo’llarini belgilab oladi.O’quvchilarning mustaqilligini o’stirishda harakat bir darsda 4—6 o’quvchi o’qigan kitobi haqida gapirib berishi, o’quv yili davomida har bir o’quvchi bir-ikki marta ommaviy chiqishlarda qatnashishi, darsda barcha o’quvchi, hatto yomon o’qiydigan o’quvchi ham o’qishiga erishish suhbatning muhokama xarakterida bo’lishi zarur. Sinfdan tashqari o’qish darslarida qiziqarli mashqlarga alohida o’rin beriladi.

Sinfdan tashqari o’qish darslarini o’tkazish Rejasini o’quv yilining yarmi yoki butun o’quv yili uchun tuzib, darslar sistemasini belgilab olish tavsiya etiladi. Sinfdan tashqari o’qish darslarining tizimi dasturda belgilab berilgan bilim, ko’nikma va malaka bilan o’quvchilarni qurollantirishga qarab belgilanadi. Bunday darslar tizimini ishlab chiqishda kichik yoshdagi o’quvchilarda mustaqil o’qish malakalarini shakllantirish bosqichlarini ajratish muhim ahamiyatga ega. Bu bosqichlar va o’quvchilarning har bir bosqichidagi vazifalarini, sinfdan tashqari o’qish usuliyotini metodist olima N.N.Svetlovskaya ishlab chiqqan.

Birinchi bosqich — tayyorlov bosqichi bo’lib, I sinfda o’quv yilining birinchi yarmini o’z ichiga oladi. Bunda hali tom ma’nosi bilan sinfdan tashqari o’qish bo’lmaydi; sinfdan tashqari o’qish uchun 20 daqiqalik dars qismi ajratiladi, bunda o’qituvchi o’quvchilar saviyasiga mos biror asarni o’qib beradi. O’quvchilar hikoya ertakni eshitib idrok etishga, o’qilganlarga soddagina baho berishga, mazmun bilan sarlavhaning munosabatini, mosligini aniqlashga o’rgatiladi, ular o’qilganlarni so’z bilan tasvirlaydilar, o’qish gigiyenasining asosiy qoidalari va kitobga qanday munosabatda bo’lish bilan tanishadilar.

Ikkinchi — boshlang’ich bosqich I sinf o’quv yilining ikkinchi yarmini o’z ichiga oladi. Bunda haftada bir marta sinfdan tashqari o’qish darsi ajratiladi. O’qish doirasi kengayadi. Bolalar kitob bilan tanishadilar, muallifning familiyasini, kitob nomini topishga, rasmlarini ko’rishga, o’qishdan oldin kitobning taxminiy mazmunini aniqlashga, o’qilganlarni hikoya qilib berishga va soddagina qilib yozib qo’yishga, muhokama qilish va unga o’z muno­sabatini bildirishga o’rganadilar. Bu bosqichda bolalar har xil tezlikda, ko’proq bo’g’inlab o’qiydilar, hali erkin o’qiy olmaydilar. Sekin, ifodalilikka rioya qilmay o’qishlaridan o’zlari qoniqmaydilar. Bu bosqichda o’qituvchi harakat bir o’quvchiga e’tibor bilan individual yondashishi, kichik kitobxonni kitobni mustaqil o’qishga o’rgatishi keraq Boshlang’ich bosqichda sinf uchun umumiy bo’lgan kitob sinfdan tashqari o’qish darsida o’qib beriladi; uyga vazifa harakat bir o’quvchiga in­dividual yondashgan holda topshiriladi. Darsda o’qish uchun beriladigan vazifalar ham individuallashtiriladi: “bo’sh” o’quvchilar gap qurilishi sodda, notanish so’zlari bo’lmagan kichik bir qismni o’qiydilar. Boshlang’ich bosqichning oxirida o’quvchilarning o’qish malakalari ancha stabillashadi. Bolalar so’zlarni sintetik o’qishga, ayrim o’quvchilar tekis va ifodali o’qishga uta-dilar. O’quvchilar o’rtasidagi individual farq ancha kamayadi. Bolalarning uquv ishidagi tajribasi ortadi. Bularning hammasi bolalarni keyingi bos^ichga utishga imkoniyat yaratadi.

Uchinchi — asosiy bosqich ikki yil (I va II sinflar)ni o’z ichiga oladi. Bu davr ichida bolalarning o’qish malakalari mustahkamlanadi; sinfdan tashqari o’qish haqiqiy mustaqil o’qish, sinfdan tashqari o’qish darslari esa o’quvchilarning mustaqil o’qiganlariga rahbarlik qilishning haqiqiy shakliga aylanadi.

Asosiy bosqichda sinfdan tashqari o’qishga baho qo’yiladi (salbiy baho qo’yish tavsiya etilmaydi). Baho qo’yishda, birinchidan, o’quvchining sinfdan tashqari o’qish dastursi talablarini qanchalik egallagani, ikkinchidan, umumiy sinf ishlariga faol qatnashishi, uchinchidan, mustaqil o’qigan kitoblarining soni va sifati, o’qiganlarini tushunib yetish ko’nikmasi, kitobxonlik bilim doirasi va o’qigan kitoblari yuzasidan muhokama yurita olishi nazarda tutiladi.

Asosiy bosqich oxirida kichik yoshdagi o’quvchilar faol kitobxon uchun zarur bo’lgan yaxshi o’qish ko’nikma va malakalarini egallashlari, eng muhimi, kitobni va mustaqil o’qishni sevishlari zarur.

Sinfdan tashqari o’tishga rahbarlikning yordamchi shakl l a r i ham bo’lib, bular barcha ishlarni izchil uyushtirishni ta’minlaydi, sinfdan tashqari o’qish darslari uchun sharoit yara­tadi. Bular:

1. Kitobni tashviqot qilish. Sinfdan tashqari o’qish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro’yxati maktabga va sinfga osib qo’yilib vaqt-vaqti bilan yangilanib, to’ldirilib turiladi.

2. I n d i v i d u a l yo r d a m va kundalik nazorat. O’quvchi bilan u o’qiyotgan yoki o’qigan kitobi haqida suhbat, fikr almashish, rasmlarini muhokama qilish, o’qigan kitoblari haqida yozganlarini ko’rib chiqish kabilar.

3. Sinfdan tashqari ommaviy ishlar.

4. Kutubxonaga yozilish.

5. O’quvchilarning o’qiganlarini hisobga o l i sh.

Sinfdan tashqari o’qish darslarining xususiyatlari, birinchidan, sinfdan tashqari o’qish tizimining bosqichlari bi­lan, ikkinchidan, o’quv vazifalari, ya’ni dastur bilan, uchinchidan, o’qituvchi oldiga qo’yilgan tarbiyaviy vazifalar bilan, to’rtinchidan, o’quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi.

I sinfda o’quv yilining birinchi yarmida—tayyorlov bosqichida yangi matnni o’qituvchi o’qib beradi; ikkinchi — boshlang’ich bosichdagi sinfdan tashqari o’qish darslarida yangi kichik hajmli ki­tobni o’quvchilar o’qiydilar, ammo bu vaqtda o’quvchilarda mustaqil o’qish malakasi hali o’smagan bo’ladi.

Tayyorlov bosqichida-o’tkaziladigan 20 daqiqalik sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotida I sinf o’quvchilari saviyasiga mos va qiziqarli bo’lgan, 5—6 minutda o’qishga mo’ljallangan hikoya, ertak, she’rlar tanlanadi; o’qilganlar yuzasidan suhbat, mazmunini qayta hikoya qilish, kitob muqovasini, rasmlarni ko’rishga ham vaqt ajratiladi. Shunday qilib, boshlang’ich sinflarda o’quvchilarning mustaqil o’qishini uyushtirish tizimi, ularni faol, adabiyotni sevuvchi kitobxonlar sifatida tarbiyalash tizimiga asos qo’yiladi. Bu tizim kitob, gazeta, jurnal o’qishga ehtiyoj uyg’otish vazifasiga bo’ysunadi.

Tovush tizimi tuzilishini o’rgatish usuliyoti

Reja:

  1. tovush tizimi haqida tushuncha.

  2. boshlang’ich sinflarda tovush tizimini o’rgatish usuliyoti.

  3. 1-2-sinflarda tovush tizimini o’rgatish.

  4. 3-4-sinflarda tovush tizimini o’rgatish.

Adabiyotlar:

1.Qosimova K. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi. Toshkent, 1985.

2.Qosimova K. va boshqalar. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fani dasturi. Toshkent, 1996.

3.Qosimova K. Boshlang’ich sinflarda imlosi qiyin so’zlarni o’rgatish. Toshkent, 1964.

4.Qosimova K. 4-sinfda ona tili darslari. Toshkent, 1978.

5.Qosimova K., Ubaydullayeva N. 2-sinfda ona tili darslari. Toshkent, 1987.

6.Roziqov O.R. O’zbek tilidan dars tiplari. Toshkent, 1976.

7.Ta`lim taraqqiyoti jurnali 7-maxsus son. Umumiy o’rta ta`limning davlat ta`lim standarti va o’quv dasturi (Boshlang’ich ta`lim). Toshkent, 1999.

8.Ta`lim taraqqiyoti jurnali 1-maxsus son. Umumiy o’rta ta`limning davlat ta`lim standarti va o’quv dasturi (Ona tili). Toshkent, 1999.

O’quvchilarga ta`lim-tarbiya berish vazifalaridan biri ularda ilmiy dunyosarashni shakllantirishdir. Bu vazifani hal qilishda maqsadga muvofiq ishlashning yetakchi sharti o’quvchini shaxs sifatida muvaffaqiyatli kamol toptirish hisoblanadi.

Har bir o’quv predmeti o’z mazmuniga muvofiq ravishda o’quvchida ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirishga ma`lum hicca qo’shadi. Boshlang’ich sinflarda bu ko’proq tabiatshunoslik va uqish darslarida amalga oshiriladi. Shuningdek, ona tili (leksika, grammatika, so’z yasalishi, fonetikani o’rganish) darslari ham bu vazifani amalga oshirishga imkon beradi.

Til bilan tafakkur uzviy bog’liq bo’lib, tafakkur so’z vositasida yuzaga chiqadi. Til kishilarning bir-birlari bilan aloqa qilish ehtiyojiga ko’ra ong bilan birga vujudga kelib va tafakkurning mahsuli hisoblanib, ongdan tashqarida o’zicha yashamaydi. Til va tafakkur o’zaro bog’liq bo’lishi bilan bir vaqtda, atrofimizni o’rab olgan moddiy borliqqa nisbatan ikkilamchidir. Tafakkur tashqi dunyoning tushunchadagi ifodasi hisoblanadi. So’z tushunchaning shartli nomini o’zida aks ettiradi. Dunyoda yo’q narsa ongda ham, tilda ham bo’lmaydi.

Til — barcha tomonlari o’zaro dialektik bog’lanishda va birlikda bo’lgan murakkab, ko’pqirrali hodisa. Aloqa jarayonida tilning barcha tomonlari, uning barcha komponentlari bir-biriga o’zaro ta`sir etadi, shunday sharoitdagina til o’zining aloqa (kommunikativ) funksiyasini bajara oladi.

Maktabda tilning barcha tomonlari (talaffuzi, fonetikasi, leksikasi, grammatikasi, so’z yasalishi)ni o’zaro bog’liq holda o’rganish ona tilini o’rgatishdagi yetakchi prinsip bo’lib, uni amalga oshirish o’quvchilar tilni murakkab, rivojlanuvchan, o’zaro bog’langan muhim tomonlarga ega bo’lgan hodisa sifatida anglab etishlari uchun ilmiy asos yaratadi. Tilning mohiyatini bunday idrok etish hodisalarning rivojlanuvchanligi va o’zaro bog’langan qismlardan tuzilishini tushunishga zamin bo’ladi.

Maktab tajribasi va maxsus tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, yuqorida qayd etilgan dastlabki qoidalarni o’quv jarayonida amalga oshirishda: ijtimoiy hodisa sifatida til haqidagi bilimlar kompleksini to’g’ri tanlash, asosiy til hodisalari va kategoriyalarini tushuntirishda o’qituvchining tutgan metodologik yo’lining aniqligi, o’quvchilar aqliy faoliyatini faollashtirish, til nazariyasini o’rgatishga asos bo’ladigan til materialining yuqori sifatli bo’lishi kabi dalillar hal qiluvchi ta`sir etadi. Shubhasiz, har bir omil maktab tajribasida bir-biridan ajralgan holda bo’lmaydi. Aksincha, ularning bir-biriga turri, maqsadga muvofiq ta`siri kjobiy natija beradi. Ulardan ba`zilari haqida, avvalo, ijtimoiy hodisa sifatida til bilan tanishtirish haqida to’xtalamiz.

Tilning ijtimoiy moqiyati uning aloqa funksiyasini bajarishida ko’rinadi. Uning jamiyat hayotidagi rolini aniq tushunish­ga yordam berish uchun: birinchidan, o’quv jarayonida har bir til birligining nutqimizdagi rolini o’quvchilar o’zlashtirishini ta`minlash zarur. O’quvchilar tilning aloqa funksiyasini tilning asosiy birliklari (fonema, morfema, so’z, so’z birikmasi, rap)ning vazifasini tushunish "jarayonida o’rganadilar. Ikkinchidan, o’quvchilar tilning kommunikativ funksiyasini tushunishlari “Til har bir kishi va, umuman, jamiyat hayotida qanday rolni bajaradi?” savoliga jamoa bo’lib javob topishda ijobiy ta`sir ko’rsatadi. Bolalar sinfdan sinfga ko’chishi bilan bu savolga javob chuqurlashib va kengayib boradi. Til kishilarning birgalikdagi magnat faoliyatida, yangiliklarni maslahatlashib tushunishida, yangi mashinalar ixtiro qilishda zarurligi haqida misollar topib, o’z fikrlarini tasdiqlaydilar. Yoshlari oshgan sari o’quvchilar odamning odam bo’lishida tilning rolini tushuna boshlaydilar. Mehnat va nutq kishini yaratdi, uni hayvonot olamidan ajratdi. Odam mehnat jarayonida o’zining fikrlash fao­liyatini rivojlantirish va nutqini o’stirish bilan o’zini doimo takomillashtirib bordi va takomillashtirmoqda. Olamni, koinotni o’zgartira borib, kishi yanada kamol topa boradi, uning tili ham boyib boradi. Kishilar jamiyat a`zolari bilan aloqa, munosabat, birgalikdagi mehnat har bir kishining o’sishi, rivojlanishidagi zaruriy shartlardan hisoblanadi. Uchinchidan, boshlang’ich sinf o’quvchilarining tilga ijtimoiy hodisa sifatida qarashini shakllantirishda tilning kelib chiqishi, tilda yangi so’zlarning paydo bo’lishi haqida ularning saviyasiga mos bo’lgan “sir”ni echish (tushuntirish) ijobiy ta`sir ko’rsatadi. O’qituvchi o’quvchilarga tilning bir kishi tomonidan maxsus o’ylab chiqarilmaganini, u ibtidoiy (qadimgi) odamlarning mehnat faoliyati bilan bog’liq holda yaratilganini va asta rivojlanib borganini tushuntiradi. Bizdan juda uzoq vaqtlar ilgari tilda faqat bir necha so’z mavjud edi, kishilar atrofdagi tabiatni, narsalarni bilib, ish qurollari yaratib, nimadir ishlab chiqarganlari sari tilda yangi so’zlar paydo bo’la boshladi. Atrofimizda mavjud bo’lgan narsalarga, ularning belgilariga, jarayonga, voqea-hodisalarga va juda ko’p boshqa narsalarga kishilar nom qo’yganlar; shunday qilib, til yangi so’zlar bilan boyidi va boyib bormoqda.

Tilning rivojlanishi, ayrim so’zlarning ma`nolari haqidagi bilimni boshlang’ich sinf o’quvchilari ot, sifat, son, fe`lni o’rganish jarayonida asta-sekin bilib oladilar. Bu o’rinda “So’zning tarkibi” bo’limi katta imkoniyatga ega. O’quvchilar bu bo’lim materiallarini o’rganish jarayonida tilimizning yangi so’zlar bilan boyib borishi haqidagi muhim manbalar bilan, so’z yasalishi bi­lan tanishadilar.

Boshlang’ich sinflarda tilning rivojlanishi haqidagi masala maxsus o’rganilmaydi, albatta. Tilga jamiyatning rivojlanishi bilan bog’liq holda rivojlanadigan hodisa sifatida ilmiy qarashga zamin yaratish muhim. Tilning leksik tomoni boshqalariga nisbatan harakatchan, tez rivojlanadigan bo’lgani uchun til leksikasi misolida boshlang’ich sinf o’quvchilari saviyasiga mos ravishda jamiyatning rivojlanishi bilan bog’liq holda tilning ham rivojlanishi tushuntiriladi. Tilning leksik tarkibida yuz berayotgan o’zgarishlar yuzasidan o’qituvchi va o’quvchilarning kuzatishlari bolalarda dunyoni bilish haqidagi tasavvurni shakllantirishga mos mate­rial beradi.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarining tilni o’zlashtirish jarayonini tekshirish shuni ko’rsatadiki, tilga ilmiy qarash asoslarini shakllantirish uning muhim bog’lanishlarini bilishga yordam beradi. Xususan, o’quvchilar so’zning tovush tomoni bilan uning leksik ma`nosi, so’zning morfemik tarkibi bilan leksik ma`nosi, so’zning grammatik ma`nosi bilan uniig ma`lum so’z turkumiga tegishliligi o’rtasidagi bog’lanish kabilarni bilib olishi shu maqsadga xizmat qiladi. Bu bog’lanish tilning fonetik, leksik, so’z yasalishi va grammatik tomonlarining bir-biriga ta`sir qilishini tavsiflaydigan umumiy bog’lanishlarning xususiy ko’rinishi hisoblanadi. Shuni ta`kidlash kerakki, o’quvchilarning tilga xarakterli bog’lanishlarni tushuntirishlari tilni egallash nuqtai-nazaridangina emas, balki dunyoqarashlarini shakllantirishda ham katta ahamiyatga ega.

Tildan bilim berishda o’quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish muhimdir. O’qituvchi nazariy xarakterdagi umumlashtirish zarur bo’lgan faktik materiallarni yig’ish bosqichida ham, berilgan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish uchun ham bolalarning hayotiy tajribasiga, nutqqa oid amaliyotiga tayanadi. Til­ga oid bilimni o’rganish natijasida o’quvchilarning nutq faoliyatining sifati o’zgaradi, ongliligi ortadi. Tilni o’rganishni hayot bilan bog’lash dunyoning moddiyligini tushunishga asos yaratadi. Bu bilan bir vaqtda ona tili darslarining'asosiy vazifalaridan biri bo’lgan o’quvchilarda to’g’ri kuzatish va o’z fikrini og’zaki va yozma shaklda bayon etish ko’nikmasini o’stirish masalasi hal qilinadi. Bunda o’qituvchidan o’quvchilarda fikrlash ko’nikmasini shakllantirishga alohida e`tibor berish talab etiladi.

Tafakkur keng ma`noda hodisalarni boshqa hodisalar va jarayonlarga bog’liqligini. hisobga olib, ularni har tomonlama mavjud belgilari yig’indisi bilan rivojlanishda qurish ko’nikmasini ta`riflaydi. Tafakkurning bunday sifati o’quvchilarda asta-sekin shakllana boradi va, o’z navbatida, ular kuzatish jarayonida dalillarni topish, ularni tahlil qilish va o’rganiladigan hodisalarning ayrim tomonlari o’zaro bog’liqligini aniqlash, taqqoslash va umumlashtirish ko’nikmasini egallab boradilar. Keyingi yillarda o’quvchilarning o’quv faoliyati tobora izlanish xarakterini olib bormoqda. Tilni o’rganishda boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun ayrim qoida va aniqliklarni yodlab olish emas, balki atrofdagi hayotni kuzatish asosida o’quv­chilarning o’zlari “topgan” yoki adabiy manbalardan tayyor olingan til materialini maqsadga muvofiq analiz va sintez qilish etakchi hisoblanadi. O’rganiladigan grammatik, so’z yasalishiga oid, leksik tushunchalarning mavjud belgilarini aniqlash jara­yonida faol qatnashish, bilib olingan dalillarni o’xshash yoki farqli tomondan qiyoslash, shuningdek, o’rganilgan nazariy bi­limlarni har xil nutqiy faoliyatga ijodiy tatbiq etish — bularning barchasi o’quvchilarda mustaqil fikrlash ko’nikmasini o’stirish uchun zamin, shart-sharoit yaratadi. Bunda muhim omillardan biri o’quvchilarning aqliy faoliyatini o’qituvchi tomonidan maqsadga muvofiq boshqarish, ularda orfografik, grammatik yoki leksik-stilistik vazifalarni hal qilishning umumiy metodlarini shakllantirish hisoblanadi.

Ona tilini o’rganish jarayonida o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish masalasini hal qilishda maktabda o’zbek tilini o’rgatishga asos bo’ladigan material alohida qimmatga ega.

O’quvchilarda dunyoqarash asoslarini shakllantirish ko’pqirrali jarayon bo’lib, maktabda va maktabdan tashqarida olib boriladigan o’quv-tarbiyaviy ishlarning barcha tizimida hal qilinadi.

Maktabda o’quv predmeti sifatida tilni o’rganish tizimi tilning barcha tomonlarini, ya`ni fonetikasi, leksikasi, so’z yasalishi va grammatikasi (morfologiya va sintaksis)ning o’zaro ichki bog’lanishlariga asoslanadi.

Tilning barcha tomonlari o’zaro bog’lanishining murakkabligi uning kommunikativ .funksiyasida namoyon bo’ladi. Kommunikativ funk­siya tilning muhim xususiyati, asosidir. Bu funksiyani tilning xar bir komponentga boshqa komponentlar bilan o’zaro bog’lanishda bajaradi. Har bir so’zga xos bo’lgan tovush shakli kishilarga aloqa uchun imkoniyat yaratadi. Tilning lug’at boyligi, leksikasi fikr ifodalash uchun xiz­mat qiladigan o’ziga xos qurilish materialidir.

Tilning lug’at tarkibi qanchalik boy bo’lsa ham grammatikasiz u o’lik hisoblanadi. Tilning lug’at tarkibi o’z-o’zicha kommunikativ funsiyani bajarmaydi. Aloqa maqsadida xizmat qilish uchun lug’at tarkibidagi so’zlar bir-biri bilan grammatik jihatdan o’zaro bog’lanib, gap tuziladi. Mana shu tuzilgan ran opqali fikr ifodalanadi. Tilning har bir tomonining xususiyati undagi til birliklarining o’ziga xosligida namoyon bo’ladi. Fonetika uchun bunday til birligi nutq tovushlari, fonemalar; leksikologiya uchun ma`nosi va qo’llanishi nuqtai nazaridan so’z; grammatika uchun — so’z shakllari, shuningdek, so’z birikmasi va gap; so’z yasalishi uchun morfema, tuzilishi va yasalishi tarafidan so’z hisoblanadi. So’z, so’z birikmasi va ran grammatik tomondan ko’pgina xususiyatlarga ega. So’zning o’z morfemik qurilishi, o’zining so’z yasalish turi, biror grammatik kategoriyasi (shaxs, son, egalik, kelishik va boshqalar), ma`lum sintaktik roli bor. So’z birikmasi ham so’z kabi so’z o’zgarishi (ko’proq, ergash so’z o’zgaradi) formalariga ega. Gap o’z qurilishiga ko’ra so’zdan sifat jihatidan farqlanadn: so’z o’zi alohida kelganda mustaqil ma`no anglatmaydigan morfemalardan tuziladi, gapni tashkil etuvchi komponentlar esa gapdan tashqarida ham mustaqil leksik ma`no bildiradi, ran tarkibida esa uning ma`nosi yana oydinlashadi. Gap va so’z birikmasi “qurilish materiali” sifatida xilma-xil tu­zilgan so’zdan foydalanadi. Gap uchun qator sintaktik xususiyatlar, shuningdek, tugallangan ohang ham xarakterlidir.

SHunday qilib, tilning x,ar bir tomonining o’ziga xos xususiyatini qisqa ko’rib chiqishning o’zi ularning o’zaro munosabatini, bir-biriga o’tishining murakkabligini ta`kidlaydi. Tilshunoslik fani bo’limlari o’rtasidagi munosabatlar ham shunga o’xshash murakkabdir.

Fonetika leksikologiya bilan ham, grammatika bilan ham bog’lanadi. Tovushlar, fonemalar, bo’g’inlar tilda alohida emas, balki ma`lum leksik ma`no bildiradigan so’z tarkibida yashaydi".

Fonetikaning sintaksis bilan bog’lanishi, xususan, har bir gapda ma`lum intonasiya bo’lishida ko’rinadi. Grammatik va semantik jihatdan bog’langan so’zlar kompleksi ma`lum intonasion ifodalilikka ega bo’lsagina gap hisoblanadi. Bunda gapning mazmuni so’zlovchining gapda ifodalangan intonasiyasiga bog’liq bo’ladi. Shunday qilib, intonasiya gapda so’z tartibi, yordamchi so’zlardan foydalanish, so’z o’zgartishlar bilan birga ran tuzish usullaridan biri sifatida xizmat qiladi.

Leksikologiya so’z yasalishi bilan jips bog’lanadi: birinchidan, tilning lugat tarkibi, asosan, tilda mavjud bo’lgan so’zlardan yangi so’zlar yasalishi hisobiga to’ldirilib, boyib boradi; ikkinchidan, yasalgan so’zlar leksik ma`nosi yasama negizning moddiy ma`nosiga asoslanadi.

Morfologiya leksikologiya va so’z yasalishi bilan jips boglanadi. Morfologiya, asosan, so’zning grammatik xususiyatlarini o’rganadi. So’zning grammatik ma`nosi doimo leksik ma`nosi bilan birga namoyon bo’ladi. Shunday qilib, har bir so’z, bir tomondan, shu so’zga tegishli bo’lgan ma`lum o’ziga xos leksik-grammatik guruhning belgilarini bildiradi, ikkinchi tomondan, u so’zning o’z leksik ma`nosi bo’ladi. So’zdagi mana shu umumiy birlik morfologiyada, leksikadan ajralmagan holda, leksika zaminida o’rganiladi.

So’z uchun muqarrar morfemik tarkibi xarakterli bo’lib, bunga so’zning leksik ma`nosi va qator grammatik belgilari bog’liq bo’ladi. YAngi so’z qaysi usul bilan yasalmasin, u doim grammatik shakllanadi va o’zining leksik ma`nosi bo’ladi. Har bir so’z turkumida so’z yasalishining xarakterli xususiyatlari mavjud. So’z­ning morfemik tarkibi va yangi so’z yasalish usullari tilshunoslik fanining so’z yasalishi bo’limida, grammatika va leksikologiyadan ajratilmagan holda o’rganiladi.

Morfologiya va sintaksis har tomonlama o’zaro bog’lanadi. Morfologiyada, asosan, so’zlarning grammatik ma`nosi va uni ifodalash shakllari o’rganiladi; sintaksisda so’zlarni o’zaro bog’lanib so’z birikmasi va ran hosil qilish usullari, shuningdek, ran turlari, ularning mazmuni va ishlatilishi o’rganiladi. So’z morfologiyada ham, sintaksisda ham o’rganiladi, ammo o’rganish ob`ekti har xil bo’ladi. Sintaksisning o’rganish ob`ekti gapdir; unda so’z ran yoki so’z birikmasida boshqa so’zlar bilan ma`no va grammatik jihatdan bog’langan holda o’rganiladi. Mor­fologiyada so’z gapdan tashqarida ham o’rganilishi mumkin; so’zga muayyan leksik-grammatik guruhga kiradigan so’zlar bilan o’zaro munosabati nuqtai nazaridan qaraladi. Morfologiya va sintak­sisda so’zga bunday har xil yondashish ularning bir-biriga bog’liqligini inkor etmaydi, aksincha, ular so’z va gapning o’zida. yashaydi. So’zlar so’z o’zgarish sistemasiga ega bulgani tufayli gaplar kommunikativ funksiyani bajaradi. SHakl yasalishi va so’z yasalishi sistemalari morfologiyada o’rganiladi, ammo gapda tatbiq etiladi, so’zlarning o’zaro bog’lanish qoidalarini o’rganish esa sintaksis sohasiga taalluqlidir. So’z birikmasi tarkibidagi so’zlarning o’zaro bog’lanish usulini aniqlashda shu so’z birikmasiga kirgan so’z turkumining morfologik xususiyatlari hisobga olinadi. Bular morfologiya va sintaksisda bir-biri bilan bog’liq holda o’rganiladigan til hodisalarining ayrimlaridir. Bu aniq misollar morfologiya va sintaksis bir-birini taqozo qilsa ham, grammatikaning mustaqil bo’limi ekanini ta`kidlash uchun etarli.

Keltirilgan fikrlar boshlang’ich sinf o’quvchilariga predmetlararo ichki bog’lanishni hisobga olgan holda ona tili o’rgatish metodikasini belgilaydi:

1. Tilning barcha (leksik, fonetik, so’z yasash, grammatik) tomonlari o’zaro bog’liqligini va ularning har biri o’ziga xos xususiyatlarga ham ega ekanini hisobga olib, o’quvchilar tilni ongli o’zlashtirishlari uchun tilning har bir tomoni xususiyatlarini va ular o’rtasidagi bog’lanishni o’zlashtirishlari zarur. I—IV-sinflarda ona tilini o’rganish sistemasi fonetika, leksikologiya, so’z yasalishi va grammatikaning o’zaro bog’lanishi mohiyatini hisobga olgan holda tuziladi. Bu hol dastur materiallarini o’rganish tartibini belgilashda ham, ta`lim mazmunini aniqlashda ham xisobga olinadi.

2. Tilning barcha tomonlari bir-biriga ta`siri uning kommunikativ funksiyasida namoyon bo’ladi: tilning asosiy birligi sifatida aloqa maqsadida so’zni to’g’ri talaffuz qilish yoki yozish, shu tilda so’zlashuvchi barcha kishilarga bir xilda tushunarli bo’lishi, gapda grammatik tomondan to’g’ri tuzilishi kerak. Shularni hisobga olib, kichik yoshdagi o’quvchilar tilning talaffuzi, grafik, leksik, so’z yasalishi va grammatik tomonlari­ning o’zaro .bog’lanishi mohiyatini tushunishlari uchun dastur materialini o’rganishda tilning kommunikativ funsiyasi etakchi ekani nazarda tutiladi, ya`ni kishilar bilan aloqa jarayonida tilning barcha tomonlari birgalikda foydalanilishi hisobga olinadi. Shu maqsadda tilning fonetik tomonini o’rganishda so’zning ma`no va talaffuzi tomonidan birikkanligini, tovushning so’z ma`nosini farqlashdagi rolini tushuntirishga katta o’rin beriladi.

Maktabda tilning barcha tomonlarini, ya`ni talaffuzi, leksikasi, grammatikasi, so’z yasalishini bir-biri bilan bog’liq holda o’rganish ona tili o’rgatishning yetakchi metodik prinsipi hisoblanadi. Buni amalga oshirish til o’suvchan, bir-biriga o’zaro ta`sir etadigan tomonlari mavjud bulgan murakkab hodisa ekanini tushuntirishda ilmiy asos hisoblanadi.

Umumiy o’rta ta`lim maktablarida o’zbek tili o’rgatishning mazmuni maktab oldiga qo’ygan vazifasiga moslangan. Bu vazifalar ko’pqirrali bo’lib, ularni bajarish o’quvchilar ongini o’stirishga, ularga g’oyaviy-siyosiy, axloqiy, estetik, mehnat tarbiyasini berishga yo’naltirilgan.

O’zbek tilini o’rgatish natijasida o’quvchilarda o’z fikrini grammatik to’g’ri, uslubiy aniq, mazmunli, intonasiyaga rioya qilib ifodalay olish va uni imloviy to’g’ri yoza olish ko’nikmalari shakllantiriladi. Bu vazifa o’quv predmeti sifatida o’zbek tilining o’ziga xos xususiyati bo’lib, o’quvchini shaxs sifatida shakllantirishga yo’naltirilgan umumta`lim vazifalari bilan bog’liq holda amalga oshiriladi.

Boshlangich sinflarda o’rganish uchun tilni ongli egallashga va o’quvchilarda grafik va orfografik malakalarni shakllantirishga zamin hisoblangan bilimlar tanlangan.

Kichik yoshdagi o’quvchilar orzaki va yozma nutqini egallashlarida fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta: a) fonetik bilimga asoslangan x,olda I sinf o’quvchilari savod o’rgatish davrida o’qish va yozishni bilib oladilar; b) fonetik bilim so’zni to’g’ri talaffuz qilish (tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish, urg’uli bo’g’inni ajratish, orfoepik normaga rioya qilish) asosini tashkil etadi; d) fonetik bilim morfologik va so’z yasalishiga oid bilimlar bilan birga o’quvchil.arda qator orfografik malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning yozilishi)ni shakllantirish uchun zamin buladi; e) so’zning tovush tomonini bilish uning ma`nosini tushunish va nutqda ongli qo’llash uchun muhimdir.

Ona tilidan dars tiplari

Reja:

  1. Dars tipologiyasi haqida ma’lumot.

  2. Dars tipi va turi.

  3. Ona tilidan dars tiplari.

Jamiyatimiz yuqori ma’lumotli, fan asoslarini chuqur egallagan, milliy istiqlol ruhida tarbiyalangan, o’z bilimlarini ishlab chiqarishga mohirlik bilan tatbiq qila oladigan kishilarni talab etadi. Bunday kishilarni tarbiyalashda dars muhim rol o’ynaydi. Shu tufayli darsga bo’lgan talab ham o’sib boradi. Darsga qo’yiladigan asosiy talablardan biri ilmiylikdir. Darslarda o’rganiladigan bilimlar mazmuni o’zbek tilshunosligining ilmiy yutuqlarini o’zida aks ettirishi, ta’lim jarayonining maqsadiga hamda bolalarning bilim saviyasiga mos bo’lishi zarur. Ta’limda bularning birontasiga rioya qilinmasa, ona tili mashg’ulotlarining samaradorligiga putur etkaziladi. O’quvchilarning yoshiga mos kelmaydigan elementar yoki nihoyatda murakkab bilimlar bolalarning til faniga oid qiziqishlariga salbiy ta’sir qiladi. Ona tili darslarida o’qitish metodlari bilan birga, fan sohasida ishlatiladigan usullardan foydalanish mashg’ulotlarning samaradorligini oshiradi. Bolalarga tahlil va qayta qo’sha olish, induktiv va deduktiv xulosalar chiqara bilish, til hodisalarini kuzatish, kuzatilgan hodisalarga oid dalillar to’plash, to’plangan dalillarni taqqoslash yo’llarini o’rgatish o’qituvchining asosiy vazifasidir.

Dars – ijodiy jarayon. Darslarda o’quvchilarning ijodiy faoliyati qancha taraqqiy ettirilsa, ular o’z oldiga qo’yilgan aqliy vazifalarni shuncha qiynalmasdan bajaradilar. Bola topshiriqlarni ishlash sirlarini o’rganib borgan sari, unda ijodiy fikr yuritish qobiliyati shakllana boradi. Ijodiy fikr yuritish o’quvchilarda evristik layoqatni o’stiradi. Darslarni ijodiy tashkil etish, vaqtdan ratsional foydalanish, mashg’ulotlarni operativ o’tkazish o’qituvchidan zo’r mahorat talab etadi. Dars sinf jamoasining mehnat jarayonidir. Bunda mustaqil ishlar katta ahamiyatga ega bo’lib, ular o’quvchilarda tashabbuskorlik, o’z kuchiga ishonch va dadillikni tarbiyalaydi. Darsning yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash bosqichlari quyidagi reja asosida olib boriladi: darsning maqsadini tushuntirish; yangi mavzuga oid dalilik materiallarni tahlil etish; misollardan xulosalar chiqarish; chiqarilgan xulosalarni darslikdagi qoidalarga chog’ishtirish; o’rganilgan qoidaning amaliy qo’llanishi ustida ishlash. Xo’p shunday ekan, ona tilidan dars tiplari qanday ajratiladi? Pedagogik amaliyotda qo’llanayotgan darslar bir-biridan qanday farq qiladi? Ushbu bobda shu masalalar yoritiladi.

Dars inson tafakkuri durdonalarini, fan va texnika, san’at va adabiyot yutuqlarini, Vatanimiz tarixi hamda xalqimizning milliy madaniyatini yoshlarga singdirishning asosiy shaklidir. Dars ta’limning boshqa shakllaridan o’zining tashqi va ichki xususiyatlariga ko’ra farq qiladi. O’quvchilarning doimiy guruhi, qat’iy rejim va dars jadvali, mashg’ulotlarni ma’lum xonada o’tkazish kabilar tashqi xususiyatlarga, darsning maqsadi, o’quvchilarning bilim olishga qiziqishlari, ta’lim materialini his qilish, anglash, tushunish kabilar ichki xususiyatlarga kiradi. Dars ana shu ikki xil xususiyatning o’zaro uyg’unlashuvi zaminida tashkil etiladi.

Keyingi paytlarda dars va uning tashkiliy qurilishida katta o’zgarishlar yuz berdi. Juda ko’p olimlar, metodistlar, ilg’or o’qituvchilar mahalliy va markaziy matbuot sahifalarida dars qurilishini takomillashtirish, ta’limda o’quvchilarning ijodiy faolligini oshirish to’g’risida g’oyat qimmatli fikrlar bildirmoqdalar. Lekin ona tilidan o’tkaziladigan darslarning tashkiliy qurilishi ba’zi bir nuqsonlardan ham xoli emas. Darslarda yangi o’quv materialini o’rgatish va mustahkamlash jarayoni o’rtasidagi uzilish, vaqtdan ratsional foydalana olmaslik, dars tiplarini aksariyat o’qituvchilarning ajrata bilmasligi kabilar ana shunday nuqsonlar sirasiga kiradi.

So’z signal bo’lganidek, dars tipining nomini bildiruvchi so’z yoki so’z birikmasi o’qituvchi uchun signal vazifasini o’taydi. O’qituvchi uchun tushuncha hamda signal vazifasini o’tayotgan dars tipining nomi, masalan, “yangi bilim berish darsi” iborasi xatoliklarga olib kelmoqda (Oliy o’quv yurtlari uchun pedagogikadan yaratilgan qo’llanmada darslarning birinchi tipi “yangi bilim berish darsi” deb atalgan). Chunki “yangi bilim berish” degan ibora bilan dars tipini ajratadigan o’qituvchi mashg’ulotning asosiy maqsadi qilib yangi bilim berishni belgilaydi-yu, uni mustahkamlashni e’tibordan chetda qoldiradi.

Tajribali o’qituvchilar yangi mavzuni o’rgatishni ikki xil yo’l bilan olib borishadi: o’rganiladigan material oldingi mavzularning birontasiga bog’liq bo’lsa, ishni takrorlashdan boshlaydilar. O’tilgan mavzu takrorlangach, yangi o’quv materiali tushuntiriladi. Agar yangi mavzu oldin o’tilgan fasllarga bog’lanmagan bo’lmasa, to’g’ridan-to’g’ri yangi mavzu tushuntirilaveradi. Ikkala holatda ham yangi o’quv materiali o’tilgach, uni mustahkamlash ustida ish olib boriladi. Yangi materialni o’rgatish darsining asosiy ikkita belgisi bor: yangi bilimlarni o’rgatish; o’rgatilgan bilimlarni dastlabki mustahkamlash. Shu xususiyatlariga ko’ra darsning bu tipini uning boshqa turlaridan farqlaymiz. Demak, yuqoridagi dars tipini “yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darsi” deb atamoq maqsadga muvofiq bo’ladi.

Pedagogika darsliklarida darslarning ikkinchi tipi “Mustahkamlash darsi” nomi bilan atalgan. Bunday darslarda o’quvchi oldin o’rganilgan materialga ikkinchi marta qaytadi, olgan nazariy bilimlari asosida amaliy mashqlar bajaradi. Ruhshunoslar “bilimlarni mustahkamlash” iborasi ruhiy jarayonni o’zida to’liq aks ettirmaydi deb, “mustahkamlash” terminiga shubha bilan qaramoqdalar. Bunday mustahkamlash mashg’ulotlarida mashq qilish yo’li bilan o’quvchilarda malaka hosil qilinadi. Shuning uchun darsning bu tipini “mustahkamlash darsi” deb emas, balki uni “o’tilganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darsi” deb yuritgan ma’quldir.

Darsning tashkiliy qurilishidagi asosiy kamchiliklardan biri - dars tiplariga berilgan nomlarda bo’lsa, ikkinchisi - darslarning tipologiyasidadir. Didaktika va xususiy metodikaga oid adabiyotlarda dars tiplari turlicha ajratiladi. Pedagogika darsligida “Mashg’ulotning asosiy qismini (dars soatining ko’p qismini) ishg’ol qilgan dars shakli...” dars tiplarini ajratishning asosiy kriteriysi sifatida qabul qilinadi. Ba’zi pedagoglar dars tiplarini tasnif etishda o’qitish metodlarini ko’zda tutadi. Vaqt taqsimoti, o’qitish metodi dars tiplarini ajratishning asosiy tamoyili bo’la olmaydi. 45 minutlik vaqtni taqsimlashda o’quv materialining hajmi, murakkabligi, sinf o’quvchilarining tayyorgarlik darajasiga asoslaniladi. Bir metod yordamida o’rgatilgan mavzuni boshqa metod vositasida ham o’rgatish mumkin. Buning uchun o’quv materialining mazmuniga muvofiq, uni o’rgatishni osonlashtiradigan metodni tanlay bilish lozim.

Ayrim mualliflar, masalan, S.V.Ivanov dars tiplarini o’quv-tarbiya jarayonining ichki qurilishidan, uning tarkibidan izlashgan. Fikrimizcha, dars tiplarini ta’lim jarayoni akt, halqalariga ko’ra ajratish original fikrdir. Ammo ta’lim jarayoni juda ko’p halqa, aktlardan iborat. Bunday yondashuv dars tiplarining nihoyatda ko’payib ketishiga sabab bo’ladi. Shundan bo’lsa kerak, S.V.Ivanov tasnifida sakkiz xil dars tipi ajratilgan: kirish darsi; yangi bilimlarni o’zlashtirish darsi; o’rganilgan bilimni amaliyotda qo’llash darsi; malaka hosil qilish darslari; mustahkamlash; takrorlash va umumlashtirish darsi; nazorat dars; aralash dars.

Maktablar tajribasida yuqorida sanalgan darslarning hammasi ham qo’llanmaydi. O’rganilgan bilimlarni amaliyotda qo’llash o’tganlarni takrorlash darsining murakkab ko’rinishidir. Binobarin, uni alohida dars tipi sifatida talqin etishga ehtiyoj qolmaydi. Mustahkamlash, takrorlash, umumlashtirish darslarini bir tip ostida birlashtirish prinsip (umda) jihatidan to’g’ri emas. Hozirgi zamon ruhshunosligida o’zlashtirish jarayoni o’quv materialini his etish, anglash, o’rganish, malaka hosil qilish kabi uzvlardan iborat ekanligi isbotlangan. Shunday ekan, yangi bilimlarni o’zlashtirishni alohida dars tipi sifatida ajratish nomaqbul bo’ladi. Chunki o’zlashtirish jarayoni hajm va mazmun jihatidan dars tipiga nisbatan kengroq sohani o’z ichiga oladi. Shularga ko’ra yuqoridagi tasnif til o’rgatishning mohiyati, maqsadi, vazifalariga mos kelmaydi.

M.A.Danilov va S.G.Shapovalenko dars tiplarini ta’lim jarayoni maqsadiga ko’ra beshga bo’ladi: ta’limdan ko’zlangan barcha vazifalarni amalga oshirish darslari (o’rganish, mustahkamlash, takrorlash, tekshirish, umumlashtirish), yangi materialni idrok etish va dastlabki o’zlashtirish darslari, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, malaka va ko’nikmalar hosil qilish darslari; mustaqil ishlash darslari; bilim va malakalarni umumlashtirish, tizimlashtirish, tekshirish darslari. Lekin bu tasnifda ziddiyat ko’zga tashlanadi. Birinchidan, bu tasnifda ikkinchi dars tipini “yangi materialni idrok etish va dastlabki o’zlashtirish” deb atalgan. Dars tipini shu shaklda qabul qilsak, unda uchinchi, to’rtinchi, beshinchi dars tiplari o’zlashtirish tushunchasi doirasidan chetda qoladi. Ikkinchidan, mustaqil ish malaka va ko’nikma hosil qilishning, bilimlarni turmushga tatbiq etishning bir vositasidir. Ko’rinadiki, mustaqil ishlarni darsning alohida bitta tipi sifatida ajratishga ehtiyoj qolmaydi. Uchinchidan, bu tasnifda dars tiplari bir tomonlama, ya’ni ta’limning didaktik maqsadiga ko’ra tasnif qilingan. Bunday tasnif o’quv narsalariga oid o’zaro bog’langan darslar tizimini ishlab chiqish uchun ojizlik qiladi. Chunki unda o’quv predmetining xususiyatlari hisobga olinmagan.

A.V.Tekuchev esa dars tiplarini ikki tomondan: ham darsning maqsadiga ko’ra, ham darsning mazmuniga ko’ra tasnif etadi. A.V.Tekuchev tasnifi bo’yicha darslar maqsadiga ko’ra uch xil bo’ladi: yangi bilimni bayon qilish darsi; bilimlarni mustahkamlash darsi; nazorat darslari; mazmuniga ko’ra darslar to’rt xil bo’ladi: grammatika darslari, orfografiya darslari, punktuatsiya darslari, nutq o’stirish darslari1. Dars tiplarini ajratishda Y.Abdullaev ham shu tamoyilga rioya qilgan2.

Bizningcha, ona tili darslarini tiplarga ajratishning eng maqbul yo’li yuqoridagi tasnifdir. Ammo bu tasnifning zaif tomoni ham mavjud. Birinchidan, bu tasnifda darslarni tiplarga ajratishning birinchi tamoyili sifatida dars maqsadi olingan. Ta’lim jarayonida qilinadigan har bir ish ma’lum bir maqsad uchun xizmat qiladi. Masalan, o’qituvchi atoqli otlarni tushuntirgandan keyin, ularning imlosini mustahkamlash uchun saylanma diktant o’tkazishi mumkin. Darsning boshlanishida qilingan ishlar atoqli otlarning grammatik xususiyatlarini o’rgatishga oid bo’lsa, darsning keyingi qismida qilingan ishlar orfografiya o’rgatishga doir bo’ladi. Mohiyat jihatidan atoqli otlarning grammatik xususiyatlari va ularning imlosi bo’yicha qilinadigan ishlar bir–biridan farq qiladi. Shunday ekan, yuqoridagi tasnifning birinchi kriteriysi dars tiplarini ajratishda asosiy tamoyil bo’la olmaydi. Ikkinchidan, bu tasnifda maqsadga ko’ra uch xil dars tipi ko’rsatilgan. Ammo asosiy dars tiplaridan biri – umumlashtiruvchi darslar e’tibordan chetda qolgan. Uchinchidan, dars tiplarini ajratish uchun ishlatilgan istilohlar juda ham qulay emas. Masalan, “yangi bilimlarni bayon qilish” iborasi maqsadga muvofiq emas. Bayon qilish – o’qitish metodining nomi. Binobarin, “Bayon qilish” iborasi o’rniga “o’rgatish” istilohini ishlatish ma’qul.

Biz dars tiplarini ajratishda o’quv jarayoni mantiqiga tayanamiz. O’rta maktab ta’limi gumanitar, tabiiy va aniq fanlarni o’z ichiga oladi. Bu fanlarning o’zaro bog’liqligi, aloqadorligi ta’lim mantiqini tashkil etadi. Aynan olingan bir o’quv predmeti (masalan, ona tili) ta’lim mantiqining bir elementi sanaladi. Ta’lim predmeti mantiqini shu fan bo’limlari orasidagi bog’lanish, har bir bo’limda beriladigan ilmiy tushunchalarning o’zaro munosabati tashkil etadi. Ona tilidan atroflicha bilim olish uchun o’quvchilar til fonetikasini o’rganishlari, morfologiyani o’zlashtirish uchun so’zning umumiy xususiyatlarini, ya’ni leksikani, sintaksisga oid bilimlarni egallash uchun morfologiyani bilishlari lozim. Morfologiya bo’limi so’z tarkibi va so’z turkumlari qismlaridan iborat. “So’z tarkibi”ning o’zi ham darslikda bir nechta mavzu–paragraflar (o’zak, negiz, qo’shimchalar) ostida berilgan. Bular o’quv materialini tashkil qiladi.

Ta’lim mantiqi va ta’lim predmeti mantiqi barqaror bo’lib, ular fan va texnika sohasida sezilarli kashfiyotlar bo’lgunga qadar, o’z hajmi hamda mazmunini saqlaydi. Fan va texnika, san’at va adabiyot sohasidagi keyingi yutuqlar ta’lim mazmunini qayta ko’rib chiqish zaruriyatini keltirib chiqardi. Natijada barcha o’quv predmetlari bo’yicha yangi dasturlar va darsliklar yaratildi.

Ta’lim mantiqi, ta’lim predmeti mantiqi iboralari vositasida ta’lim mazmunining o’quv–tarbiya ishlari boshlangan davrgacha bo’lgan holatini ifodalaymiz. Demak, bu iboralar orqali ta’limning statik holati belgilanadi.

Ta’lim jarayoni o’qituvchi rahbarligida boshqariladi. O’quv materialini o’rganish, o’rganilgan bilimlar asosida malaka hosil qilish va ularni umumlashtirish hamda tekshirishga ketgan vaqt o’quv jarayoni hisoblanadi. O’quv jarayoni mantiqini o’quv materiali va uni o’zlashtirish psixologiyasi tashkil etadi. Boshqacha aytganda, o’quv jarayoni mantiqi o’quv materiali mazmuni bilan uni o’zlashtirish psixologiyasining o’zaro bog’lanishidan iborat. Bu haqda M.A. Danilov shunday deb yozadi: “O’quv jarayoni logikasi–obektiv qonuniyat. U bolalarning o’quv predmeti, uning bo’lim va mavzularini o’rganish boshlangan davrdagi bilim saviyalari, taraqqiyot darajalaridan tortib, to o’quvchilarning bilim va taraqqiyotlariga mos ravishda ta’lim predmeti, uning bo’lim va mavzularini to’liq o’zlashtirgunga qadar bo’lgan izchil harakatini o’z ichiga oladi”. Demak, o’quv jarayoni mantiqi deganda, ta’lim mazmunining statikasi emas, aksincha, uning dinamikasi nazarda tutiladi.

O’quv jarayoni mantiqi o’quv jarayoni taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi bo’lib, u o’quvchilar oldiga qo’yilgan vazifalarda, bu vazifalarni echish uchun bolalar ko’rsatadigan aqliy, jismoniy, hissiy intilishlarda o’z aksini topadi. O’quv jarayonida bolalar oldiga qo’yilgan har bir topshiriq faoliyatni talab etadi. Faoliyat ko’rsatish orqali har bir topshiriqda ifodalangan mazmun o’zlashtiriladi. O’quv predmeti bo’yicha o’tkaziladigan darslarning, dars doirasida tashkil etiladigan topshiriqlarning o’zaro aloqadorligiga rioya qilish yo’li bilan o’quv jarayonining dialektik mohiyatiga amal qilinadi.

Ta’limning unumdorligi dars tiplarini aniq belgilashga, ularga qat’iy amal qilishga bog’liq. “Dars tipi u yoki bu o’quv soati uchun asossiz qabul qilingan yorliq emas, aksincha, o’rganilayotgan mavzu doirasida o’zida dialektik taraqqiyotni aks ettiradigan o’qitish va o’qish, o’rgatish va o’zlashtirish amalda qo’llash va nazorat qilish bosqichlarining jonli orientidir”, — deb yozgan edi S.V.Ivanov.

O’quv jarayoni mantiqi dars tiplarini, har bir mashg’ulotda o’tkaziladigan topshiriqlarni izchil tahlil qilishni talab etadi. Bunda o’quv predmeti va uni o’zlashtirish psixologiyasi o’zaro aloqada tekshiriladi. Dars tiplarini ajratishda o’quv jarayoni logikasiga tayanish o’quv predmeti yuzasidan o’tkaziladigan topshiriqlarni, juz’iy dalillarni umumiy tushunchalar bilan yaxlit, o’zaro bog’langan holda olish imkoniyatini beradi.

Til mashg’ulotlarini ta’lim jarayoni maqsadiga ko’ra tahlil qilish –o’zlashtirish jarayonini falsafiy, didaktik va psixologik nuqtai nazardan yoritish masalasi bilan uzviy bog’langan. O’quvchi-ijtimoiy individ. U ta’lim jarayonida kishilik jamiyati tomonidan to’plangan bilimlarni o’zlashtiradi. O’quv predmetining mantiqiy strukturasi, shu fan sohasida ishlatilgan ilmiy istilohlar, tushunchalar tizimi o’quvchilar bilish faoliyatining mazmunini tashkil etadi. Ta’lim mazmuni ta’lim maqsadiga ko’ra belgilanadi.

Fan sohasida qilingan har bir kashfiyot abstraksiyalash va umumlashtirish natijasi bo’lganidek, ta’lim jarayonida fan asoslarini egallash ham abstraksiyalash va umumlashtirish mahsuli sanaladi. O’zlashtiriladigan bilimlarning hajmi, mundarijasi, o’rgatish usullari, vositalari o’quv jarayonining tashqi omillaridir. Ta’limning tashqi omillari ichki omillar zaminida (tahlil, sintez, induksiya, deduksiya, taqqoslash va hokazo) amal qiladi. Ichki va tashqi omillarning o’zaro aloqadorligi samarali natijalar beradi.

Didaktika va xususiy metodikalarga oid tadqiqotlarda o’quv jarayonining yaxlitligiga e’tibor berilmaydi. Didaktikaga oid adabiyotlarda, ta’lim jarayonining turli tomonlari, turli o’qitish usullari atroflicha tahlil qilinsa-da, o’quvchilar ongining ichki o’zgarishi, ularning o’quv predmetiga bo’lgan munosabati, ta’limninng ichki harakatlantiruvchi kuchlari yaxlitligicha o’rganilmayotganligini e’tirof etishga to’g’ri keladi.

Har qanday yaxlit tizim bo’laklardan, qismlardan iboratdir. Ammo tartibsiz holda olingan, o’zaro bog’lanmagan bo’laklar yaxlit tizimni tashkil eta olmaydi. Yaxlit tizim bir-biri bilan uyg’unlashgan, muvofiqlashgan bo’laklardan tashkil topadi. Obektning yaxlitligi uchun xizmat qila oladigan bo’lak yaxlit tizimning tarkibiy uzvi hisoblanadi. Muhokama obekti taraqqiyotda, rivojlanishda qaralib, tarkibiy uzvlar o’zaro aloqada tekshirilganda, bu jarayonning dialektik mohiyati to’g’ri tushuniladi. O’rganilayotgan obekt, uning tarkibiy elementlari o’rtasidagi o’zaro ta’sir turlariga, tashkiliy tamoyillarga va omillarga ko’ra o’z mazmunini o’zgartiradi. Obektning mazmuni unda amal qiladigan qonuniyatlar bilan o’lchanadi. Qonuniyatlar o’rganilgan sari, shu jarayonni ilmiy tashkil etish imkoniyatlari orta boradi.

Fanning yaxlitlik tamoyili ta’lim mazmuni hamda uning tashkiliy shakli bo’lgan darsning ham asosiy tamoyilidir. O’quv predmeti bo’yicha o’rganiladigan bilimlar, o’zlashtiriladigan tushunchalar o’zaro aloqada o’qitilgandagina ta’limning yaxlitligi saqlanadi. Ammo buning o’zigina etishmaydi. O’quv predmeti bo’yicha o’tkaziladigan mashg’ulotlarning o’zaro aloqadorligiga, darslarda o’rganish, mustahkamlash, umumlashtirish jarayonlari uzviy bog’liqligiga rioya qilish ona tili ta’limining samaradorligini oshirish omillari hisoblanadi. Dars tiplarini aniqlash, ularning o’zaro bog’liqligini ko’rsatish uchun tahlilni o’quv jarayonining maqsadidan boshlaymiz.

Maqsad oldindan anglangan natija bo’lib, unga erishish faoliyatni talab etadi. Oldindan anglangan natijaga erishish uchun ko’rsatiladigan faoliyat – maqsadga muvofiq faoliyat sanaladi. Maqsadga muvofiq faoliyat moddiy, ma’naviy va ijtimoiy hayotda jamiyatning bundan keyingi taraqqiyotiga mos keladigan yangi mohiyatning paydo bo’lishi, yangilik bilan eskilik o’rtasidagi kurash hamda hayotga yaroqsiz narsalarning emirilishi, inson hayotida ma’lum natijaga erishish uchun ko’rsatiladigan faoliyat kabi ko’rinishlarda ro’y beradi. Maqsad va maqsadga muvofiq faoliyat o’zaro uzviy bog’liq bo’ladi.

Ko’zlangan natijaga erishish uchun kishi faoliyat ko’rsatadi. Faoliyat ko’rsatish uchun kishida ma’lum qobiliyatlar shakllangan bo’lmog’i lozim. Maqsad – oldindan anglangan natijaga qarab intilish, faoliyat ko’rsatish, natijaga olib keladigan qobiliyatlarni ishga solish zaminida qo’lga kiritiladi. U kishining barcha xatti-harakatini, uning butun imkoniyatlarini, qobiliyatini yagona bir maqsadga etaklaydi.

Inson o’z amaliy faoliyatida obektiv olamga duch keladi, unga bog’liq bo’ladi, o’z faoliyatini u bilan belgilaydi. Ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilar faoliyati tabiat va jamiyat to’g’risidagi bilimlarga duch keladi. Ta’lim mazmuni o’quvchi va o’qituvchi faoliyatining mazmunini ham belgilaydi. O’quvchilarning bilish faoliyati o’qituvchi tomonidan boshqariladi. Ta’lim jarayonida o’qituvchi faoliyatining predmeti o’quvchilar bo’lib, u insoniyat tomonidan ochilgan qonuniyatlarini bolalar ongiga singdirish uchun faoliyat ko’rsatsa, o’quvchi faoliyatining predmeti maktab dasturida ko’rsatilgan bilimlar bo’lib, u fan asoslarini egallash, shu bilimlarga oid malaka hosil qilish uchun faoliyat ko’rsatadi. O’qituvchi faoliyati sinalgan yo’ldan boradi, u o’z maqsadini aniq his qiladi. Bu maqsadlar dastur va darsliklarda aniq ko’rsatiladi.

Maktab ta’limi bolalarni fan asoslari bilan qurollantirishga qaratilgan. Barcha o’quv predmetlari yagona maqsadga – barkamol insonni etkazib chiqarishga da’vat etilgan. Bu ta’limning umumiy maqsadi hisoblanadi. Ta’lim jarayonining umumiy maqsadi nazariy bilimlar, malakalar o’quvchining aqliy taraqqiyoti, tafakkuri, dunyoqarashi kabi uzvlardan tashkil topadi.

Ta’lim jarayonining umumiy maqsadini tashkil etgan uzvlar o’zaro uzviy bog’langan. Nazariy bilimlarni o’rganmasdan, malakalar hosil qilmasdan o’quvchilarni aqliy jihatdan taraqqiy ettirish mumkin emas. O’quvchilarni aqliy jihatdan taraqqiy ettirmasdan, ularning tafakkurini o’stirmasdan, bolalarda dunyoqarashni shakllantirib bo’lmaydi. Tafakkur - jarayon, xotira uning mahsulidir. Shunday bo’lgach, o’quv jarayonida o’rganiladigan bilim o’quvchining o’z tafakkuridan qancha ko’p o’tsa, o’rganilayotgan mavzu ustida bolalarning faol aqliy faoliyati qancha ko’proq tashkil etilsa, o’rganilgan bilim xotirada shuncha ko’p va uzoq muddat saqlanadi.

Ta’lim jarayoni maqsadini tahlil qilishni yana davom ettirsak, xususiy maqsadni, xususiy maqsadni amalga oshirishda rioya qilinadigan juz’iy maqsadni, juz’iy maqsadning uzvlari yoki yaqin didaktik maqsadni ajratib olish mumkin. Ta’lim jarayonining xususiy maqsadi alohida olingan bir o’quv predmetini o’rgatishdan ko’zlangan maqsaddir. Ta’lim jarayonining juz’iy maqsadi deganda, ma’lum bir o’quv materialini o’rganishdan ko’zlangan maqsadni tushunamiz. Juz’iy maqsad o’quv materialiga ko’ra belgilanadi. Masalan, “Ravishlarning ma’no jihatdan turlari” mavzusini o’tishning maqsadi o’quvchilarga holat, payt, o’rin, daraja-miqdor ravishlarini ajrata olishni, ularning o’zaro farqlari, o’ziga xos xususiyatlarini, ma’nolarini singdirishdir. Ta’lim jarayonidagi juz’iy maqsadlarni amalga oshirish yo’li bilan o’quvchilar bo’lakdan butunga qarab boradilar. O’quv predmeti to’liq o’rganilgach, ularda shu o’quv predmetiga oid ma’lum tushuncha hosil bo’ladi. Demak, ta’lim jarayonining juz’iy maqsadi o’quv predmetining mazmuni, o’quv materialining xususiyatlari ko’ra belgilanadi.

Ta’lim jarayonining yaqin didaktik maqsadi o’quv materialini o’zlashtirish psixologiyasidan kelib chiqadi. Ta’limning mazmuni doimo harakatda bo’ladi. Bu harakat o’quvchining bir o’quv materialiga turli paytda turlicha munosabatda bo’lishi, turli o’qitish metodlarini qo’llash orqali ro’y beradi. Ba’zi mashg’ulotlarda o’quv materiali o’rgatilsa, ba’zilarida esa o’rganilgan qoidalar asosida malaka hosil qilinadi, ba’zilarida o’rganilgan bilim va malakalar tekshiriladi, o’quv predmetining ma’lum qismi yoki bo’limi yuzasidan olingan bilimlar umumlashtiriladi. O’quv materialini o’rganish, malaka hosil qilish, umumlashtirish, bilim va malakalarni tekshirishni o’quv jarayonining yaqin didaktik maqsadlari hisoblanadi.

O’quvchi ta’lim jarayonida yaqin didaktik maqsaddan umumiy maqsadga qarab boradi. O’quv jarayonining yaqin didaktik maqsadi metodik-pedagogik kategoriya bo’lib, ularning har biri o’quv jarayonining barcha xususiyatlarini o’zida aks ettiradi. Ular dars tiplarini ajratishning dastlabki mezoni sanaladi. Yaqin didaktik maqsadlarni belgilash ko’p jihatdan o’quv jarayoni strukturasiga bog’liq bo’lsa-da, ammo ularga teng bo’lmaydi.

Ta’lim jarayonida o’quvchilar oldiga intellektual topshiriqlarni qo’yish, bolalarning bu vazifalarni anglashi, ularda o’rganish ishtiyoqining tug’ilishi, o’quvchilarning yangi o’quv materialini turli manbalardan idrok etishi, qo’yilgan muammoni echish, mustaqil ishlash orqali yangi bilimlarni o’rganishi, ilmiy tushunchalarni shakllantirish, umumlashtirish, fanga oid qonuniyatlarni egallashi, mashq qilish va boshqa yo’llar bilan o’rganilgan bilimlarni mustahkamlash, takomillashtirish, malaka hosil qilishi, bilim va malakalarni amaliyotda qo’llashi va o’qituvchining bilim va malakalarni tekshirishi kabi vazifalar hal qilinadi.

Ta’lim jarayonining yaqin didaktik maqsadini tashkil etgan elementlar ta’limdan ko’zlangan umumiy maqsad uchun xizmat qilish bilan birga, xususiy vazifalarni ham bajaradi. Masalan, ta’lim jarayonining bilim va malakalarni tekshirish halqasining xususiy vazifalari shulardan iborat: bilim va malakalarni bolalarning qaydarajada o’zlashtirganini tekshirish; ularning bilim va malakalaridagi zaif tomonlarni aniqlash; o’zlashtirilgan tushuncha, hosil qilingan malakalar ustida bundan keyin qilinadigan ishlarni belgilash.

Yuqorida bayon qilingan mulohazalarga asoslanib, o’quv jarayonining to’rt xil yaqin didaktik maqsadini ko’rsatish mumkin: a) o’quv materialini o’rgatish va o’rgatilgan bilimlarni mustahkamlash; b) ularni takrorlash va malaka hosil qilish; d) ma’lum bo’lim yoki mavzu yuzasidan bilim va hosil qilingan malakalarni umumlashtirish; e) ma’lum mavzu yuzasidan bilim va malakalarni tekshirish. O’quv materialini o’rganish va mustahkamlash ta’lim jarayonining dastlabki yaqin didaktik maqsadidir. Bu uzv o’zida ta’lim jarayonining barcha xususiyatlarini aks ettiradi. Fikrimizni dalillash uchun “Qo’shma otlarning yasalishi” mavzusi bo’yicha o’tkazilgan darsning tafsilotini keltiramiz. Darsni jihozlash uchun quyidagi ko’rgazma quroldan foydalanildi.

Qo’shma otlarning yasalishi

Qo’shma otlarning yasalishi

Misollar

So’zlar

Gaplar

Ot+ot

Sifat+ot

Son+ot

ot+fe’l

Ot+quloq

qo’l+arra

ko’k+sulton

uch+burchak

ming+oyoq

o’rin+ bosar

Otquloq-dorivor o’simlik.

Qo’larra-mehnat quroli.

Bog’chamizdagi ko’ksultonning hosili mo’l bo’ldi.

Uchburchak uchta siniq chiziqdan hosil bo’ladi.

Mingoyoq-zaharli hasharot.

O’g’il-otaning o’rinbosari

Mavzuni bolalarning atroflicha o’rganishini ta’minlash maqsadida dars quyidagi tartibda tashkil etiladi.

Darsning bosqichlari

I. Mustaqil ish. Gaplarni ko’chiring, qo’shma so’zlarning tagiga chizing. Bu so’zlarning tarkibini aytib, berishga tayyorlaning Gulzorda itog’iz, karnaygul va boshqa gullar ochilgan. Olapo’choq, qizilur, bo’rikalla – qovun turlari.

II. Yangi mavzuni tushuntirish (o’qituvchi ko’rgazma qurol asosida qo’shma otlarning ot bilan otdan: ot+quloq, sifat bilan otdan: ko’k+sulton, son bilan otdan: uch+burchak, ot bilan fe’ldan: o’rin+bosar yasalishini tushuntiradi). O’quvchilar ko’rgazma qurol, o’qituvchining nutqidan yangi materialni idrok etishadi, ular tilimizga xos qonuniyat – kompozitsiya yo’li bilan qo’shma otlarning yasalishini anglab olishadi.

III. Yangi mavzuni mustahkamlash:

a) darslikda berilgan qoidalarni o’qish;

b) yoddan qo’shma otlarga misollar o’ylab topish:

d) saylab yozish (o’quvchilar mashq paytida qo’shma otlarni ajratib yozadilar).

IV. Mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini tekshirish. Mashq bo’yicha so’zlar ko’chiriladi, qo’shma otlarning qanday tuzilganligi qavs ichida ko’rsatiladi: Yangiyo’l (sifat+ot).

V. Uy vazifasini tashkil etish.

VI. Bolalar bilimini baholash.

VII. Darsni yakunlash.

Psixologik nuqtai nazardan biror o’quv materialini o’zlashtirishda bolalarning bilish faoliyati to’rt bosqichni bosib o’tadi: o’quv materialini idrok etish; o’quv materialini, qo’yilgan muammoni tushunish; o’rganilgan bilimlarni xotirada saqlash; xotirada qolgan bilimlarni amaliy faoliyatda ishlatish. Yuqoridagi dars namunasida bolalar yangi bilimlarni ko’rgazma quroldan, darslikdan, o’qituvchi nutqidan idrok etadi. O’quv materialini turli manbalardan (ko’rgazma qurol, darslik, o’qituvchining nutqi) idrok etish yo’li bilan bolalar yangi mavzuga oid bilimlarni tushunib oladilar. O’quv materialini mustahkamlash maqsadida yoddan misollar yozdiriladi, mashq ishlatildi, qoida darslikdan o’qitildi. O’quvchi bu ishlarni bajarishda o’rganilgan qoidalarga tayanadi. Darsda keyingi topshiriqni bajartirishda, bir tomondan, bolalar o’rganilgan qoidalardan amalda foydalanish yo’llarini o’zlashtiradi, ikkinchi tomondan esa, shu topshiriqni bajara olish o’quvchilarning yangi mavzuni qaydaraja o’zlashtirganliklari to’g’risida ham hukm yuritish imkonini beradi. Shunday qilib, o’quv materialini o’rganish va mustahkamlashning o’zi ta’lim jarayonining barcha xususiyatlarini aks ettiradi.

O’rganilgan o’quv materialini takrorlash va malaka hosil qilish ta’lim jarayonining navbatdagi yaqin didaktik maqsadidir. O’quv jarayonining bu siklida o’rganilgan qoidalarni amaliy qo’llashga qarab boriladi. Darslikdagi mashqlarni ishlash, mustaqil ishlarni bajarish orqali qoidani amaliy qo’llashni o’rganadilar. Mashqlarni bajarish paytida oldin o’rganilgan bilimlar qayta tasavvur qilinadi va shunga ko’ra topshiriqlarni bajarish qoidaning xotirada mustahkam o’rnashib qolishi uchun zamin bo’ladi. Mashq qilish natijasida mavzuga oid malaka hosil bo’ladi, o’quvchi nutqi yangi dalillar bilan boyiydi. Bu esa zudlik bilan qoidadan dalillarga, dalillardan qoidalarga qarab borish imkonini beradi.

Qoidalardan dalillarga, dalillardan qoidalarga qarab borish o’quvchilarda o’rganilgan qoidalardan foydalana olish iqtidorlarini taraqqiy ettiradi. Ta’lim jarayonining keyingi tashkiliy shakllari, ya’ni bilim va malakalarni tekshirish, umumlashtirish jarayonlarida ham ularga xos barcha xususiyatlar takrorlanadi.

O’quv predmeti mazmuni jihatidan dars tiplarini ajratish ona tili predmetining maqsad va vazifalari, uning tarkibiy qismlarini belgilash bilan bog’liqdir.

Ona tili predmeti bo’yicha o’quvchilarga tegishli bilim berish va bu bilimlarni malakaga aylantirish, o’quvchilarni aqliy jihatdan taraqqiy ettirish, ularda o’z nutqiga va o’zgalar nutqiga munosabatini tarkib toptirish-bular ona tilini o’qitishdan ko’zlangan maqsad hisoblanadi. Ona tili predmeti oldiga quyidagi vazifalar qo’yilgan: 1) o’quvchilarni gap tuzishda nutq tovushi, bo’g’in, so’zlardan o’rinli foydalanish, ularni to’g’ri yozishga o’rgatish; 2) o’quvchilar nutqini turli so’z, sintaktik konstruksiyalar bilan boyitish orqali ularni bog’li nutq tuzishga o’rgatish; 3) o’quvchilarni aqliy, estetik, axloqiy tomondan tarbiyalash va ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish; 4) bolalarni o’qishni davom ettira olishga tayyorlash. Bu vazifalar tilning fonetik, leksik, grammatik tomonlarini o’zlashtirish zamirida amalga oshiriladi. Maktabda tilning har bir tomonini o’zlashtirishda ikki narsa maktab dasturi chegarasida nazariy bilim berish, o’rganilgan nazariy bilimlar doirasida nutq malakalarini shakllantirish turadi. Ona tilidan qilinadigan ishlarning barchasi o’quvchilarda nutq madaniyatini shakllantirishga bo’ysundiriladi.

Fonetikani o’zlashtirish o’quvchilarning tafakkurini o’stirish bilan bevosita bog’langan. Buning uchun har bir nutq tovushi so’z tarkibida o’rgatiladi. Nutq tovushiga ko’ra so’z ma’nolarining o’zgarishi ustida mashq qilish (Un-en-in-o’n; il-ich-iz-in-ish), so’zlarni tovush va bo’g’inlarga ko’ra tahlil qilish, berilgan tovush va bo’g’inlar yordamida so’z, so’zlar ishtirokida gap tuzish o’quvchilarda analitik–sintetik faoliyatni tarbiyalaydi.

Nutq tovushlari, ularning o’zaro farqlari ustida mashq qilish natijasida o’quvchilarda, bir tomondan, lingvistik tushuncha shakllansa, ikkinchi tomondan, fonematik eshitish (nutq tovushini so’z tarkibida to’g’ri anglash, fahmlash, eshitish) taraqqiy etadi. Lingvistik tushunchalar haqida to’g’ri tasavvur hosil qilish, fonematik eshitishni taraqqiy ettirish o’quvchilarning til sezgirligini rivojlantiradi. Shunday qilib, fonetikaga oid nazariy bilimlarni o’rganish jarayonida o’quvchilarda orfoepik, grafik, orfografik malakalar hosil qilinadi.

Ona tili predmetida leksika materiallarini ikki bosqichda o’rgatish ko’zda tutilgan: birinchi bosqichda so’zning ma’nosi, ko’p ma’noli so’zlar, omonim, sinonim, antonim so’zlar, ularning uslubiy imkoniyatlari; ikkinchi bosqichda so’z va istiloh, tilning lug’at boyligi, lug’atning boyish manbalari va shu kabi mavzulari o’rgatish rejalashtirilgan.

Maktabda tilning leksik tomonini o’rgatish dasturda ko’rsatilgan qisqa vaqt bilan chegaralanmaydi. O’quvchi har bir sinfda yangi–yangi o’quv predmetlarini o’rganadi. Fan o’qituvchilari o’quv predmetlariga oid terminlarini tushuntirib beradi. Shu tariqa tilning leksik tomonini o’rganish butun ta’lim jarayonida davom etadi.

Leksik materiallarga bog’liq holda o’quvchilarda har bir so’zni nutqda to’g’ri qo’llash ko’nikmalari hosil qilinadi. Nutq maqsadiga muvofiq so’z tanlash, har bir so’zni o’z o’rnida ishlatish ustida mashq qilish yo’li bilan o’quvchilarda uslubiy malakalar hosil qilinadi, bog’li nutq tuzish yo’llari o’rgatiladi. Shunday qilib, leksikaga oid nazariy materiallarni o’zlashtirish natijasida o’quvchilarda nutq malakalari hosil bo’ladi.

Ona tili predmetining “So’z yasash” qismi o’quvchilarni tilning lug’at tarkibini boyitib boruvchi yangi so’zlar yasash usullari bilan tanishtiradi.

Maktab morfologiyasi o’zaro aloqador ikki qismdan iborat: so’z tarkibi; so’z turkumlari. Birinchi bo’limni o’rganish natijasida o’quvchilarda so’zning tarkibi haqida tushuncha hosil qilinadi. So’z tarkibi o’rgatilgach, so’z turkumlariga oid materiallar o’zlashtiriladi. So’zlarning leksik-grammatik ma’nolarini, sinonimikasini o’rganish orqali o’quvchilar shu so’zlarni aytish va yozishni, grammatik kategoriyalar (kelishik, egalik, ko’plik, shaxs-son)ni o’rganish orqali gapda so’zlarning o’zgarishi va bog’lanishini bilib oladilar. Shunday qilib, morfologiya materiallarini o’zlashtirish jarayonida o’quvchilarda orfoepik, orfografik, uslubiy malakalar va bog’li nutq tuzish iqtidorlari shakllanadi.

O’quvchilar boshlang’ich sinfdan boshlab sintaksis elementlari bilan tanishadilar. Yuqori sinflarda esa sintaksisni izchillik asosida o’rganadilar. O’quvchilar sodda va qo’shma gap sintaksisiga oid nazariy bilimlarni o’zlashtirish bilan bir qatorda gap tuzish, gapni to’g’ri talaffuz etish, gap tarkibida tinish belgilarini to’g’ri ishlatish qoidalarini egallab oladilar. Mana shu asosda o’quvchilarda uslubiy, punktuatsion va intonatsion malakalar shakllanadi.

Bolalarning grammatikani ongli o’zlashtirishlarini ta’minlash maqsadida fonetika, leksika va so’z yasashga doir nazariy bilimlar ham o’rgatiladi. Bular zaminida tildan o’zlashtiriladigan bilimlar, hosil qilinadigan malakalarning barchasi o’quvchilarda nutq madaniyatini taraqqiy ettirishga xizmat qiladi, ularda og’zaki va yozma nutq malakalarini shakllantiradi.

Tilni o’zlashtirish jarayonida hosil qilinadigan malakalarni ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchisi, jismoniy malaka. Nutq organlari, qo’l muskullari harakatiga oid malakalar jismoniy malaka hisoblanadi. Bular, o’z navbatida, ikki guruhga bo’linadi: birinchisi og’zaki nutqqa doir malakalar: artikulyatsion malakalar, ovoz kuchi, ton balandligi, nutq tempi, ritmi, ovoz tembriga doir prosodik malakalar; yozma nutqqa doir malakalar. Ikkinchisi intellektual malakalar. Bular, o’z navbatida, uch guruhga bo’linadi: 1) tushunishga oid malakalar - leksik va grammatik ma’nolarni ajrata olish; 2) farqlay olishga oid malakalar -til uzvlarining fikr anglatish va hissiy vazifalarini baholay olish; 3) eslay olishga doir malakalar - til dalillarini ishlatishning an’anaga aylanib qolgan xususiyatlarini egallash.

Maktab ona tili kursining fonetika, so’z yasash, morfologiya qismlarida orfografik malakalar hosil qilinsa, leksika, sintaksis bo’limlarida uslubiy malakalar shakllantiriladi. Shuningdek, sintaktik bilimlar asosida punktuatsion va prosodik malakalar (tovush kuchi, un (ton) balandligi, nutq tempi va ritmi, ovoz tembrini ajratishga oid malakalar) hosil qilinadi. Nutq o’stirish ishlari ona tili predmetining barcha bo’limlariga bog’langan holda olib boriladi. Demak, ona tili predmetining mazmuniga ko’ra quyidagi dars tiplari ajratiladi: grammatika darslari; fonetika darslari; so’z yasash darslari; leksika darslari; orfografiya darslari; punktuatsiya darslari; nutq o’stirish darslari.

O’quv predmeti mazmuniga ko’ra dars tiplarining har biri o’ziga xos xususiyatlarga ega. Buni boshlang’ich sinflarda “Gap” mavzusiga bog’lab o’tkaziladigan nutq o’stirish darslari namunasida ko’raylik. Boshlang’ich sinf o’quvchilari sintaksis elementlari bilan ta’limning ilk kunlaridanoq tanisha boshlaydilar. Bolalar dastlab nutq birligi - gap to’g’risida, gapning bosh harf bilan boshlanib, uning oxiriga nuqta qo’yilish haqida ma’lumot oladilar. Keyinroq esa gapning mazmuniga ko’ra turlari, ularning intonatsiyasi, gapning bosh va ikkinchi darajali bo’laklari bilan tanishadilar. Bular gap mazmuni va uning tarkibini mustahkam egallashga qaratiladi. “Gap” mavzusi yuzasidan o’tkaziladigan mashg’ulotlarda o’quvchilar gapning so’zlardan tuzilishini, uning kim? yoki nima? haqida aytilganini, gapni tashkil etgan so’zlarning o’zaro bog’langanligi va bu bog’lanishni so’roqlar yordamida aniqlash mumkinligini o’zlashtiradilar. O’quvchi o’z fikrini gap vositasida ro’yobga chiqarish yo’li bilan tilning grammatik qurilishini amaliy o’rganadi. U gap tuza olish malakasini o’rgangan sari bog’li nutq tuzish sirlarini ham egallay boradi.

Boshlang’ich sinflarda ham, yuqori sinflarda ham nutq ustida ishlash usullari to’rt guruhga bo’linadi: lug’at ustida ishlash; gap tuzishga o’rgatish; bog’li nutq tuzishga o’rgatish, intonatsiya ustida ishlash. Quyi sinflarda gap ustida ishlashni yig’iq gapdan boshlagan ma’qul. Bunda jonli va jonsiz narsalarga, ularning harakat va holatiga asoslanib ish qilinadi. Yig’iq gap tuzishni o’rgatish orqali o’quvchilarga bosh kelishik shaklida kelgan fikr subektini farqlash malakasi singdiriladi.

O’quvchilar yig’iq gap tuzish malakasini hosil qilgach, ularga yig’iq gapni ikkinchi darajali bo’laklar bilan kengaytirishga o’rgatish ishlari boshlanadi. Bu yoyiq gaplar ustida ma’lum vaqtgacha ish olib borilmas ekan degan gap emas, o’quvchilar yoyiq gaplarni ham o’z nutqlarida ishlataveradilar. Bu erda fikr nutq o’stirish darslari, nutq o’stirish darslarida olib boriladigan ishlar tizimi xususida boryapti.

Birinchi sinfdan boshlab o’quvchilarga gapni tahlil qilish, gap tarkibidagi so’zlarning so’roqlarini aniqlash kabi malakalar shakllantira boriladi. Quyidagi so’roq gaplarga diqqat qilaylik: Qush qaerga qo’ndi? Sen qachon uyg’onding? Bu so’roq gaplarga birinchi sinf o’quvchisi shunday darak gaplar bilan javob qaytaradi: Kush daraxtga qo’ndi. Men ertalab uyg’ondim. O’quvchilar savollarga javob qaytarish jarayonida fikr qarashli bo’lgan narsa va uning harakati (qush, men–ega) to’g’risidagi bilim bilan chegaralanib qolmasdan harakat tushgan obekt (daraxt), harakat yuz bergan payt (ertalab) to’g’risida ham tasavvur hosil qiladilar. Bunday ishning ahamiyati o’quvchilarni gap tuza olishga, gapning bosh va ikkinchi darajali bo’laklarini amaliy (istilohsiz) farqlashga, narsa va hodisalar o’rtasidagi makon, zamon hamda sabab bog’lanishlarni anglashga o’rgatishdan va, nihoyat, o’quvchilar nutqidagi passiv so’zlarni faollashtirishdan iborat.

Bog’li nutqni o’stirishning ham o’ziga xos usullari mavjud. Bular grammatik vazifali hikoyalar, bayon va insholar yozdirish, ish qog’ozlari ustida ishlash, matnni abzatslarga, abzatslarni gaplarga ajratish, shuningdek, ajratilgan matnlar ustida ishlash (mantiqan bog’langan gaplarni yaxlit holiga keltirib qo’shma gap tuzish) kabi mashqlardan iborat.

Dars tipi va ularning turli ko’rinishlari o’z ichida mantiqiy qismlarga bo’linadi. Bularga dars bosqichlari deyiladi. Dars bosqichlari o’quv materiali mazmuniga, uni tushuntirish uchun tanlangan o’qitish metodiga, o’quvchilarning aqliy faoliyati nimaga qaratilganligiga ko’ra belgilanadi. Shunday ekan, ona tilidan bir–biriga aynan o’xshagan ikkita dars o’tkazish mumkin emas. Buni “Omonim va sinonim” mavzulari misolida ko’raylik.

Metodik adabiyotlarda yangi o’quv materialini o’rganish, idrok etish, mustahkamlash, takrorlash, uy ishini tekshirish va tayin etish, bolalar bilimini baholash kabilar ona tili darslarining tarkibiy qismlari hisoblanadi. Dars bosqichlarining o’zaro mantiqiy izchilligi dars sifatini oshirishning asosiy omilidir. Dars bosqichlari o’z navbatida yana mayda elementlarga bo’linib ketishi mumkin. Buni “dars zvenosi” termini bilan atadik.

I. Yangi materialni o’rgatish bosqichi. Didaktika va metodikaga oid adabiyotlarda darsning bu bosqichi “yangi materialni izohlash”, “yangi bilim berish” iboralari bilan yuritiladi. Izohlash, tushuntirish -o’qitish metodlarining nomi. Shuning uchun darsning bu bosqichini “yangi materialni o’rgatish” istilohi bilan atamoq maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu, o’z navbatida, quyidagi halqalarni o’z ichiga oladi:

o’quvchilarni o’quv materialini tushunishga tayyorlash.

O’quv materialini o’rganishga quyidagicha tayyorgarlik ko’riladi:

a) dars maqsadini bolalarga etkazish. Qanday dars tipi bo’lishidan qat’iy nazar, mashg’ulot maqsadini bolalarga etkazish o’qituvchining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Dars maqsadini tushuntirish o’quvchilarning o’rganilayotgan fanga qiziqishlarini oshiradi, ularda o’rganish havasini uyg’otadi;

b) ijodiy yozma ishlar o’tkazish. O’rganilayotgan mavzuga oid faktik materiallar asosida ijodiy yozma ishlarni o’tkazish bolalarni bir qadar yangi o’quv materialini o’rganishga tayyorlaydi. Masalan, “Ko’shma sifatlarning yasalishi va yozilishi” mavzusini o’tishda guruhlab yozish usulidan foydalanish mumkin. Buning uchun ushbu sifatli birikmalar ko’chma doskaga yoki kartonga yozib qo’yilgan bo’ladi: oq ro’mol, kul rang ko’ylak, sarg’ish palto, ochko’z it, havo rang mato, dag’al material, ichimlik suv. Bolalar oldin sodda sifatlarni, guruhlab yozishadi;

d) mustaqil ishlarni tashkil etish. Mavzuga oid faktik materiallar asosida mustaqil ishlarni tashkil etish ham bolalarni yangi mavzuni o’rganishga tayyorlaydi. Masalan, yuqoridagi mavzu bo’yicha shunday mustaqil ish berish mumkin: Gaplarni o’qing. Sifatlarni topib, sodda sifatlarning tagiga bir marta, qo’shma sifatlarning tagiga ikki marta chizing. (Bog’imizdagi ertapishar shaftoli gulladi. Odil-yoqimli, mehnatsevar bola. Alpinistlar qorli tog’ning eng yuqori cho’qqisiga chiqdilar);

e) grammatik tahlil. Masalan, Bo’ri kuchli, yirtqich va ochko’z hayvondir gapini grammatik, morfologik tahlil qildirish orqali ham bolalarni yangi o’quv materialini o’rganishga tayyorlash mumkin. Bunda yangi mavzuni tushuntirish gap tarkibidagi “ochko’z” so’zini tarkibiga ko’ra tahlil qilishdan boshlanadi;

f) bolalar oldiga muammoli savollar qo’yish. Bunda shunday ish qilinadi:

- Bolalar, siz oldingi darslarda, sifat yasovchi qo’shimchalar, ularning yozilishini o’rgangan edingiz. Otdan sifat yasash (andijonlik, tuzsiz, tarbiyaviy, devoriy), fe’ldan sifat yasash (maqtanchoq, sezgir, qaynatma, qochoq) yo’llarini bilib olgansiz.

Shundan keyin yangi mavzu doskaga yoziladi (“Qo’shma sifatlarning yasalishi va yozilishi”). Savollar o’rtaga tashlanadi. Qanday sifatlarga qo’shma sifatlar deyiladi? Qo’shma sifatlar qanday yasaladi? Qo’shma sifatlar qanday yoziladi? Yangi mavzuni tushuntirish shu savollarga javob izlashdan boshlanadi.

II. O’quv materialini idrok etish. O’quv materialini idrok etish o’qituvchining tushuntirishi, izohlashi bilan bog’langan. Darsning bu halqasida o’quvchilar o’qituvchi bilan birga yangi bilimlarni “fikran tahlil va sintez qiladilar”, dalillarni o’xshash tomonlariga ko’ra qarama-qarshi qo’yadilar, chog’ishtiradilar. Bular o’quvchilarning yangi mavzuni atroflicha idrok etishlarini, binobarin, o’quv materialini puxta o’zlashtirishlarini ta’minlaydi.

Til mashg’ulotlarida o’quv materiali darslikdan, ko’rgazma qurollardan, o’qituvchi nutqidan idrok etiladi. O’quv materialini idrok etish jarayonini faollashtirish uchun o’qituvchi o’z nutqini ko’rgazma qurollar, turli didaktik materiallar bilan uyg’unlashtiradi. Shundagina, bolalar o’quv materialini faol idrok etadilar.

O’quv materialini idrok etish jarayonida bilim manbalari o’zaro quyidagi yo’llar bilan uyg’unlashtiriladi.

1. O’quv materialini tushuntirishda bayon qilish metodi tanlanganda, o’qituvchi nutqi asosiy bilim manbai sanaladi, ko’rgazma qurol va darslik esa yordamchi vosita funksiyasini bajaradi. Bunda o’quvchilar bilimlarni tayyor holicha o’rganadi. Masalan, “Juft sifatlarning yasalishi va yozilishi” mavzusini olaylik. Mavzuni tushuntirish uchun quyidagi ko’rgazma quroldan foydalaniladi.

Juft sifatlarning yasalishi va yozilishi

Juft sifatlarning yasalishi

Misollar

Juft sifatlarning yozilishi

1. Antonim sifatlarning qo’shilishidan

Olisdan baland-past daraxtlar ko’rina boshladi.

Baland-past

2. O’zaro yaqin ma’noli sifatlarning qo’shilishidan

Biz egri-bugri so’qmoqlar orqali toqqa ko’tarildik.

Egri-bugri, och-u yalang’och, yakka-yu yagona

3.Sifatlarning takrorlanishidan

Toshkentda katta-katta parklar, baland-baland binolar ko’p.

baland-baland, katta-katta, pastak-pastak

O’quv materialini bayon qilish metodi asosida tushuntirganda, bolalar bilimlarni, avvalo, o’qituvchi nutqidan idrok etadilar. Idrok etilgan bilimlar ko’rgazma qurol vositasida yanada konkretlashtiriladi. Bunda o’qituvchi nutqiga katta talab qo’yiladi. U grammatik bilimlarni, shu bilimlarga oid dalillarni ma’lum tartibda aytib beradi. Mavzu quyidagicha tushuntiriladi.

O’zaro qarama-qarshi ma’noli so’zlarga antonimlar deyiladi. Baland so’zining ziddi past, katta so’zining ziddi esa kichik. Antonim sifatlarning qo’shilishidan juft sifatlar yasaladi. (Pauza qilinadi). Bolalar aytilgan fikrlarni ko’rgazma quroldan ko’rishadi.

O’zaro yaqin ma’noli sifatlarning qo’shilishidan ham juft sifatlar yasaladi. Masalan: yakka va yagona, qing’ir va qiyshiq so’zlari o’zaro yaqin ma’noli sifatlardir. Demak, sinonim sifatlar bir-biriga qo’shilganda, juft sifatlar hosil bo’ladi: g’adir-budur, ola-bula, egri-bugri so’zlari juft sifat (pauza qilinadi). Bolalar aytilgan fikrlarni ko’rgazma quroldan ko’rib olishadi, misollarni o’qishadi. Ba’zan sifatlar takrorlanib keladi: yosh-yosh yigitlar, qari-qari odamlar, baland-baland tog’lar, chiroyli-chiroyli qushlar oppoq-oppoq paxtalar. Demak, sifatlarning takrorlanishidan ham juft sifatlar hosil bo’ladi (ko’rgazma qurolga bolalar diqqati tortiladi). Shundan keyin sifatlarning yozilishini tushuntirishga o’tiladi. Mavzu yuzasidan quyidagi umumiy xulosa chiqariladi. Juft sifatlar uch xil yo’l bilan yasaladi: antonim sifatlarning qo’shilishidan, sinonim sifatlarning qo’shilishidan, sifatlarning takrorlanishidan. Juft sifatlar ikki xil yoziladi: juft sifatlar chiziqcha bilan yoziladi; juft sifatlar –u, -yu bilan kelsa, yuklamalardan oldin chiziqcha qo’yiladi.

2. O’quv materialini tushuntirishda suhbat metodi tanlanganda, ko’rgazma qurol, darslik asosiy bilim manbai bo’lib qoladi. O’qituvchining nutqi, mavzu bo’yicha o’rtaga tashlangan savollar yordamchi vosita rolini bajaradi. “Juft sifatlarning yasalishi va yozilishi” mavzusi bo’yicha quyidagicha savollar o’rtaga tashlanadi.

Birinchi guruh savollar: qanday so’zlarga antonimlar deyiladi? Antonim sifatlarga misollar ayting. Juft sifatlar qanday yasaladi? Savollar o’rtaga tashlanishi bilan o’quvchilar diqqati ko’rgazma quroldagi yozuvlarga tortiladi. Bolalar ko’rgazma quroldagi misollarga o’xshash so’zlar, gaplar o’ylab topishadi. Savollar yuzasidan juz’iy xulosalar chiqariladi. Qarama-qarshi ma’noli so’zlarga antonimlar deyiladi. Katta va kichik; baland va past sifatlari o’zaro qarama-qarshi ma’noli sifatlardir. Xulosalar qo’shiladi: demak, antonim sifatlarning qo’shilishidan juft sifatlar yasaladi.

Ikkinchi guruh savollar: Sinonimlar deb qanday so’zlarga aytiladi? Sinonim sifatlarga misollar o’ylab toping. Juft sifatlar qanday yasaladi? Ko’rgazma quroldagi misollar, gaplarni tahlil qilish yo’li bilan juz’iy xulosalar chiqariladi, birlashtiriladi. Demak, yaqin ma’noli sifatlarning qo’shilishidan juft sifatlar yasaladi.

Uchinchi guruh savollar: katta-katta xonalar, baland-baland binolar birikmalaridagi sifatlarni tarkibiga ko’ra tahlil qiling. Bolalar tahlil qilish yo’li bilan katta va baland sifatlarning takrorlanib kelayotganini aniqlashadi. Ko’rgazma quroldagi gaplar, misollar o’qiladi. Umumiy xulosa chiqariladi: demak, sifatlarning takrorlanishidan juft sifatlar yasaladi. Juft sifatlarning yozilishi ham shu yo’sinda o’rgatiladi. Ishning oxirida umumiy va yakuniy xulosalar chiqariladi.

3. O’quv materialini tushuntirishda mustaqil ishlash metodi tanlanganda, darslik asosiy bilim manbai bo’lib qoladi, o’qituvchining mavzu bo’yicha bergan ko’rsatmalari, ko’rgazma qurol yordamchi manba funksiyasini bajaradi. Yuqoridagi mavzuni mustaqil ishlash metodi yordamida o’rgatganda bolalarga quyidagicha instruksiya beriladi: oldin antonim va sinonim so’zlarning ta’rifini eslang. Sinonim va antonim sifatlarga misollar o’ylab toping. Darslikning tegishli betidagi qoidalarni o’qing. Juft sifatlarning yasalish yo’llari, ularning yozilishini aniqlang. Har bir qoidaga o’zingiz misollar o’ylab toping. Darslikdagi qoidalarni ko’rgazma quroldagi dalillarga chog’ishtiring.

4. O’quv materialini faol idrok etishni ta’minlashning samarali yo’li bilim manbalarining (ko’rgazma qurol, o’qituvchi nutqi, darslik) barchasini o’zaro uyg’unlashtirishdir. Bunda ko’rgazma qurol ham, o’qituvchi nutqi ham, darslik ham faol idrok etish vositasiga aylanadi. Masalan, “Juft sifatlarning yasalishi va yozilishi” mavzusini tushuntirishda o’qituvchi quyidagicha ish qiladi: oldin ko’rgazma qurolning birinchi bandidagi yozuvlarga o’quvchilar diqqati tortiladi. Bolalar antonim sifatlarning qo’shilishidan juft sifatning yasalishini, juft sifatlarga doir berilgan misollarni o’qiydilar. Keyin o’qilgan dalillar asosida o’quv materialining shu qismini o’qituvchi tushuntiradi. So’ngra o’qituvchi nutqidan idrok etilgan bilimlar darslikdagi qoidalarga chog’ishtiriladi. Ish o’quv materialining oxirgi bandi o’rganilgunga qadar shu yo’sinda davom ettiriladi. Shunday qilib, o’quv materialini idrok etishning birinchi yo’lida o’qituvchi nutqi bilan ko’rgazma qurol, ikkinchi yo’lida ko’rgazma qurol bilan o’qituvchi savollari, uchinchi yo’lida darslik bilan o’qituvchi instruksiyalari, to’rtinchi yo’lida ko’rgazma qurol o’qituvchi nutqi, darslik o’zaro bog’lanadi. O’qituvchi sinf o’quvchilarining tayyorgarligini hisobga olib, bu yo’llarning har biridan o’z o’rnida foydalanish mumkin.

III. Yangi mavzuni mustahkamlash. O’rganilgan materialni mustahkamlash o’quv materialini o’rganish, idrok etish jarayonining tabiiy davomi bo’lgandagina, o’zlashtirilgan material o’quvchilar xotirasida mustahkam o’rnashib qoladi. O’quv materialini o’rganish va mustahkamlash jarayonining parallel olib borish to’g’risida M.A.Danilov shunday deb yozgan edi: “Ilg’or o’qituvchilar oldingi darslardan tubdan farq qiladigan yangi dars qurilishini kashf etdilar. ...Endi bilimlarni o’rganish va mustahkamlash yaxlit, ajralmas jarayon hisoblanadi”. Buni “Ko’makchi haqida ma’lumot” mavzusi misolida ko’raylik.

O’qituvchi bolalar ishtirokida (Ukamga kitob oldim. Qo’lda ko’tardi) gaplarni tahlil qiladi. O’quvchilar diqqati ukamga, qo’lda so’zlari tarkibidagi kelishik qo’shimchalariga tortiladi. Bu qo’shimchalar uchun, bilan ko’makchilari bilan almashtirilib, gaplar qayta tuziladi: Ukam uchun kitob oldim. Qo’l bilan ko’tardi. Shundan keyin mavzuning maqsadi bolalarga etkaziladi.

O’rganilgan o’quv materiali o’quv predmetining tarkibiy qismi bo’lib, u o’quvchilarni kelgusi mavzularni o’zlashtirishga tayyorlaydi. Odatda, o’quvchilarda puxta bilim va malaka hosil qilingan darsni samarali o’tkazilgan dars deb ataydilar. Samarador darsning asosiy xususiyati o’quvchi tafakkurini o’stirish uchun qilingan ishlarda, bolalarni ijodiy ishlashga o’rgatishda, nazariy va amaliy topshiriqlarni o’quvchilarning mustaqil muhokama qila olishida ko’rinadiki, bular dars bosqichlariga, ularning mantiqiy izchilligiga, darsning didaktik va psixologik jihatdan to’g’ri tashkil qilinganligiga bog’liq.

Darsda o’rganilgan bilimlarning puxtaligi - o’rganish va mustahkamlashning ketma-ketligiga bog’liq. Material o’rganilgan zahotiyoq mustahkamlansa, o’quvchilar uni uzoq muddat esda tutadi. Ba’zi olimlar: “... mustahkamlash darsning doimiy bosqichi emas...”— deb hisoblaydilar. Bu xatodir. O’rganilgan materialni mustahkamlash o’rganish bosqichining qonuniy davomidir. Mustahkamlash jarayonida o’rganilgan bilimlarning amaliy qo’llanishi o’zlashtiriladi, bilimlar nutq amaliyotiga olib kiriladi. O’rganilgan bilimlar mazmuniga mos misollar topish, ularni tahlil qilish, yozma ishlarni bajarish, darslikdagi qoidalarni o’qish, mashqlarni echish orqali mustahkamlanadi.

IV. Takrorlash - til darslarining eng mas’uliyatli bosqichi sanaladi. Takrorlash ikki yo’l bilan o’tkaziladi: agar yangi o’quv materiali oldin o’tilgan mavzulardan birontasi bilan mantiqan bog’liq bo’lsa, oldingi mavzu takrorlanib, yangi mavzuni o’rganishga o’tiladi; agar yangi o’quv materiali oldin o’rganilgan mavzu bilan bog’liq bo’lmasa, mashg’ulot yangi o’quv materialini o’rganishdan boshlanadi.

V. O’quvchilar bilimi va malakalarini tekshirish bosqichi. Bilim va malakalar og’zaki yoki yozma yo’l bilan tekshiriladi. Og’zaki tekshirish usulini ba’zi adabiyotlarda “sinov suhbati” deb yuritiladi. Sinov suhbati o’quvchilar bilimini tekshirishda eng ko’p qo’llanadigan ish turidir. Sinov suhbati paytida o’quvchilar o’qituvchi savoliga doir grammatik ta’riflarni, orfografik va punktuatsion qoidalarni yoddan aytadilar, ta’rif va qoidalarni isbotlash uchun dalillar keltiradilar. Sinov suhbati o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasida mustahkam aloqa o’rnatadi, bolalarning nutqini o’stiradi, ularda aqliy teranlikni tarbiyalaydi. Sinov suhbati paytida beriladigan savollar murakkabligiga ko’ra uch xil bo’ladi: asosiy savollar: Gap deb nimaga aytiladi? Yordamchi savollar: Gap nimalardan tuziladi? Bu gapda nechta so’z bor? Gapda nima deyilgan? Etaklovchi savollar: evristik suhbat asosida javob qaytarishga qiynalganda beriladi.

Sinov suhbati individual yoki frontal o’tkaziladi. Sinov individual o’tkazilganda, savollar yozilgan tarqatmalardan foydalaniladi. Bolalar savollar to’g’risida o’ylab olgach, og’zaki so’raladi. Frontal tekshirishda savol o’rtaga tashlanadi. O’quvchilar o’ylab olgach, o’qituvchi o’zi istagan boladan so’raydi. Sinov suhbati paytida juda ko’p mayda narsalar bilan o’quvchilarni chalg’itmaslik lozim. O’qituvchi asosiy va ikkinchi darajali narsalarni ajratishi, birinchi navbatda, o’quvchilarning eng muhim dalillar, xulosalar, qoidalarni bilishini tekshirishi kerak.

Darsni tashkil etish, uy vazifasini tekshirish va o’quvchilar bilimini baholash, darsni yakunlash ham til o’rgatishga oid dars bosqichlarini tashkil qiladi. Har bir dars tipi yuqorida sanalgan bosqichlarning turlicha bog’lanishidan tashkil topadi.

Ona tili predmetining har bir bo’limi, har bir mavzu tilga oid bilimlar tizimidan iborat bo’lib, shu bilimlarni o’zlashtirish orqali o’quvchilar ona tili ta’limidan ko’zlangan maqsadga yaqinlasha boradilar. Dars ona tili ta’limini amalga oshirishning etakchi shakli sanaladi.

O’qituvchining asosiy vazifalaridan biri ona tili predmetining barcha bo’limlarini tahlil qilish, shu tahlilga ko’ra o’zaro bog’langan darslar tizimini tuzishdan iborat.

Ona tili darslarining natijasi, bir tomondan, didaktik va metodik prinsiplarga to’g’ri amal qilishga, mavzular mazmuniga mos keladigan faktik materiallar va turli topshiriqlarni tanlashga, o’qitish metodlari, bolalarning aqliy ishlarini aniq belgilashga bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan, darslarni pedagogik, psixologik jihatdan puxta tashkil etishga, mashg’ulotlarning o’zaro aloqadorligini qat’iy aniqlashga bog’liqdir. Ko’rinadiki, ona tilidan tuziladigan darslar tizimining samaradorligi yangi bilimlarni tushuntirishdan oldin takrorlanadigan bilimlarni hisobga olish, bolalarning faolligi va tashabbuskorligini oshirish, o’quv predmetlari o’rtasidagi aloqa turlari, bundan keyin o’rganiladigan bilimlar uchun zamin tayyorlash, o’quvchilarning bilish imkoniyatlariga mos keladigan ta’lim mazmunini belgilash, ta’limni turmush va barkamol insonni tarbiyalash kabi qator omillarga bog’lash bilan o’lchanadi.

Ma’lum bo’lim, mavzu yuzasidan o’zaro bog’langan darslar tizimini yaratishda quyidagi savollarga javob izlanadi: a) bo’lim yoki mavzuning o’quv predmeti tarkibidagi o’rni, bilimlar tizimi, uning g’oyasi; b) nazariy bilimlarni turmushga bog’lash yo’llari; d) o’quvchilarning bilish qobiliyatlarini taraqqiy ettirishni ko’zlab, o’quv materialiga tavsif berish; e) mavzuning o’quv predmetidagi boshqa bo’limlari va boshqa o’quv predmetlariga munosabati; f) mavzu yuzasidan bilim va malakalarni o’zlashtirishning eng samarador yo’li; g) mavzu bo’yicha o’tkaziladigan ijodiy ishlar; h) mavzu bo’yicha beriladigan uy ishlari va sinfdan tashqari ishlarning mazmuni; i) mavzuni o’rgatishdan ko’zlangan natija (bilim, malaka va bolalarning aqliy taraqqiyoti).

Endi didaktik talablar asosida 5-sinfda “So’z birikmasi” mavzusini o’zlashtirish jarayonini tahlil qilamiz. So’z birikmasini o’rgatish uchun ikki soat vaqt ajratilgan.

Dars tartibi

Darsning tartibi

Dars tipi

1-dars

So’z birikmasi. Tobe va hokim so’z haqida tushuncha berish.

Yangi materialni o’rgatish

2-dars

49-50-mashqlar.

O’tganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darsi.

Birinchi mashg’ulot (yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darsi) so’z birikmasining dastlabki uchta belgisi atrofida tashkil etiladi. Mashg’ulotda sintaksis va punktuatsiya to’g’risida kirish suhbati o’tkazildi, darslikning 20-betidagi “Bizning Vatanimizda jasur bolalar hech qanday qiyinchilikdan qo’rqmaydilar” gapiga o’quvchilar diqqati jalb qilinib, quyidagi so’z birikmalari ajratiladi: Bizning Vatanimizda; qiyinchilikdan qo’rqmaydi; Vatanimizda qo’rqmaydi.

O’quvchilar nutqini so’z birikmalariga oid tayanch materiallar bilan boyitish uchun suhbat quyidagicha davom ettirildi (15 minut).

O’qituvchi qog’oz ko’rsatib, bu nima, deb so’radi.

-Qog’oz. Keyin sariq, qizil, ko’k rangdagi qog’ozlar ko’rsatildi: sariq qog’oz, qizil qog’oz, ko’k qog’oz. So’ngra bir qancha qalam ko’rsatildi va ularni bitta so’z bilan atash so’raldi: qalam. Keyin har bir qalamni ko’rsatib savol berildi: Bu qanday qalam?-Sariq qalam (doskaga sariq qalam birikmasi yoziladi).-Bu-chi?-Qizil qalam. –Bunisi-chi?-Qora qalam. Keyin sariq qalam, qizil qalam, qora qalam, ko’k qalam, zangori qalam birikmalari doskaga yozildi. O’qituvchi bitta qalamni o’rtasidan sindirdi. Bu qanday qalam? Bunisi-chi? Uzun qalam, qisqa qalam. Doskada quyidagi yozuvlar paydo bo’ldi.

Qalam 1) sariq qalam

2) qizil qalam

3) qora qalam

4) ko’k qalam

5) zangori qalam

6) uzun qalam

7) qisqa qalam

Doskadagi yozuvlar atrofida bolalarga quyidagi savollar berildi: Chiziqning chap tomonida nechta so’z yozilgan? Bu qalamni (sariq qalam ko’rsatildi) aniq aytish uchun nechanchi qatordagi yozuv to’g’ri keladi? Bunisi uchun-chi? (ko’k qalam ko’rsatildi). Bunisi uchun-chi? (qisqa qalam ko’rsatildi.) Savollarga ushbu javoblar olindi.

-Chiziqning chap tomonida qalam deb yozilgan. Bu qalamni aniq aytish uchun 1-qatordagi (sariq qalam) yozuv to’g’ri keladi. Bunisiga 4-qatordagi (ko’k qalam) yozuvi to’g’ri keladi. Bunisiga esa 7-qatordagi (qisqa qalam) yozuvi to’g’ri keladi.

Chiziqning chap tomoniga siyoh so’zi yozildi. Men nimani yozdim? Siyoh so’zini yozdingiz. Ruchka so’zini yoza turib, “Yana nima yozdim?” Ruchka deb yozdingiz. Qalam, ruchka, siyoh yozuvlarini nima deb ataymiz? So’z deb ataymiz (Ba’zi o’quvchilar o’quv qurollari deb ataymiz degan javob berishdi. O’qituvchi bolalarning xatosini tuzatdi). O’ng tomondagi yozuvlar ko’rsatildi: Har bir qatorda nechtadan so’z bor? Ikkitadan. Bu tomondagi yozuvlarni nima deb ataymiz? So’z birikmasi deb ataymiz (Ba’zi bolalar ikkita so’z deb ataymiz mazmunida javob berishdi. Ularning xatosi tuzatildi). So’ngra chap tomondagi yozuvlar ustiga “so’z”, o’ng tomondagi yozuvlar ustiga “so’z birikmasi” deb yozildi.

So’z So’z birikmasi

qalam sariq qalam

siyoh qizil qalam

ruchka qora qalam

Suhbatdan va doskadagi yozuvlardan foydalanib, birinchi xulosa chiqariladi: so’z birikmasi so’zlarning qo’shilishidan tuziladi. Xulosani mustahkamlash uchun quyidagi topshiriq berildi (Topshiriq kartonga yozilgan).

1-topshiriq

So’z birikmasi hosil qiling. So’roqlar o’rniga o’zingiz so’z o’ylab yozing.

katta

uzun qovun

?

?

Bolalar katta qovun, uzun qovun, shirin qovun kabi so’z birikmalarini tuzishdi.

O’quvchilar diqqati darslikdagi 49-mashqqa jalb qilindi. Bolalar jasur bolalar, mohir paxtakor, tadbirkor kishi, mustaqil O’zbekiston, sevimli yozuvchimiz birikmalarini o’qishdi. So’ngra birikmalar daftarlarga yozildi va har bir birikma tarkibidagi so’zlarning oldingisi biror so’roqni oladi(10 minut).

O’qituvchi quyidagi birikmalarni doskaga, bolalar daftarlariga yozishdi(5 minut).

Katta kitob, muqovali kitob, qiziqarli kitob, eski kitob, yangi kitob.

Savollar: Birikmalar tarkibida qaysi so’z takrorlanib kelgan? Kitobni turli tomondan aniqlash uchun qaysi so’zlar keltirilgan? Savollarga javob olingach, so’z birikmasining uchinchi belgisi yuzasidan xulosa chiqariladi: so’z birikmasi tobe va hokim so’zga ajraladi; so’roq hokim so’zdan tobe so’zga beriladi.

qanday? qanday? qanday?

katta kitob muqovali kitob qiziqarli kitob

Bu birikmalarda hokim so’z - kitob, tobe so’zlar katta, muqovali, qiziqarli. Bu so’zlar kitob so’zini izohlamoqda. Birikma tarkibidagi ma’nosi izohlanayotgan so’zga hokim so’z (kitob) deyiladi. Bosh so’zning ma’nosini izohlaydigan so’zga (katta, qiziqarli, muqovali) tobe so’z deyiladi. Darsda chiqarilgan xulosalarni mustahkamlash uchun quyidagi topshiriqlar bajartirildi (12 minut).

2-topshiriq

Chizmalardan foydalanib, so’z birikmalari tuzing.

? katta

bola targ’il ?

?

govmish

?

Birinchi chizmadagi so’roqlar o’rniga qanday so’z, ikkinchi chizmadagi so’roq o’rniga qanday so’z topib yozdingiz.

3-topshiriq

So’z birikmalarini ko’chiring. Hokim va tobe so’zning qaysi so’z turkumiga oidligini ustiga yozing.

ot ot

Namuna: aqlning kaliti

Valining ukasi, Vatanning tuprog’i, oltin soat.

4-topshiriq

Ikkala ustundagi yozuvlarni chog’ishtiring. Ularning farqlarini aytib berishga tayyorlaning.

stol yozuv stoli

ot chopqir ot

qo’g’irchoq chiroyli qo’ng’iroq

Ikkinchi topshiriqdagi birinchi chizmani bajarish orqali bolalar aqlli bola, odobli bola, kamtar bola birikmalarini tuzishdi va so’roqlar o’rniga tobe so’z yozilishini aniqlashdi, ikkinchi chizmani bajarish orqali katta sigir, targ’il sigir, govmish sigir birikmalarini tuzishdi va so’roq o’rniga hokim so’z yozilishini izohlashdi. Bu ish yuqorida chiqarilgan xulosalarni bir qadar aniqlashtirdi. Uchinchi topshiriq bolalarning so’z birikmasi bo’yicha bilimlarni kengaytirishga qaratilgan. Bolalar so’z birikmasining ot va otdan, sifat va otdan tuzilishini o’rgandilar. To’rtinchi topshiriq orqali so’z bilan so’z birikmasining farqlari ajratildi.

Daraxt so’zi ishtirokida otot tipidagi birikma, go’zal, serqatnov, bahavo so’zlari ishtirokida sifatot tipidagi birikmalar tuzish, tobe so’zga so’roq berishni chizmada ko’rsatish uy vazifasi qilib berildi (3 minut).

Ikkinchi mashg’ulot (o’tganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darsi) darslikdagi 50-mashq asosida tashkil etildi. Dars uy vazifasini tekshirishdan boshlandi (5minut).

1-o’quvchi: tol daraxti, jiydi daraxti, archa daraxti, terak daraxti.

2-o’quvchi: go’zal manzara, serqatnov ko’cha, bahavo joy.

O’quvchilar hokim va tobe so’zlarning qoidasini esladilar, tobe so’zga so’roq berishni chizma orqali ko’rsatdilar (5 minut).

O’qituvchi mavzuni mustahkamlash maqsadida o’quvchilar diqqatini 50-mashqqa tortadi.

O’quvchilar matnni o’qib, Qoratog’ etaklari, ohori to’kilmagan, arab alifbosida, Samarqandga bordim kabi birikmalar tuzishdi (5 minut).

Takrorlangan bilimlarni yanada konkretlashtirish uchun quyidagi topshiriq o’tkazildi (10 minut).

1-topshiriq

Quyidagi chizmalarga mos keladigan so’z birikmalari topib yozing (Chizma ko’chma doskaga chizilgan. Bir o’quvchi ishni doskada bajardi).

1.


2. -dan


3. -ning


4. –haqida

O’quvchilar chizmalar asosida kumush qoshiq, aqldan ortiq, otaning vasiyati, kitob haqida bahslashmoq kabi birikmalarni topishdi (8 minut).

So’z birikmasi va so’zning farqlarini takrorlash uchun quyidagi mustaqil ish o’tkazildi (5 minut).

2-topshiriq

Ko’chiring. So’z birikmasining tagiga bir chiziq, so’zlarning tagiga ikki chiziq chizing.

Vatan, baxtli bolalik, katta-katta, tez-tez, kamtarin inson, befoyda so’z.

Topshiriqni bajarish orqali so’z birikmasi bilan so’zning farqlari takrorlandi. So’z birikmasining ikki so’zdan tuzilganligi, birikmaning narsa va voqealarni to’liq ifodalashi eslatildi. Ba’zi o’quvchilar katta-katta, tez-tez so’zlarining tagini xato chizishdi. Ularning xatolari tuzatildi. Buning uchun befoyda (qanday?) so’z (nima?) so’z birikmasi va katta-katta (qanday?) so’zining so’roqlari taqqoslanadi. Darsning oxirida har bir o’quvchiga o’z “Tarjimai hol”ini yozib kelish vazifasi berildi.

Shunday qilib, har bir dars ma’lum maqsad asosida o’tkazildi; grammatik bilimlarni o’zlashtirishda ilmiylik, izchillik, vorislik prinsip (tamoyil)lariga qat’iy amal qilindi. Darslarda o’quvchilarning faolligi va mustaqilligini ta’minlaydigan usullar ko’proq qo’llanadi. Mashg’ulotlarning har birida 35 minutdan ortiqroq vaqt turli ijodiy topshiriqlarni bajarish, topshiriqlar bo’yicha mustaqil xulosa chiqarishga sarflandi. Bular bolalarning so’z birikmasi bo’yicha to’g’ri va atroflicha bilim olishlarini ta’minladi. Natijada bolalarda quyidagi intellektual malakalar shakllanadi:

- so’z birikmasini so’z va gapdan farqlay olish;

- so’z birikmasi, tarkibidagi hokim va tobe so’zni ajrata bilish;

- hokim va tobe so’zning o’zaro ma’no va grammatik jihatdan bog’lanishini tushunish;

- so’roqning hokim so’zdan tobe so’zga berilishini bilish.

Yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslari

Reja:

1. Yangi materialni o'rgatish va mustahkamlash darslari tuzilishi.

2. Yangi materialni o'rgatish va mustahkamlash darslarining tarkibiy qismlari.

3. Yangi materialni o'rgatish va mustahkamlash darslari maqsad va vazifalari.

Adabiyotlar:

1.Qosimova K. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish usuliyoti.Toshkent, 1985.

2. Qosimova K. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish usuliyoti fani dasturi. Toshkent,1996.

3. Qosimova K. Boshlang’ich sinflarda imlosi qiyin so’zlarni o’rgatish. Toshkent, 1964.

4. Roziqov O.R. O’zbek tilidan dars tiplari. Toshkent, 1976.

5.Ta’lim taraqqiyoti jurnali 7-maxsus son. Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi (Boshlang’ich ta’lim). Toshkent, 1999.

Yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslari ta’lim jarayonining eng ko’p qismini ishg’ol etadi. Bu dars tipining asosiy vazifasi tilning fonetik, leksik, so’z yasash, grammatik tomonlariga oid qonuniyatlarini, orfoepiya, orfografiya, punktuatsiya, uslubiyatga doir qoidalarni bolalarga o’rgatish va ularni dastlabki mustahkamlashdir.

Bilimlarni “o’zlashtirish” keng tushunchadir. O’zlashtirish to’g’risida fikr yuritganda, bilimlarni egallashning uch xil darajasini hisobga olmoq kerak: birinchidan, bilimlarni idrok etish, ma’nosiga tushunish, xotirada saqlash, ikkinchidan, bilimlarni o’xshash sharoitlarda tatbiq eta olish, uchinchidan, bilimlarni yangi vaziyatga tatbiq eta olish darajasida o’zlashtirish. Demak, yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslari faqat tilning turli tomonlariga oid bilimlarni egallash masalalari bilangina bog’liq bo’lmasdan, bilimlarni qay darajada o’zlashtirish muammosi bilan ham uzviy bog’langan. O’quvchi bu darslarda grammatik bilimlarni o’z so’zlari bilan aytib bera bilish, o’rganilgan bilimlarga doir dalil keltira olish, o’rganilgan bilimlarni oldin egallangan bilimlardan ajrata bilish darajasida o’zlashtirishi lozim.

Yangi bilimlarni o’zlashtirish jarayonida quyidagi vazifalar echiladi:

- o’rganilayotgan grammatik bilimlarning asosiy g’oyasini, maqsadini anglash, shu bilimlarning nutq faoliyatidagi rolini fahmlash;

- mavzuga oid bilimlarning umumiy qurilishini idrok etish, ularning asosiy xususiyatlarini o’rganish;

- o’rganilgan bilimni qayta xotirlash yo’lini, uni amaliyotda qo’llash usulini egallash.

Yangi bilimlarni o’rgatishda deduksiya va induksiya. Tilga oid nazariy materiallar, asosan, ikki xil yo’l bilan o’rgatiladi: yangi bilimlarni deduktiv yo’l bilan o’rgatish; yangi bilimlarni induktiv yo’l bilan o’rgatish. Bularni “Ega va uning ifodalanishi” mavzusi misolida tahlil qilaylik. Mavzuni deduktiv yo’l bilan o’rgatishda, o’quvchilarning gap, gap bo’laklari, gapda so’zlarning bog’lanishi to’g’risidagi bilimlariga tayaniladi. Doskaga biror gap yozib tahlil qilinadi. Masalan, Botirlar xalq xotirasida hamisha yashaydilar. Bu gap mazmuniga ko’ra darak gap ekanligi aytiladi. Gapda so’zlarning bog’lanishi aniqlanadi: botirlar yashaydilar - moslashuv; xalqning xotirasi – moslashuv; xotirasida yashaydi – boshqaruv; hamisha yashaydi – bitishuv. Gapni tahlil qilish yo’li bilan gap bo’laklari haqidagi bilim takrorlanadi. Gap tarkibidagi bosh bo’laklar ajratiladi: Botirlar yashaydilar. So’roqlar vositasida ega topiladi va uning ta’rifi tushuntiriladi. So’ngra eganing bosh kelishikdagi ot, olmosh, otlashgan so’zlar bilan ifodalanishi bayon qilinadi.

Tilga oid bilimlarni yuqoridagi yo’l bilan bayon qilganda, umumiydan aniqlikka qarab boriladi. Gap, gapda so’zlarning bog’lanishi, gap bo’laklari, bosh bo’laklar va ikkinchi darajali bo’laklar to’g’risidagi bilimlar ega haqidagi bilimlarga nisbatan umumiy sanaladi. Eganing turli so’z turkumlaridan ifodalanishi bo’yicha berilgan bilimlar ega haqidagi umumiy ta’rifga nisbatan juz’iy bo’ladi. Yangi bilimlarni shu yo’l bilan bayon etganda, deduksiyadan induksiyaga qarab boriladi. Oldin dalillar asosida o’quv materialining umumiy tomonlari izohlanadi. Keyin esa dalillar asosida shu materialning xususiy tomonlari aniqlashtiriladi.

Yangi bilimlarni o’rgatishning ikkinchi yo’li induksiyadir. Bunda oldin o’quv materialining xususiy tomonlari o’rgatiladi, so’ngra uning umumiy tomonlari izohlanadi. Masalan, ega va uning ifodalanishini tushuntirish uchun quyidagi gaplar tahlil qilinadi:

D a r a x t l a r xuddi choyxonaning sahnidagi gulzorga o’xshar edi. Biz bu quvonchli kunlarga osonlik bilan etib kelmadik. O’ n – beshdan katta. O’ q i m o q - o’rganmoq. To’g’ri o’zadi, e g r i to’zadi.

Yuqoridagi gaplar tahlil qilinib, har bir gapning egasi topiladi, ularning qaysi so’z turkumi bilan ifodalangani aytiladi, so’roqlari ko’rsatiladi. Tahlil qilingan misollar, chiqarilgan juz’iy xulosalar zaminida eganing umumiy ta’rifi o’rganiladi. O’rganish jarayonida o’quv materialining juz’iy xususiyatlaridan umumiy xususiyatiga qarab boriladi.

Izchillik tamoyiliga qat’iy amal qilish yo’li bilan yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslarini ijodiy tashkil etishga erishiladi. Yangi materialni tushuntirishda o’quvchilarning oldin o’rgangan bilimlari, hosil qilgan malakalariga tayanish o’quv materialini puxta o’zlashtirishga zamin hozirlaydi. O’rganilayotgan mavzuga aloqador bilimlarni takrorlash yangi bilimlarni faol idrok etishning asosiy omili sanaladi.

O’rganilgan bilimlarni qayta esga olish va undan yangi bilimlarni ongli o’zlashtirish vositasi sifatida foydalanish turli yo’llar bilan amalga oshiriladi: o’rganilgan bilimlarni o’qituvchining o’zi eslatadi va yangi bilimlarni o’zlashtirilgan mavzuning davomi sifatida tushuntiradi; oldin o’tilgan mavzuni o’quvchilardan birontasi eslab aytib beradi, o’qituvchi o’quvchi fikrlariga bog’lab o’z tushuntirishini boshlaydi; o’tilgan mavzu yuzasidan sinf jamoasi bilan suhbat o’tkaziladi, keyin yangi mavzuni tushuntirishga o’tiladi; o’tilgan mavzuga doir mustaqil ish o’tkaziladi, mustaqil ish ustida suhbat o’tkazilgach, yangi mavzuni tushuntirishga o’tiladi va hokazo.

Yuqorida aytilgan fikrlarning ba’zilarini aniqlashtirish uchun bir ilg’or o’qituvchi tajribasidan yozib olingan ikki soatlik dars fragmentini (darslarning yangi materialni o’rgatish bosqichi keltiriladi) tahlil qilamiz.

1–dars. Sifat haqida ma’lumot. Dars mavzusi doskaga yozilib, maqsadi bolalarga etkazilgach, o’quvchilar ishtirokida quyidagi she’riy parcha tahlil qilindi.

Oppoq qog’oz – ko’rash maydoni,

O’tkir qalam – jangda uchqur ot,

Ezgu siyoh - botirlar qoni,

Shu o’y bilan boshlandi ijod.

(G’. G’ulom)

O’quvchilar o’qituvchi rahbarligida parchaning mazmunini aytib berishdi, she’rni o’qish tempi aniqlandi, so’ngra bir o’quvchi she’rni ifodali o’qib berdi. Keyin bolalar sifatlarni aniqlab, o’zi bog’lanib kelgan ot bilan birga ko’chirib yozishda (oppoq qog’oz, o’tkir qalam, uchqur ot, ezgu siyoh) birikma tarkibidagi ot va sifatlarning so’roqlari aniqlandi.

2-dars. Sifat darajalari. Dars ko’chma doskaga yozilgan so’z birikmalarini tahlil qilishdan boshlandi (qizil qalam, keng yo’l, yassi tosh, ola sigir, shirin qovun, nordon anor, epchil yigit, oq qog’oz, ishchan kishi, sariq soch). O’quvchilar sifatlarning so’roqlarini aniqlab, ularni quyidagi guruhlarga ajratib yozdi.

Rang-tus bildiradigan sifatlar

Hajm-shakl bildiradigan sifatlar

Xil-xususiyat bildiradigan sifatlar

Maza-ta’m bildiradigan sifatlar

qizil (qanaqa) qalam, ola (qanday) sigir, oq (qanday) kaptar, sariq (qanday) soch

Keng (qanday) yo’l, yassi (qanday) tosh

Epchil (qanday) yigit, ishchan (qanday) kishi

shirin (qanday) qovun, nordon (qanday) anor

Bajarilgan topshiriq asosida sifatning qoidalari, uning gapdagi vazifasi, ma’nolari takrorlandi, so’ngra yangi mavzuni o’rganishga o’tildi. Yangi mavzuni tushuntirishda sifat darajasi, oddiy daraja, orttirma daraja, qiyosiy daraja terminlari atroflicha izohlandi. Mavzuni tushuntirish uchun tanlangan misollar oddiy daraja shaklida doskaga yozildi (yaxshi, uzun, kichik). Avval oddiy darajadagi sifatlar qiyosiy darajaga aylantirildi (yaxshiroq, uzunroq, kichikroq) so’ngra orttirma daraja hosil qilindi (eng yaxshi, eng uzun, eng kichik, juda yaxshi, juda uzun, juda kichik). Shundan keyin quyidagi jadval bo’yicha sifat darajalari, ularning hosil bo’lishi, o’zaro farqlari, sifat darajalarining nutqda qo’llanishi tushuntirildi.

Oddiy daraja

Qiyosiy daraja

Orttirma daraja

1. Oppoq qordir tog’larning toshi.

2. Daryo tiniq, Osmon beg’ubor.

3. Achchiq savol berib, shirin javob kutma.

1. Po’lat temirdan qattiqroq metaldir.

2. Biz kichikroq stulga o’tirdik.

3. Chaqqonroq bolalar marraga tez etib kelishdi.

1. Toshkent eng go’zal shaharlardan biri.

2. Samarqand juda katta shahardir.

3. Maslahatingiz g’oyat o’rinli taklif bo’ldi.

Dars qurilishini belgilash murakkab ish bo’lib, uni konkretlashtirish, ko’p jihatdan o’quv materiali, o’qitish metodi va o’quvchilarning aqliy faoliyati olib borilgan yo’lga bog’liq. Yuqoridagi darslarning birinchisi sifat haqida umumiy ma’lumot hosil qilish bilan, ikkinchisi sifatlarning o’ziga xos belgisi – sifat darajalari to’g’risida tushuncha hosil qilish bilan yakunlandi. Ikkala darsda ham ish til dalillarini tahlil qilishdan boshlandi. Birinchi darsning kirish qismida tahlil qilingan til dalillari o’quvchilarni yangi bilimni ongli o’zlashtirishga tayyorlagan bo’lsa, ikkinchi darsning kirish qismida tahlil uchun berilgan til dalillari o’quvchilarning oldin o’tilgan mavzu bo’yicha olgan bilimlarini tekshirish, mustahkamlash maqsadida tashkil etildi. Darslarning ikkalasida ham o’qituvchi deduksiyadan foydalandi; o’quv materialini bayon qilish uchun tushuntirish metodi, o’rganilgan materialni mustahkamlash uchun mustaqil ishlash metodi qo’llanildi. Shularga qaramasdan darslar turli bosqichlar asosida tashkil etildi. Ikkala darsning tashkiliy qurilishini o’zaro chog’ishtiramiz.

1-dars

2-dars

1. Bolalarni yangi o’quv materialini idrok etish va tushunishga tayyorlash:

a) darsning mavzusi, maqsadini bolalarga etkazish;

b) mavzuga oid til dalillarini kuzatish va tahlil qilish.

  1. O’tganlarni takrorlash:

a) oldingi mavzu yuzasidan berilgan til dalillarini tahlil qilish va sifat haqida chiqarilgan xulosalarni eslash;

b) uy vazifasini tekshirish.

2. Yangi o’quv materialini bayon qilish: o’qituvchi kuzatilgan va tahlil qilingan dalillar asosida tushuntirish metodidan foydalanib, o’quv materialini bayon qildi.

2. Yangi mavzuni o’rganishga tayyorlash:

a) dars mavzusi va maqsadini bolalalrga etkazish;

b) mavzuga oid til dalillarini tahlil qilish.

3. Yangi mavzuni mustahkamlash:

a) darslik qoidalarini o’qish;

b) o’qituvchi bergan misollarni tahlil etish va o’xshash misollar topish;

d) darslikdagi mashqlarni ishlash.

3. Yangi mavzuni bayon qilish (Yangi mavzuni bayon qilishda tushuntirish va mustaqil ishlash metodlaridan foydalanildi):

a) sifat darajasi: oddiy daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja terminlari doskaga yozib izohlandi, daftarlarga yozdirildi;

b) oddiy darajadagi sifatlardan qiyosiy va orttirma darajadagi sifatlar hosil qilish;

d) ko’rgazma quroldagi gaplarni tahlil qilish va sifat darajalarini bayon qilish.

4. Oldingi va yangi mavzu bo’yicha o’quvchilar bilimini tekshirish: o’quvchilar ot, yo’l, mashina, bola otlari bilan keng, qora, chiroyli, aqlli sifatlarini qo’shib, so’z birikmasi hosil qilishdi, so’z birikmalari ishtirokida gaplar tuzishdi. Gaplar tarkibidagi ot va sifatlarning so’rog’i va sintaktik vazifalarini aytishdi.

4. Yangi mavzuni mustahkamlash:

a) oddiy darajadagi sifatlardan qiyosiy, orttirma darajadagi sifatlar hosil qilish va ular ishtirokida gap tuzish;

b) darslikdagi mashqlarni echish; d) sifat darajalarining og’zaki va yozma nutqda qo’llanishi ustida ishlash.

5. Dars yuzasidan yakuniy xulosalar chiqarish: sifatlar narsaning belgisini bildiradigan so’z; gap tarkibida ot bilan bog’lanib keladi; qanaqa? qanday? so’roqlarini oladi; gapda aniqlovchi vazifasida keladi.

5. Uy vazifasi topshirish va bolalar bilimini baholash.

6. Uy vazifasi topshirish va bolalar bilimini baholash.

6. Darsni yakunlash.

Yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash ko’p jihatdan o’qitish metodlaridan samarali foydalanishga ham bog’liqdir.

O’qitish metodlari ta’lim jarayonini boshqarishning ham tashqi, ham ichki tashkiliy vositasi sanaladi. O’qitish metodi tashqi tomondan o’quv materiali ustida o’qituvchi va o’quvchilarning intellektual faoliyatini o’zaro uyg’unlashtirish vositasi sifatida xizmat qiladi: o’quv materialini o’qituvchi izohlayotgan paytda bolalar tinglaydi; o’qituvchi topshiriq bersa, bolalar bajarishga kirishadi. Mana shu asosda o’quvchilar o’quv materialini o’zlashtiradilar.

O’qitish metodining ichki tashkiliy qurilishi deganda, aynan olingan o’qitish metodining ichki tarkibi va shu tarkibning o’quv materialiga munosabati anglashiladi. Buning uchun suhbat metodini tahlil qilib ko’raylik.

Yangi o’quv materiali suhbat metodida o’rgatilganda, mavzuga oid til dalillari kuzatiladi (1); kuzatilgan dalillar o’qituvchi topshirig’iga ko’ra chog’ishtiriladi (2); chog’ishtirish orqali o’qituvchi savoliga javob izlanadi (3); o’quvchilarning javoblari tinglanadi (4); juz’iy xulosalar chiqariladi va ular qayta birlashtirilib, umumiy xulosaga kelinadi (5); chiqarilgan umumiy xulosa, zarur bo’lsa, darslikdagi qoidalarga taqqoslanadi (6) va, nihoyat, o’quvchilar chiqargan xulosalar o’qituvchi tomonidan to’ldiriladi, aniqlashtiriladi (7). Demak, o’quv materialini suhbat metodi yordamida o’rgatganda, o’qituvchi va o’quvchi faoliyati bir qancha bosqichlarni bosib o’tadi, har bir bosqichda o’quvchi ta’lim materialiga turli maqsadda yondashadi. 1-bosqich: o’qituvchi kuzatish uchun mavzuga oid faktik materialni beradi, o’quvchi berilgan materialni kuzatadi. 2-bosqich: o’qituvchi bolalar kuzatgan, his qilgan materialni chog’ishtirishni buyuradi, o’quvchilar dalillarni chog’ishtiradilar. 3-bosqich: chog’ishtirish orqali savollarga javob izlash aytiladi, o’quvchi savolga javob izlaydi. 4-bosqich: o’qituvchi savollarga javob talab qiladi, bolalar javob qaytaradilar. 5-bosqich: o’qituvchi juz’iy xulosalarini sintezlashni buyuradi, bolalar umumiy xulosa chiqaradi. 6-bosqich: o’qituvchi umumiy xulosani darslikdagi qoidalarga taqqoslashni buyuradi, bolalar taqqoslash orqali o’zlari chiqargan xulosaning yutuq va kamchiliklarini anglaydilar. 7-bosqich: o’qituvchi bolalar chiqargan xulosani to’ldiradi, konkretlashtiradi, o’quvchilar o’qituvchi nutqini tinglashadi. 8-bosqich: o’rganilgan qoidaning amaliy qo’llanishini o’rganishga undaydi, o’quvchilar turli topshiriqlarni bajarish yo’li bilan o’rganilgan qoidani mustahkamlaydilar.

Bayon qilish metodi suhbat metodiga nisbatan boshqacha ko’rinishga ega bo’ladi. 1-bosqich: o’qituvchi kuzatish uchun daliliy material beradi, bolalar materialni kuzatishadi. 2-bosqich: o’qituvchi kuzatilgan dalillarni tahlil qila turib, qoidalarni tushuntiradi, bolalar o’qituvchining nutqini tinglaydilar. 3-bosqich: o’qituvchi o’rganilgan materialning qanchalik puxtaligini bilish uchun savollar beradi, o’quvchilar javob qaytaradilar. 4-bosqich: o’qituvchi mavzu yuzasidan umumiy xulosa chiqaradi, o’quvchilar tinglashadi. 5-bosqich: o’qituvchi topshiriqlar beradi, bolalar topshiriqlarni bajarish yo’li bilan mavzuni mustahkamlaydi.

Mustaqil ishlash metodining ham o’ziga xos bosqichlari mavjud: o’quvchilarni qo’yilgan masalani o’rganishga tayyorlash, yo’l-yo’riq berish, mustaqil ishlash, bajarilgan ish ustida suhbat o’tkazish, yakuniy xulosa chiqarish, o’rganilgan qoidaning amaliy qo’llanishi ustida ishlash.

Yangi bilimlarni o’rgatish jarayonida ko’pincha o’qitish metodlaridan aralash holda foydalaniladi. Ba’zan suhbat metodi bilan mustaqil ishlash metodi, ba’zan esa bayon qilish metodi bilan mustaqil ishlash metodi o’zaro qo’shiladi.

Muammoli dars ta’limni tashkil etishning yangi shakli hisoblanadi. O’quvchilarning mustaqil aqliy faoliyati bunday darslarning psixologik zamini sanaladi. Muammoli darslarga ham an’anaviy dars tiplariga o’xshab qator pedagogik talablar qo’yiladi: ta’limda ilmiylik, izchillik, o’qitishni turmushga bog’lash va hokazo. Shu bilan birga, muammoli dars o’ziga xos xususiyatlarga ham ega. Muammoli o’qitish ta’limning boshqa turlari va metodlariga tamoman zid emas. Uning asosiy xususiyatlari ta’lim jarayonining ma’lum zvenosida - yangi bilimlarni o’rganish jarayonida, yangicha faoliyat ko’rsatish shartlari va usullarini egallash bilan xarakterlanadi.

Sifatlarning otlashishi matn bilan bog’liq. Otlashgan sifatlar fikrning ixchamligi, ta’sirchanligini ta’minlaydi. Xalq maqollarida ko’pincha otlashgan sifatlar ishlatiladi: Yaxshiga yondash, yomondan qoch. Yaxshi oshini er, yomon-boshini. Yaxshi-odamlarning naqshi.

Otlashgan sifatlar quyidagicha xususiyatlarga ega:

- otlashgan sifatlarda ham predmetlik, ham belgi ma’nosi mavjud. Predmetlik ma’nosini ifodalagani uchun kim?, nima? so’roqlarini oladi; otlashgan sifatlardan keyin gapga ot so’z turkumiga oid so’z kiritilsa, u belgi ma’nosini anglatadi: Masalan, aqlli kishi qish g’amini yoz er, tunlari xo’ragini oz er;

- otlashgan sifatlar egalik, kelishik qo’shimchalar bilan qo’llanadi, ko’plik -lar qo’shimchasini oladi. Misollar, mardni mehnat bukolmas. Ilg’orlarimizga tenglashing!

- otlashgan sifatlar gapda ega (To’g’ri o’zadi, egri to’zadi), to’ldiruvchi (Yomondan qorovul qo’ysang, yov etti bo’lur), aniqlovchi (Molning olasi tashida, odamning olasi ichida) vazifasida keladi, shuningdek, gapda undalma bo’lib kela oladi (Ilg’orlar, qoloqlarga ko’maklashing).

Otlashgan sifatlarning asosiy xususiyatlariga ko’ra o’zaro mantiqan bog’langan to’rtta o’quv elementi ajratiladi: sifatlarning otlashishi (1); otlashgan sifatlarning so’roqlari (2); otlashgan sifatlarning kelishik, egalik qo’shimchalari bilan qo’llanishi (3); otlashgan sifatlarning gapdagi vazifasi (4).

Darsning mavzusi, maqsadi va uni o’rganish rejasi berilgach, o’quv materialining birinchi qismini o’rgatishga o’tiladi.

1-qism

O’quv materialining birinchi qismi bo’yicha quyidagicha mustaqil ish beriladi.

1-topshiriq

Maqollarni o’qib, egalarini toping. Egani gapdan ajratib, morfologik tahlil qiling. Chap tomondagi gaplarning egasi qaysi so’z turkumi bilan, o’ng tomondagi gaplarning egasi qaysi so’z turkumi bilan ifodalangan?

Botir kishi yov kelganda bilinar.

Chechan kishi bahslashganda bilinar.

Yoki:

Botir yov kelganda bilinar.

Chechan bahslashganda bilinar.

Bajarilgan ish yuzasidan suhbat o’tkaziladi, o’quvchilarning xatolari tuzatiladi. So’ngra o’quv materialining birinchi qismi quyidagicha tushuntiriladi.

- yuqoridagi maqollar qo’shma gap shaklida berilgan. Birinchi ko’shma gapning egasi ot bilan ifodalangan. O’ng tomondagi maqolda kishi so’zi tushib qolgan. Gapning egalari botir, chechan so’zlaridir. Bu erda botir, chechan sifatlari kim? so’rog’ini oladi. Sifatlar otlashadi. Otlashgan sifatlar kim?, nima? so’roqlariga javob bo’ladi. Sifatlar otlashganda, gap tarkibidagi bog’lanib kelgan ot tushib qoladi. Birinchi qismni mustahkamlash uchun quyidagicha topshiriq beriladi.

2-topshiriq

Gaplarni o’qib, egasini toping, ularning qaysi so’z turkumlari bilan ifodalanganini ayting. Tushib qolgan otni aniqlang?

Mard mehnatdan qo’rqmaydi,

Nomard uyatdan qo’rqmaydi.

2-qism

O’quv materialining ikkinchi qismi bo’yicha quyidagicha topshiriq beriladi.

3-topshiriq

Gaplarni o’qib, otlashgan sifatlarning qanday qo’shimchalar bilan qo’llanganini aniqlang.

Va’daga vafo – mardning ishi.

Ilg’orlarimiz katta muvaffaqiyatlarga erishdilar.

Bajarilgan topshiriq asosida otlashgan sifatlarning egalik, kelishik, ko’plik qo’shimchalari bilan ishlatilishi tushuntiriladi. Mustahkamlash uchun quyidagi topshiriq o’tkaziladi.

4-topshiriq

Yaxshi” so’ziga ko’plik (-lar), egalik (-imiz) va kelishik qo’shimchalarini qo’shib, otlashgan sifat hosil qiling. Shu otlashgan sifat ishtirokida gap tuzing.

3-qism

Quyidagi maqollar asosida otlashgan sifatlarning gapdagi vazifalari tushuntiriladi.

Mard bir marta o’ladi, qo’rqoq yuz marta.

Yaxshida gina bo’lmas, yomondan gina ketmas.

Yomonning yaxshisi bo’lguncha, yaxshining yomoni bo’l..

Otlashgan sifatlarning gapdagi vazifalari tushuntirilgach, mustahkamlash uchun quyidagi mustaqil ish tashkil etiladi.

5-topshiriq

“Ilg’or” so’zini otlashgan sifat o’rnida ishlatib, 4 ta gap tuzing. Bu so’z birinchi gapda ega, ikkinchi gapda to’ldiruvchi, uchinchi gapda aniqlovchi, to’rtinchi gapda undalma vazifasida kelsin.

Mavzu tushuntirilgach, darslikdagi mashqlar ishlanadi. O’quv materiali qismlar bo’yicha o’rgatilganda, o’quvchilar uning ichki tuzilishini ongli his etadi. Bunda o’quv materialini o’rgatish mustahkamlash va mavzuning qay darajada o’zlashtirilganligini tekshirish parallel tarzda olib boriladi. Shunday qilib, o’quv materialini qismlar bo’yicha o’rgatganda, o’quvchilar o’rganilgan bilimlarni qayta xotirlash yo’lini, uni nutqda qo’llash metodini (aniqlanmishni tushirish) puxta egallaydi.

Yangi materialni o’rgatish jarayoni o’quv materialining xususiyatlaridan kelib chiqib tashkil etiladi. Nazariy material hajm jihatidan keng bo’lmasa, uni qismlarga bo’lmay o’rgatib, mustahkamlashga o’tgan ma’qul. Agar o’quv materiali hajm jihatidan keng bo’lib, uni o’zaro bog’langan qismlarga ajratib o’rgatish imkoniyati bo’lsa, qismlar bo’yicha tushuntirish foydali bo’ladi. O’quv materialini o’zaro mantiqan bog’langan qismlarga ajratib o’qitish o’zlashtirilgan bilimning tarkibini mumkin qadar ongli his qilishga, bu bilimning oldin o’rganilgan bilimlar bilan aloqadorligini fikran tasavvur etishga olib keladi.

Yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslari o’z ichida turli ko’rinishlarga egadir. Fikr yuritilayotgan dars tipining o’zi ikki turli bo’ladi: o’tilganlar takrorlangach, yangi o’quv materialini o’rgatish bosqichi boshlanadigan dars (adabiyotlarda bunday darslar aralash dars deb yuritiladi); yangi o’quv materialini o’rgatishdan boshlanadigan dars.

Yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslarini bunday turlarga ajratishning maqsadi, o’qituvchi mavzuni o’tishdan oldin o’rganilgan mavzulardan qay birini takrorlash yoki takrorlamaslikdan o’qituvchini ogohlantirishdir.

Ta’limda mustaqil ishlardan foydalanish mashg’ulotlarning tashkiliy qurilishiga ham ta’sir etadi. O’quv materialining mazmuni, sinf o’quvchilarining tayyorgarlik darajasi, bolalarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olib, mustaqil ishlar asosida o’tkaziladigan darslarning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin.

Darslarning birinchi turida o’rganiladigan grammatik-orfografik qoida, ta’rifning mazmunidan kelib chiqib, mustaqil ish o’tkaziladi; topshiriqning natijasi jamoada tekshiriladi, tahlil qilinadi va unga tayanib, o’quv materiali bayon qilinadi. Darsni shu yo’sinda tashkil etish, bir tomondan, o’zlashtirish paytida o’quvchilarning faolligini oshiradi, ularni yangi o’quv materialini faol idrok etishga tayyorlaydi, ikkinchi tomondan, bolalar xotirasini nazariy bilimlar bilan boyitish, o’quv materialini faol esda qoldirish uchun zamin bo’ladi. Bunday darsda o’qituvchining vazifasi bilimlarni bayon qilish, tushuntirish paytida o’quvchilar faoliyatidan o’tgan faktik materiallarga tayanish, o’rgatilgan materialni mustahkamlash uchun mustaqil ishlarni tashkil etish va ularning mustaqil ishlashlariga rahbarlik qilish bilan, o’quvchining vazifasi o’qituvchi bergan topshiriqlarni bajarish, tushuntirilgan mavzuni xotirada mustahkam saqlab qolish bilan tavsiflanadi. O’quv materialining mazmuni yaxlit bayon qilishni talab qilganda, bolalar uchun notanish va uni o’zlashtirish murakkab bo’lganda, yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslarining bu ko’rinishidan foydalanadi. Mashg’ulotning umumiy qurilishi shunday ko’rinishga ega bo’ladi: o’quvchilarning mavzuga oid bilimlarini (agar mavzu quyi sinfda ham o’rganilgan bo’lsa) esga tushirish; yangi o’quv materialini faol idrok etishni ta’minlash uchun mavzu mazmuniga mos mustaqil ish tashkil etish; bajarilgan topshiriqni jamoada tahlil qilish va shu asosda yangi qoidalarni bayon etish; yangi mavzuni mustahkamlash.

Darslarning ikkinchi turi o’quvchilarning mustaqil faoliyatidan boshlanadi. O’quvchilar bajargan topshiriq va o’rgangan qoidalar ustida suhbat o’tkaziladi. Suhbat paytida o’quvchilar o’zlarining taxminiy xulosalarini aytishadi. Agar zarur bo’lsa, o’qituvchi qo’shimchalar kiritadi va yakuniy xulosa chiqaradi. Keyin mustahkamlashga o’tiladi. Bunday darsning qurilishi quyidagicha bo’ladi: mavzuni mustaqil o’rganish uchun ko’rsatma berish; o’qituvchi topshirig’ini bajarish, nazariy materiallarni o’qib chiqish; bajarilgan topshiriq va o’rgatilgan qoidalar yuzasidan suhbat; qo’shimchalar kiritish, umumiy va yakuniy xulosalar chiqarish, mustahkamlash.

Darslarning uchinchi turida o’quv materialining bir qismini o’qituvchi bayon qiladi, bir qismini o’quvchilarning o’zi mustaqil egallashadi. Darsninng bu ko’rinishi o’quvchilar xotirasini ham tayyor, umumlashgan bilimlar bilan boyitish, ham ularda darslik va boshqa o’quv qo’llanmalari ustida mustaqil ishlash iqtidorlarini taraqqiy ettirish mo’ljallab o’tkaziladi. Bunday mashg’ulotlarda tushuntirish va mustaqil ishlash metodlari o’zaro qo’shilgan holda olib boriladi. Yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslarining bu ko’rinishi quyidagicha umumiy qurilishga ega bo’ladi: bolalarni yangi o’quv materialini idrok etishga tayyorlash; misollar vositasida nazariy materialning bir qismini tushuntirish; nazariy materialning qolgan qismini mustaqil o’rganishga ko’rsatma berish; mustaqil o’rganish; umumiy va yakuniy xulosa chiqarish, xulosalarni mustahkamlash.

O’tganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darslari

Reja:

1. O’tganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darslari tuzilishi.

2. O’tganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darslari tarkibiy qismlari.

3. O’tganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darslarining ahamiyati.

Ona tilidan o’rganilgan bilimlarning puxtaligi ko’p jihatdan o’qituvchining takrorlash darslarini tashkil qilishiga bog’liq. Bunday darslarda o’quvchi oldin o’rganilgan nazariy bilimlarga, grammatik -orfografik qoidalarga takroriy qaytadi. Bu - til dalillarini tahlil qilish, ularni chog’ishtirish zaminida bo’ladi. Mashq paytida o’quvchi o’zi o’rgangan qoida asosida faoliyat ko’rsatadi. Takrorlash darslarida oldin idrok etilgan bilimlar qayta tasavvur etiladi. Shu sababli, ko’p metodistlar takrorlash mashg’ulotlarini o’rganilgan qoidalarni qayta esga tushirish va shu qoidalarni nutqiy amaliyotda qo’llash vositasi deb qarashadi.

Takrorlash darslari, bir tomondan, turli mashqlar yordamida o’quvchilarda o’rganilgan materiallar doirasida malaka hosil qilishga qaratilsa, ikkinchi tomondan, o’quvchilarning bilimlarini aniqlashtirish, kengaytirishga xizmat qiladi. Bunday darsning ruhiy zamini o’quv materialini to’liq o’zlashtirish va malaka hosil qilish bilan xarakterlanadi. Shunga ko’ra, ona tili o’qitishga doir darslarning bu tipini “o’tganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darslari” iborasi bilan atash maqsadga muvofiqdir.

Takrorlash maqsadiga ko’ra olti xil bo’ladi:

- o’quv yili boshidagi takrorlash o’quvchilarning oldingi o’quv yillarida o’rgangan bilimlari asosida tashkil etiladi. Masalan, 5–sinfda boshlang’ich sinfda o’rganilgan bilimlar, 6-sinfda 5-sinfda o’rganilgan bilimlar takrorlanadi. Bu xil takrorlash orqali oldingi sinflarda o’rganilgan bilim va malakalar tizimli esga tushiriladi. Dasturlarda takrorlash uchun maxsus o’quv soatlari ajratilgan, darsliklarga esa takrorlash uchun maxsus mashqlar kiritilgan;

- o’quv yili oxiridagi yakuniy takrorlash. Bu xil takrorlash vositasida o’quvchilarning bilimlari tartibga solinadi, bilimlardagi nuqsonlar tugatiladi, mavzular yuzasidan umumiy va yakuniy xulosalar chiqariladi;

- oldin o’rganilgan bilimlarni o’quvchilar esiga tushirish uchun takrorlash. Bu xil takrorlash yangi mavzuni o’rganishga tayyorgarlik bosqichi sanaladi. Masalan, “Ega” mavzusini o’tish uchun o’quvchilarning boshlang’ich sinflarda “Ega” mavzusi bo’yicha olgan bilimlarini takrorlab, keyin yangi mavzuni bayon qilishga o’tiladi. Shu yo’l bilan o’rgatilgan va o’rgatilayotgan mavzular o’rtasida izchillik, mantiqiy aloqa hosil qilinadi. Takrorlashning bu xili yangi materialni o’rganish va mustahkamlash darslarida o’tkazilib, darsning bir bosqichi - yangi mavzuni o’rganishga tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi;

- darsda o’rgatilgan yangi o’quv materialini takrorlash. Bu xil takrorlash vaqt nuqtai nazaridan yangi o’quv materiali o’rgatilgan zahotiyoq tashkil etiladi. O’quvchilar yangi bilimlarni o’rganib olgach, shu bilimlarni esga tushirib, til dalillari ustida faoliyat ko’rsatadilar. Takrorlashning bu turi “mustahkamlash” termini bilan yuritiladi. Bu ona tili o’qitishga doir birinchi tip darsning eng asosiy bosqichlaridan biri sanaladi. Mustahkamlash o’rganilgan yangi mavzuning esda chuqurroq saqlanishi, uy topshiriqlarini puxta bajarish, kelgusi soatda takrorlash darslarini ijodiy tashkil etish uchun zamin bo’ladi;

- ona tilidan katta mavzu, bo’lim o’tilgach, o’tkaziladigan takrorlash. Bu xil takrorlash o’quvchilarning bilimlarini tizimlashtirish va umumlashtirish maqsadida o’tkaziladi. Bu haqda keyingi faslda batafsil fikr yuritiladi;

- ma’lum o’quv materiali o’rganilgach, kelgusi o’quv soatida o’tkaziladigan takrorlash. Bu xil takrorlash o’quv materialini atroflicha o’zlashtirish, ma’lum mavzu doirasida tushuncha hosil qilish, o’rganilgan mavzu doirasida malakalarni shakllantirish, o’quvchilarning bilimlarini qat’iylashtirishga qaratiladi. Unga ma’lum o’quv soati ajratiladi. Bu faslda takrorlashning shu turi to’g’risida fikr yuritiladi.

O’tganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darslari yangi materialni o’rgatish darslaridan tubdan farq qiladi. Takrorlash darsidan keyin o’quv predmetining navbatdagi qismini o’rgatish davri boshlanadi. Mashg’ulotlarning birinchisi o’quvchilar anglab etmagan, ular uchun mavhum bo’lgan til hodisalari ustida o’tkazilsa, ikkinchisi o’quvchilar anglab olgan, ular ongidan bir marta o’tgan qonuniyatlar, qoidalar ustida tashkil qilinadi. Takrorlash darslarida o’quvchilar o’rganilgan, ammo to’lig’icha o’zlashtirilmagan qonun-qoidalarga tayanadi, o’rganilgan bilimlarga rioya qilib faoliyat ko’rsatadi. Demak, bu dars tipining eng xarakterli xususiyati o’quvchilarning fan asoslarini to’liq o’zlashtirishga qaratilganligidadir.

Takrorlash va malaka hosil qilish darslarida ko’proq turli-tuman mashqlardan foydalaniladi. O’rganilgan qonun-qoidalarga oid til dalillari ustida o’quvchilarning faoliyati tashkil etiladi. O’rganilgan qoidalarni fikran xayoldan o’tkazib faoliyat ko’rsatish natijasida o’quvchilarda malaka hosil bo’ladi. Demak, bu dars tipining yana bir belgisi o’quvchilarda malaka hosil qilishdir.

O’tganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darslari, nazariy bilimlar o’rganilgach tashkil etiladi. Bu dars tipining eng xarakterli xususiyati uning yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darsining davomi, unga bog’lab tashkil etilishidadir. Quyida 5-sinfda “Otlarning kelishiklar bilan turlanishi” mavzusi bo’yicha o’tgan ikki soatlik darsining tafsilotini keltiramiz.

Birinchi dars – yangi materialni o’rganish va mustahkamlash. Darsning maqsadi: bolalarning boshlang’ich sinfda otlarning kelishiklar bilan turlanishiga doir o’rgangan bilimlarini yanada kengaytirish. Dastlab, o’quvchilarning boshlang’ich sinflarda kelishiklar mavzusi va otlarning egalik qo’shimchalari bilan turlanishiga oid bilimlarini tekshirish, esga tushirish uchun quyidagicha mustaqil ish tashkil etildi:

Qishlog’imiz, daftarimning, chaqirig’ini, shahrimizda, o’quvchilarimizdan so’zlari diktovka qilib yozdirildi, so’ngra egalik qo’shimchalarining tagiga bir marta kelishik qo’shimchalarining tagiga ikki marta chizish topshirildi. O’quvchilar ishni bajargach, suhbat o’tkazildi, kelishiklarning soni, so’roqlari aniqlandi. So’z tarkibida oldin egalik, keyin kelishik qo’shimchalarining kelishi ta’kidlandi. Shundan keyin yangi mavzuni tushuntirishga o’tildi. Doskaga quyidagi jadvalni ilib, o’quvchilar diqqati maktab so’zi va unga qo’shilgan qo’shimchalarga tortildi.

MAKTAB

Maktab – bilim va tarbiya o’chog’i. Maktabning mulkini ehtiyot qilib saqla! Maktabni sevsang, maqsadingga etasan. Maktabga qatnaganimdan beri sira dars qoldirganim yo’q. Maktabda o’qiymiz va hunar o’rganamiz. Maktabdan kelgandan so’ng onamga yordam beraman.

Kelishiklar nomi

Qo’shimchasi

So’roqlari

1. Bosh kelishik

2. Qaratqich kelishigi

3. Tushum kelishigi

4. Jo’nalish kelishigi

5. O’rin-payt kelishigi

6.Chiqish kelishigi

-

-ning

-ni

-ga (ka, qa)

-da

-dan

kim?, nima?

kimning?, nimaning?

kimni?, nimani?

kimga?, nimaga?,

kimda?, nimada?,

qaerda?

kimdan?, nimadan?

qaerdan?

Jadvaldagi har bir gapda maktab so’zi qanday qo’shimcha olganligi aytildi, keyin kelishiklar aks ettirilgan jadval bo’yicha har bir kelishikka izoh berildi.

Kelishiklar, ularning qo’shimchalari, so’roqlari, ma’nolari tushuntirilgach, o’rganilgan mavzuni mustahkamlash ustida ish qilindi:

1) berilgan so’zlarni kelishik qo’shimchalari bilan turlash;

2) izohli yozuv: Tumanimiz paxta rejasini bajardi gapini bir o’quvchi izohlab yozadi, boshqa o’quvchilar daftarlariga yozishadi. Tumanimiz so’zida tuman o’zagi, -imiz – egalik qo’shimchasi, birinchi shaxs ko’plikda, bosh kelishikda, gapda ega, tu-ma-ni-miz shaklida bo’g’inlarga ajratiladi: paxta – qaratqich kelishigida, lekin kelishik qo’shimchasi tushib qolgan, ikki bo’g’inli so’z, birinchi bo’g’inning oxirida h emas, x yoziladi: rejasini – tushum kelishigidagi ot va sh.k.

3) darslik mashqlari ustida ishlash. So’ngra dars yakunlanib o’quvchilar bilimi baholandi.

Ikkinchi dars – o’tganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darsi. Bu dars o’quvchilarga mustaqil ishni bajartirish bilan boshlandi. O’quvchilar matnni ko’chirib, she’r, xat, kino, maktab so’zlarining qaysi kelishikda ekanligini qavs ichiga yozdilar. So’ngra bir o’quvchi o’zi bajargan ishni o’qib berdi, boshqalar xatolari bo’lsa, unga qarab tuzatdi. Mustaqil ishning bajarilishi tekshirilgach, kelishiklar ustida suhbat o’tkazildi, kelishiklarning ma’nolari so’raldi.

Darslikdagi mashqlarning bir nechtasi jamoa bo’lib og’zaki bajarildi. Otlarning ba’zan qaratqich va tushum kelishiklarida qo’shimchasiz ishlatilishi, tushum kelishigining qo’shimchasi, uning qo’llanishi aytildi. Bu bilimlar darslik mashqlari bo’yicha yana mustahkamlandi. O’quvchilar maqollarni o’qib, otlarning qaysi kelishikda kelganligini aytishdi: El tinchligini buzgan omon qolmas. Daryo suvini bahor toshirar, odam qadrini mehnat oshirar. El tinchligini, daryo suvini, odam qadrini birikmalarini el tinchligin, daryo suvin, odam qadrin shaklida yozish mumkin ekanligi aniqlandi. Bolalar tushum kelishigida kelgan otlarni qisqargan shaklda qo’llab, maqollarni ko’chirib yozishdi: El tinchligin buzgan omon qolmas. Daryo suvin bahor toshirar, odam qadrin mehnat oshirar.

Paxta, dars so’zlarini ikki o’quvchi kelishik qo’shimchalari bilan turlab doskaga, qolgan o’quvchilar o’z daftarlariga yozdi. Keyin quyidagi gaplar yuzasidan mustaqil ish o’tkazildi. Bolalar gaplar tarkibidagi otlarni aniqlab, ularning qaysi kelishikda ekanligini, gapning qaysi bo’lagi vazifasida kelayotganini aytib berishga tayyorlandi. Odam qo’li cho’lni bo’ston qiladi. Xalqimiz qadimdan bog’dorchilikni sevadi.

Ikkinchi darsda bir paytning o’zida otlarning kelishiklar bilan turlanishiga oid bilimlar ham, mavzu yuzasidan hosil qilingan malakalar ham mustahkamlandi. O’quvchilar o’rganilgan bilimlarga rioya qilib, so’zlarni kelishik qo’shimchalari bilan turlab yozishdi, tayanch so’zlar ishtirokida “Maktab issiqxonasi” mavzusida bog’li matn tuzishdi.

Darsda otlarning kelishiklar bilan turlanishiga oid bilimlarga sakkiz variantda takror qaytib kelindi: 1) darslikdagi mashqni mustaqil bajarish-bunda o’rganilgan bilimlarga tayanib, she’r, xat, kino, maktab so’zlarining qaysi kelishikda kelganligi aniqlandi; 2) kelishiklar, ularning so’roqlari, ma’nolari bo’yicha sinov suhbati-o’rganilgan bilimlarni o’qituvchiga aytib berish maqsadida unga qaytish; 3) uy vazifasini tekshirishda globus so’zining qaysi kelishikda ekanligini aytib berish yo’li bilan o’rganilgan bilimlarga takroriy qaytish; 4) darslikdagi mashqlarni echish yo’li bilan o’rganilgan bilimlarni qayta xotirlash; 5) paxta, dars so’zlarini egalik va kelishik qo’shimchalari bilan turlash-egalik va kelishik kategoriyasini o’zaro taqqoslash maqsadida o’rganilgan bilimlarga rioya qilish; 6) berilgan gaplar tarkibidagi otlarning qaysi kelishikda ekanligi, gapdagi vazifalarini aniqlash, mavzu yuzasidan bilimlarni kengaytirish maqsadida unga qaytish; 7) o’rganilgan bilimlarga rioya qilib, bog’li nutq tuzish-o’rganilgan bilimlarnining amaliy qo’llanishi ustida ishlash; 8) bajarilgan ish yuzasidan suhbat-o’quvchilar bajarilgan ish bo’yicha hisobot berish yo’li bilan o’rganilgan bilimlarga takroriy qaytadi.

Takrorlash darsida tashkil etilgan ishlar rang-barang edi. Ishning eng og’ir turi darsning oxirida tashkil etildi. Darsda mustaqil ish bajarilib, sinov suhbati o’tkazilgach, uy vazifasi tekshirildi. Bu bolalarning uy vazifasini bajarishda yo’l qo’ygan xatolarini payqab olishlariga ko’maklashdi.

O’tganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darslari turli-tuman mashqlar asosida tashkil etiladi. O’qituvchi har bir o’quv materiali-mazmunini tahlil qilish, mavzu yuzasidan o’tkaziladigan mashq turlarini aniqlab olishi, ulardan zarur o’rinlarida darslik materiallariga qo’shimcha ravishda foydalanishi lozim. Professor G’.Abdurahmonov uyushiq bo’laklarda tinish belgilarining ishlatilishini tahlil qilib, ona tili mashg’ulotlarida quyidagi mashq turlaridan foydalanishni tavsiya qiladi.

1. Matndagi gaplarning qaysi bo’laklari uyushib kelganligi va ular orasida nima sababdan vergul qo’yilishi yoki qo’yilmasligini aniqlash.

2. Berilgan gaplardagi uyushiq bo’laklarni aniqlash, gapning qaysi bo’lagi uyushib kelayotganini aytish, kerakli tinish belgilarini qo’yib ko’chirish.

3. Sodda gap tarkibidagi uyushiq bo’lak, umumlashtiruvchi so’z kiritish va tinish belgilarini qo’yib yozish.

4. Berilgan sodda gaplarni birlashtirish yo’li bilan uyushiq bo’lakli gap tuzish, tinish belgilarini qo’yib ko’chirish.

5. Berilgan gaplar tarkibidagi takrorlanuvchi bog’lovchilarni yakka bog’lovchilar bilan va, aksincha, yakka bog’lovchilarni takrorlanuvchi bog’lovchilar bilan almashtirib yozish, tinish belgilarining ishlatilish yoki ishlatilmaslik sabablarini izohlash.

6. Bog’lovchisiz birikkan uyushiq bo’laklarni turli bog’lovchilar bilan biriktirish va, aksincha, bog’lovchi yordami bilan aloqaga kirishgan bo’laklarning bog’lovchilarini tushirib, ularni bog’lovchisiz uyushiq bo’laklarga aylantirish.

7. Berilgan gaplardagi aniqlovchilarning qaysi biri uyushgan va qaysi biri uyushmaganligini aniqlash, uyushish va uyushmaslik sabablarini izohlash.

8. Berilgan gaplardagi uyushiq bo’laklar va umumlashtiruvchi so’zni aniqlash va tinish belgilarining ishlatilish sabablarini izohlash.

Malakalar grammatik bilimlar asosida hosil qilinadi. Bunday murakkab ish tizimli mashqlar orqaligina istalgan natijaga erishish mumkin. Grammatik bilimlar bo’yicha malaka hosil qilish jarayonini “Undalmali gaplar” (boshlang’ich sinf) mavzusi misolida ko’raylik.

Boshlang’ich sinf o’quvchilari undalmaning ta’rifi, uning gapning boshida, o’rtasida, oxirida kelishini o’rganadilar. Undalmalarda ishlatiladigan tinish belgilarini o’zlashtiradilar.

Undalmalarni o’rganish jarayonida o’quvchilarda ikki xil malaka shakllantiriladi: intellektual malakalar - undalmalarni tushunish va ularni gapning boshqa bo’laklaridan ajrata olishga doir malakalar; muskul harakati malakalari - undalmalarni og’zaki va yozma nutqda qo’llay olishga doir malakalar. Mavzu yuzasidan hosil qilinadigan malakalarni quyidagi jadvalda ko’rsatamiz.

Undalma mavzusi bo’yicha hosil qilinadigan malakalar

Intellektual malakalar

Muskul harakati malakalari

1) so’zlovchining nutqi qaratilgan so’z undalma ekanligini anglash;

2) undalmalarning shaxs va boshqa narsalarni bildirishini tushunish.

1) undalmalarni gap tarkibida to’g’ri o’qish;

2) undalmali gaplarni to’g’ri talaffuz etish va yozish;

3) undalmalarni gap tarkibidagi o’rniga qarab, o’ziga xos ohang bilan o’qish.

1) gap boshida, o’rtasida, oxirida kelgan undalmalarni ajratish;

2) gap tarkibidagi darak, so’roq, buyruq, his-hayajon bilan aytiladigan undalmalarni farqlash.

Gap boshida, o’rtasida, oxirida kelgan undalmalarda tinish belgilarini to’g’ri ishlatish.

1) undalmalarni topish, ularni gapning boshqa bo’laklaridan ajrata olish;

2) undalmalarni topish metodini o’zlashtirish;

3) matndan undalmalarni topib ko’rsatish.

1) gap boshida, o’rtasida, oxirida kelgan undalmalarni to’g’ri o’qish,

2) berilgan so’zlarni undalma vazifasida ishtirok ettirib, gap tuzish;

3) og’zaki va yozma nutqda undalmalarni to’g’ri ishlatish;

4) undamalarni o’ziga xos ohang, temp, ritm bilan o’qish va aytish.

Dars uy vazifasini tekshirish, undalma ustida savol-javob o’tkazishdan boshlanadi.

O’tilganlar takrorlangach, undalmalarni gap tarkibida topish metodi quyidagi misollar vositasida tushuntiriladi: O’quvchilar, ertaga ekskursiyaga ketamiz. Bolalar, o’quv qurollarini ko’z qorachig’iday asrang! Buvijon, sizni tug’ilgan kuninigiz bilan tabriklayman! Uchta gapda ham undalmalarning bosh kelishikda ekanligi, bu jihatdan undalmaning egaga o’xshashligi ta’kidlanadi. Gaplarning kesimiga qarab, tushirib qoldirilgan ega toptiriladi; birinchi gapning egasi biz – birinchi shaxs, ko’plik, kishilik olmoshi; ikkinchi gapning egasi siz – ikkinchi shaxs, ko’plik, kishilik olmoshi; uchinchi gapning egasi men – birinchi shaxs, birlik, kishilik olmoshi.

Misollardan undalmalarni topish metodiga doir xulosa chiqariladi: undalma gap boshida kelganda, gapning egasi undalmadan keyin keladi; undalma gap o’rtasida, oxirida kelganda, ega undalmadan oldin keladi.

Yuqoridagi xulosa bo’yicha she’riy va nasriy matnlar ustida ish qilindi.

She’r

1. Bu yulduzni, dada, men,

Ko’rgan edim o’tgan kun.

2. Onam derdi:-Jonginam,

Budir iqbol yulduzi.

Nasr

1. Dada, men bu yulduzni o’tgan kun ko’rgan edim.

2. Onam, jonginam, bu iqbol yulduzidir derdi.

Quyidagi gaplar asosida ijodiy diktant o’tkaziladi: Qaynatilmagan suvni ichmang. Tug’ilgan kuning bilan tabriklayman. Mo’l hosilingiz muborak bo’lsin.

O’qituvchi gaplarni og’zaki bayon qiladi. O’quvchilar singlim, bolalar, paxtakorlar so’zlarini undalma vazifasida ishtirok ettirib, gaplarni yozishadi.

Shunday qilib, dars quyidagicha tashkil etiladi:

I. “Undalma” mavzusi bo’yicha o’rgatilgan bilimlarni xotirlash: 1) uy vazifasini tekshirish; 2) mavzu bo’yicha savol-javob.

II. Gap tarkibidagi undalmalarni topish ustida mashq: 1) gaplarni tahlil qilish, tushib qolgan egalarni aniqlash, undalmalarni topishga oid xulosalar chiqarish; 2) chiqarilgan xulosa asosida mashq qilish.

III. Undalma bo’yicha o’rganilgan bilimlarga rioya qilib, mashq qilish: 1) undalmalarni aniqlash, tinish belgilarini qo’yib ko’chirish; 2) berilgan so’z birikmalarini undalma vazifasida ishtirok ettirib, gap tuzish; 3) undalmali va undalmasiz gaplarning o’qilishini o’zaro taqqoslash, undalmalarni o’qishiga oid xulosalar chiqarish; 4) berilgan parchadagi undalmalarning o’qish texnikasini aniqlash.

IV. O’quvchilarning bilim va malakalarini tekshirish: ijodiy diktant o’tkazish va uning natijasini tekshirish.

V. Uyga vazifa topshirish.

VI. Bolalar bilimini baholash va darsni yakunlash.

Bu ishlar asosida o’quvchilar gapda undalmalarni topish yo’llarini o’rganadilar, matndan undalmalarni topib ko’rsatish, undalmalarni gapning boshqa bo’laklaridan ajratish malakalarini hosil qildilar. Undalmalarda tinish belgilarini to’g’ri ishlatish, gapning boshi, o’rtasi, oxirida kelgan undalmalarni o’qishga doir ko’nikmalar hosil qilinadi. Mashg’ulotda har bir topshiriqni bajartirishdan oldin o’rgatilgan qoidalar eslatiladi, bajarilgan topshiriqlar asosida umumiy xulosalar chiqariladi.

Xatolar ustida ishlash mashg’ulotlari ham o’tilganlarni takrorlash va malaka hosil qilish dars tipi doirasiga kiritaladi.

Yozma ishlarni tahlil qilish darslarida o’quvchilarning tipik xatolarini yo’qotish til o’qituvchisining asosiy vazifasi sanaladi. Bunday darslar xilma-xil mashqlar asosida o’tkaziladi, xato yozilgan so’zlarga oid qoidalar mustahkamlanadi. Namuna uchun 5-sinfda o’tkazilgan bir soatlik darsning tafsilotini keltiramiz.

5-sinfda tutuq belgili ()si o’rganilgach, nazorat diktanti o’tkazildi. Nazorat diktantida o’quvchilar tutuq belgili (‘) so’zlarni xato yozishgan, tarkibida iy, yi (jiyda, yilqi) st (stakan, stul) birikmalari bo’lgan so’zlarda xatoga yo’l qo’yishgan. O’quvchilarning tipik xatolari aniqlangach, xatolar ustida ishlash darsi quyidagi reja bo’yicha o’tkazildi.

Dars mavzusi: Xatolar ustida ishlash.

Darsning maqsadi: yozma ishni tahlil qilish, tipik orfografik xatolarni yo’qotish, xato yozilgan so’zlarga oid qoidalarni mustahkamlash.

Darsning borishi:

1. O’quvchilarning yozma ishlariga tavsif berish.

2. O’quvchilarning baholarini e’lon qilish.

3. Tipik xatolar ustida ishlash:

a) palto, stakan, jiyda so’zlarida yo’l qo’yilgan xatolarni izohlash;

b) shu so’zlarni bo’g’inlarga ajratib yozish;

d) shu so’zlar ishtirokida gaplar tuzish.

4. Xato yozilgan so’zlarga oid qoidalarni darslikdan topib o’qish.

5. Tipik orfografik xatolarni tugatishga oid mustaqil ish.

Buning uchun o’quvchilarga quyidagi tarqatmalar tarqatildi (Tarqatmaning birinchi qismiga mustahkamlanayotgan orfogramma, ikkinchi qismida shu orfogrammaga doir bitta so’z yozib qo’yiladi). Bolalar tarqatmalardagi orfogramma va so’zlarga qarab, o’xshash misollar o’ylab topishadi.

1-tarqatma

1

2

O’xshashlarini topish

st

Stakan

stul, stol, stansiya, stanok

2-tarqatma

1

2

O’xshashlarini topish

yi

Yigirma

Yig’im, yilqi, yigit, yig’ilish, yiroq, yirik

3-tarqatma

1

2

O’xshashlarini topish

Ma’no

Albom

Ta’na, ta’sir, sur’at, sa’va

Lager, tabel, fizkultura

O’quvchilar imlo lug’atidan foydalanib, yuqoridagi tarqatmalarni to’ldirib yozishadi. Bolalarga uyda shu ishni davom ettirish tavsiya qilinadi.

Dars qurilishidan ko’rinadiki, mashg’ulot turli-tuman topshiriqlar, mustaqil ishlar asosida o’tkaziladi. Bu topshiriqlarni bajarishda bolalar o’rganilgan qoidalarni eslaydi, shu qoidalarga oid misollar topishadi. Darsda o’quvchilarning barchasi faol ishtirok etadi. Demak, xatolar ustida ishlash darslarini takrorlash va malaka hosil qilish mashg’ulotlari tipida tashkil etish orqali orfografik qoidalar puxta egallanadi, o’quvchilarda o’rgatilgan qoidalarga oid malakalar shakllanadi.

Grammatik tushunchalarni o’zlashtirishda bir qancha bosqichlarga rioya qilinadi. Oldin grammatik hodisa bilan, uning asosiy belgilari bilan tanishiladi, so’ngra shu hodisaga oid dalillar turli matnlardan izlanadi, keyinchalik esa shu hodisaga oid so’zlar, sintaktik konstruksiyalarni nutqda to’g’ri qo’llash yo’llari o’zlashtiriladi.

Nutq o’stirish mashg’ulotlari o’rganilgan grammatik qonun-qoidalarga bog’lab tashkil etiladi. Shu sababli nutq o’stirish mashg’ulotlarini ham o’tganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darslari doirasiga kiritamiz. O’tganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darslarining qurilishi o’rganilgan bilimlarning umumiy qurilishiga ko’ra belgilanadi. O’rganilgan bilimlar mazmuniga mos mashqlarni, turli topshiriqlarni bajarish natijasida bolalarda turli malakalar shakllanadi. Bunday darslarda o’rgatilgan bilimlar oldin o’zlashtirilgan bilimlarga taqqoslanadi. O’quvchilarda turli-tuman nutq ko’nikmalari hosil qilinadi.

Bilim va malakalarni umumlashtirish darslari

Reja:

  1. Bilim va malakalarni umumlashtirish darslarining maqsad va vazifalari.

  2. Bilim va malakalarni umumlashtirish darslarining tarkibiy qismlari.

  3. Bilim va malakalarni umumlashtirish darsi tuzilishi.

  4. Bilim va malakalarni umumlashtirish darsini tashkil qilish usuliyoti.

Bilim va malakalarni umumlashtirish darslarida ma’lum mavzu yoki bo’lim bo’yicha o’zlashtirilgan bilimlar qayta tizimga keltiriladi, mavzu yoki bo’lim yuzasidan yakuniy xulosalar chiqariladi. Bunday darslar o’rganilgan bilim, hosil qilingan malakalarni tizimga keltirish, o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning asosiy shakli hisoblanadi.

Ta’lim jarayonida grammatik bilimlar o’zaro bog’langan ikki xil darajada: empirik va tushuncha darajasida umumlashtiriladi. Empirik umumlashtirishda o’rganilayotgan hodisaning his qilingan xususiyatlari o’zaro taqqoslanadi, ikkilamchi belgilar hisobga olinmaydi, o’xshash belgilar umumiy xususiyat sifatida qabul qilinadi. Masalan, 5-sinfda “Otlarning birlik va ko’plikda qo’llanishi” mavzusi o’tilayotganda, birlik (qalam) va ko’plik (qalamlar) o’zaro taqqoslanadi. –lar qo’shimchasining boshqa belgilari (hurmat, kesatish, tur ma’nolarini bildirishi) hisobga olinmaydi. –lar shaklining umumiy xususiyati sifatida ko’plik ma’nosi, ko’plikning ziddi sifatida birlik ma’nosi ajratiladi. Mashg’ulot shu belgilar (ko’plik va birlik) atrofida tashkil etiladi.

Ruhshunoslikka oid tadqiqotlardan ma’lumki, bola turli hodisalar, narsalar, ularning belgilarini ma’lum tushuncha ostida to’playdi. Ruhshunoslikda bunday bog’lanish “lokal assotsiatsiya” istilohini bilan yuritiladi. Bolaning turmush tajribasi oshgan sari, u narsalarni konkret ajrata boshlaydi. Bola ongida hosil bo’lgan lokal assotsiatsiya asta–sekin o’z xususiyatini yo’qotadi. Ta’lim jarayonida ham xuddi shu hodisani kuzatish mumkin. O’quvchi biror mavzuni o’rganish paytida shu mavzuga oid bilimlarni boshqa grammatik hodisalardan farqlay olmaydi, mavzuga doir dalil keltirishda qiynaladi. Mavzu bo’yicha etarli dalil to’plab, ular tahlil qilingach, o’quvchi mavzuga doir bilimlarni o’z so’zlari bilan erkin ayta oladi, shu mavzu bo’yicha berilgan dalillarni ajrata biladi. O’qituvchining vazifasi shu bog’lanishlarga oid dalillarni tahlil qilish, o’quvchilar bilimini tizimlashtirish, lokal assotsiatsiyalarni umumlashgan bilimlar darajasiga ko’tarishdan iborat. Ko’rinadiki, empirik umumlashtirish tushuncha darajasida umumlashtirishni taqozo etadi. Demak, bilim va malakalarni tizimlashtirish darslarining ruhiy zamini tushuncha darajasida umumlashtirish hisoblanadi.

Tushuncha darajasida umumlashtirishda ma’lum grammatik hodisaning his qilinayotgan konkret belgilari emas, balki uning umumiy xususiyatlari nazarda tutiladi. Bunda asos qilib olingan xususiyat o’rganilgan hodisalarning bir qanchasi uchun mushtarak hisoblanadi. Mashg’ulotlarda yuqori darajada abstraksiyalashni ta’minlaydigan topshiriqlardan foydalaniladi.

Aqliy operatsiyalar (tahlil, qayta qo’shish va ularning hosilasi-abstraksiyalash, aniqlashtirish, umumlashtirish, taqqoslash, tasniflash) inson aqliy taraqqiyoti darajasining ko’rsatkichi bo’lib, ular kishida shakllangan bilimlar tizimi bilan belgilanadi. Tizimga keltirilgan bilimlar fikrlash jarayonidagi izchillikni ta’minlaydi, o’rganilayotgan hodisalarning mohiyatini chuqurroq anglashga ko’maklashadi. Masalan, aniqlovchi o’rganilgach, umumlashtirish darsi quyidagi savollar atrofida o’tkaziladi:

1. Sifatlovchi va qaratqich aniqlovchilarning o’xshash tomonlari va farqlari nimalardan iborat?

2. Izohlovchi qaysi tomondan sifatlovchi aniqlovchiga o’xshaydi?

3. Aniqlovchining barcha turlari (sifatlovchi aniqlovchi, qaratqich aniqlovchi, izohlovchi) uchun qanday xususiyat umumiy hisoblanadi?

Mavzu yuzasidan umumiy xulosa chiqarish uchun quyidagi topshiriqlar ustida ish olib boriladi.

1-topshiriq

Gaplarni o’qib, sifatlovchi va qaratqich aniqlovchilarni toping. Ularning farqlarini aytib berishga tayyorlaning.

1. Po’lat pichoq qinsiz qolmas. 2. Ishlaganning yuzi yorug’ bo’ladi. 3. Daraxtlarning ko’m-ko’m shoxlarida och-sariq gullar miltillab ko’rinar edi.

2-topshiriq

“O’qigan” so’zini sifatlovchi va qaratqich aniqlovchilar vazifasida keltirib, ikkita gap tuzing. Sifatlovchi va qaratqich aniqlovchilarning umumiy xususiyatini aytib berishga tayyorlaning.

3-topshiriq

Gaplarni o’qib, aniqlovchilarning turlarini aytib berishga tayyorlaning. Sifatlovchi, qaratqich, izohlovchi aniqlovchilarning qanday ifodalanganini tushuntiring.

Ayvon pastida Soli sovuq bilan Juman pismiq qo’l qovushtirib turardi. Egrining soyasi ham egri. Bizning qishlog’imiz tog’ yon bag’riga tutashgan. Ko’m-ko’k ko’zli latta qo’g’irchoqning yuzi olmadek qip-qizil edi.

4-topshiriq

Aniqlovchining qaysi so’z turkumlari bilan ifodalanganini aniqlab, gap tarkibidagi o’rnini taqqoslang. Gapning qaysi bo’lagini aniqlayotganini tushuntiring. Aniqlovchilarning uchala turi uchun umumiy xususiyatini ko’rsating.

Oltining yarmi-uch. Ko’m-ko’k dalalar ko’rindi. Vatan – ona so’zi naqadar laziz (Uyg’un).

Yuqoridagi topshiriqlarni bajarish asosida aniqlovchi bo’yicha quyidagi umumiy xulosalar chiqariladi:

1. Sifatlovchi va qaratqich aniqlovchilarning farqlari – sifatlovchi aniqlovchi narsa belgisini anglatib, sifat, son, olmosh, ot, sifatdoshga oid so’zlar bilan ifodalansa, qaratqich aniqlovchi narsa qarashli bo’lgan narsani bildirib, qaratqich kelishigidagi so’zlar bilan ifodalanadi, sifatlovchi va qaratqich aniqlovchilarning o’xshash tomonlari–ular gap tarkibidagi biror bo’lakni aniqlaydi, gap tarkibida o’zlari aniqlagan gap bo’lagidan oldin keladi.

2. Izohlovchi gap tarkibidagi biror bo’lakni aniqlashi bilan sifatlovchi va qaratqich aniqlovchilarga o’xshaydi. Izohlovchi gap tarkibidagi o’rni jihatdan sifatlovchi va qaratqich aniqlovchilardan farq qiladi: izohlovchi ba’zan izohlanmishdan oldin, ba’zan esa keyin keladi.

3. Aniqlovchilarning barcha turlari gap tarkibidagi biror bo’lakni aniqlaydi. Gap bo’laklarini aniqlash aniqlovchilarning barcha turlari uchun umumiy xususiyat hisoblanadi. Chiqarilgan umumiy xulosalar zaminida aniqlovchilarga doir yanada umumiy, oxirgi va yakuniy xulosa chiqariladi.

Gapning biror bo’lagini aniqlaydigan, izohlaydigan yoki biror bo’lakning ikkinchi bo’lakka qarashli ekanligini ko’rsatadigan gap bo’lagiga aniqlovchi deyiladi.

Yuqoridagilardan ko’rinadiki, bilim va malakalarni umumlashtirish darslari darsning boshqa tiplaridan tubdan farq qiladi. Ruhiy jihatdan umumlashtirish darslari tushuncha doirasida bilimlarni tizimga keltirish bilan xarakterlanadi. Bunday darslar uchun alohida mashq tanlanadi, mashg’ulot o’rganilgan tushunchalar, hosil qilingan malakalarni taqqoslash asosida olib boriladi. Bilim va malakalarni umumlashtirish darslarining miqdori o’rgatilgan bilimlar mundarijasiga ko’ra belgilanadi. Masalan, “Ot-so’z turkumi” bo’yicha quyidagi mavzular yuzasidan umumlashtirish darslari tashkil etiladi: otlarning grammatik xususiyatlari, turdosh va atoqli otlar, otlarning birlik va ko’plikda qo’llanishini umumlashtirish – 1 soat; otlarning turlanishi, egalik, kelishik qo’shimchalarining yozilishi – 1 soat; “Ot” so’z turkumi bo’yicha o’rganilgan barcha bilimlarni tizimga solish uchun – 1 soat.

Umumlashtirish darslarida mavzuni o’rgatish paytida beriladigan savollar murakkablashtirib boriladi. Masalan, egalik va kelishik kategoriyalarini o’rgatishda quyidagi savollardan foydalaniladi: Turlanish deb nimaga aytiladi? O’zbek tilida nechta kelishik bor? Qaratqich kelishigining ma’nosi, so’rog’i, qo’shimchasini aytib bering. Qanday qo’shimchalarga egalik qo’shimchasi deyiladi? va hokazo. Shu mavzu yuzasidan bilim va malakalarni umumlashtirish darslarida esa bu savollar yanada murakkablashtiriladi: kelishik va egalik deb nimaga aytiladi? Otlarning egalik va kelishik qo’shimchalari bilan o’zgarishidagi farqlarni ayting. So’z tarkibida egalik va kelishik qo’shimchalarining o’rnini tushuntiring. Turli kelishikdagi otlarning gapdagi vazifalarini ayting.

Bilim va malakalarni umumlashtirish darslarida umumlashtiruvchi jadvallardan, turli-tuman chizmalardan foydalaniladi. Buni “Ko’chirma va o’zlashtirma gap” mavzusi bo’yicha o’tkaziladigan mashg’ulot namunasida ko’raylik.

Dars mavzusi: “Ko’chirma va o’zlashtirma gap”.

Darsning maqsadi: 1) ko’chirma va o’zlashtirma gap bo’yicha o’rgatilgan bilimlarni umumlashtirish; 2) ko’chirma va o’zlashtirma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishiga doir malakalarni umumlashtirish; 3) ko’chirma va o’zlashtirma gapli matnlarni o’qish malakalarini mustahkamlash.

Darsning maqsadini bolalarga etkazish uchun quyidagicha mustaqil ish o’tkaziladi.

Topshiriq: Gaplarni o’qing. Har bir gapga mos keladigan terminlarni o’ylab toping.

Er – xazina, suv – gavhar” - dedi jamoa xo’jaligi raisi.

O’qituvchi olti o’quvchining a’lo baho olganini aytdi.

- Gapiring, nega jim bo’lib qoldingiz? – dedi Bo’ston.

- Xayol olib qochdi.

- Qayoqqa?

- Ajoyib shinam boqqa. (S.N.)

Har bir qatordagi gaplarga mos keladigan atamalar (ko’chirma gap, o’zlashtirma gap, dialog) topilgach, darsning maqsadi aytiladi.

-Siz oldingi darslarda ko’chirma gap, o’zlashtirma gap va dialog mavzularini o’rganib, ularda ishlatiladigan tinish belgilarini o’zlashtirgan edingiz. Yuqoridagi topshiriqni bajarish paytida har bir qatorga mos keladigan terminlarni o’ylab topdingiz. Bugungi darsda ko’chirma gap va o’zlashtirma gap mavzulari bo’yicha o’rganilgan bilimlarni tizimga keltiramiz, bunday gaplarni o’qish texnikasi hamda ularda ishlatiladigan tinish belgilari bo’yicha mashq qilamiz.

Darsda o’quvchilarning bilim va malakalarini tizimlashtirish, mustahkamlash uchun quyidagi topshiriqlar o’tkaziladi.

1-topshiriq

Tinish belgilarini qo’yib ko’chiring. Ko’chirma gap va muallif gapini o’qish yo’llarini aniqlang.

1. Shu erlarga irrigator bo’lib bora olmaysizmi dedi xaritani ko’rsatib.

2. Qorovul do’q qildi:-“ Ketinglar”.

3. Odoblilik, mehnatsevarlik dedi o’qituvchi kishining eng yaxshi fazilati.

4. Fayziniso opa mavsumda yigirma tonna paxta terib topshiraman deb so’z berdi.

Topshiriq bajarilgach, o’quvchilar navbat bilan har bir gapni izohlashdi: tinish belgilarini ishlatish sabablari, gapni o’qish texnikasini aytib beradi.

Birinchi o’quvchi: ko’chirma gap so’roq mazmunida bo’lib, muallif gapidan oldin kelgan. Ko’chirma gap qo’shtirnoqqa olinadi, muallif gapidan oldin tire qo’yiladi. Ko’chirma gapning oxirida ovoz balandlashadi, undan keyin pauza qilinadi. Muallif gapi esa past ovoz bilan o’qiladi.

Ikkinchi o’quvchi: muallif gapi oldin kelgan. Muallif gapidan keyin ikki nuqta qo’yiladi. Ko’chirma gap buyruqni ifoda qilyapti. Ikki nuqtadan keyin qo’shtirnoq ochiladi, ko’chirma gapning oxiriga undov belgisi qo’yilib, qo’shtirnoq yopiladi. Muallif gapi past ovoz bilan o’qiladi, ko’chirma gap baland ovoz bilan o’qiladi va hokazo.

2-topshiriq

Ushbu chizmalarga mos keladigan bittadan gap tuzing. O’zingiz yozgan gaplarning o’qilishi va ularda ishlatilgan tinish belgilarini izohlashga tayyorlaning.

1. “___________?” ............................... .

2. .........................: “_______________!”

3. .........................: “_______________” . . . . . . . . .

4. “___________” , - .............................

O’quvchilar berilgan chizmalar asosida gaplar o’ylab topishadi. Qo’yilgan tinish belgilarini izohlab, gaplarni o’qish yo’llarini aytib berishadi.

3-topshiriq

O’quvchilarga ikki variantda topshiriq beriladi. Birinchi variant o’quvchilari ko’chirma gaplarni o’zlashtirma, ikkinchi variant o’quvchilari o’zlashtirma gaplarni ko’chirma gapga aylantirib yozishadi.

1- variant uchun misollar

Maktab tajriba uchastkasiga turli mevali daraxtlar ekdik”, - dedi o’qituvchi.

Men, - dedi Zulfiya, - a’lo o’qish uchun butun kuchimni sarf qilaman”.

O’qituvchi so’radi: “Muzeyga qilingan ekskursiyadan kimda qanday taassurot qoldi?”

2- variant uchun misollar

Anor o’g’it g’o’zaning tomir-tomirlariga singishi kerakligini aytdi.

O’qituvchi o’z nutqida dunyodagi tinchliksevar xalqlarning tinchlik uchun kurashayotganligini aytdi.

Mashg’ulot o’zlashtirilgan tushunchalarni (“ko’chirma gap”, “muallif gapi”, “o’zlashtirma gap”) taqqoslash asosida tashkil etildi. Topshiriqlarni bajarish yo’li bilan ko’chirma va muallif gapida ishlatiladigan tinish belgilariga oid qoidalar mustaqkamlandi. Ko’chirma va muallif gapini o’qish, ko’chirma gapni o’zlashtirma gapga, o’zlashtirma gapni ko’chirma gapga aylantirish yo’llari to’g’risida umumiy xulosalar chiqarildi.

O’quv yili boshi va oxirida o’tkaziladigan takrorlashning o’ziga xos vazifalari bor. Ammo bu xil takrorlashlarning zaminida ham tushuncha darajasida umumlashtirish yotadi. Shu tufayli o’quv yili boshida va oxirida o’tkaziladigan takrorlash mashg’ulotlarini bilim va malakalarni umumlashtirish darslari doirasiga kiritish mumkin. Umumlashtirish darslarni samarali tashkil etish uchun takrorlanadigan materiallar mavzusi oldindan aytib qo’yiladi, o’quvchilar uyda maxsus tayyorgarlik ko’rib keladilar.

Bilim va malakalarni tekshirish darslari

Reja:

  1. Bilim va malakalarni tekshirish darslari haqida tushuncha.

  2. Bilim va malakalarni tekshirish darslari tuzilishi.

3.Ona tili va o’qish mashg’ulotlaridalarida bilim va malakalarni tekshirish darslarini tashkil etish.

Bilim va malakalarni tekshirish ona tili ta’limining ajralmas qismi hisoblanadi. Bunday darslarda o’quvchilarning bilim va malakalarni qay darajada egallaganliklari aniqlanadi, o’tilgan mavzular bo’yicha bundan keyin qilinadigan ishlar belgilanadi, o’quvchilarga o’z bilimlaridagi etishmovchiliklar ko’rsatiladi. Bilim va malakalardagi etishmaydigan narsalarni anglash, nuqsonlarni fahmlash bolalarga o’z mehnatining natijasini to’g’ri baholashga imkon beradi.

Sinov testlari tizimi

I. Berilgan javoblar orasidan undalmaga berilgan ta’rifning eng to’lig’i va to’g’risini belgilang.

- - - - - - - - - - - - - - - - - -

1. Undalma gapning boshi, o’rtasi, oxirida keladi. A.

  1. So’zlovchining nutqi qaratilgan shaxsni

ifodalagan so’zga undalma

deyiladi. B.

3. So’zlovchining nutqi qaratilgan shaxs va

narsalarni ifodalagan so’zlarga undalma deyiladi. C.

4. Undalma gapning o’rtasida kelgan bo’lsa,

uning ikki tomoniga vergul

qo’yiladi. D.

  • - - - - - - - - - - - - - - - - - - -

- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -

II. Berilgan gaplarning qay birida murakkab

va shaxsga qaratilgan undalma ishtirok etgan?

1. O’g’lim, dadangning ishi ko’payib

ket di. A.

2. Bahor, ketma bizning bog’lardan. B.

3. Quyosh, nurlaringni to’ka

ber tinmay. C.

4. Ey aziz bolalar, Vatanga munosib posbon

bo’lib etishing. D.

- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -

- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -

III. Keltirilgan qoidalarning qay birida

undalmalarning o’rni to’liq ko’rsatilgan?

1.Undalma gapning boshida keladi. A.

2.Undalma gapning boshi, o’rtasi,

oxirida keladi. B.

3.Undalma gapning oxirida keladi. C.

4.Undalma gapning o’rtasida keladi.

1 A.V.Tekuchev. Metodika russkogo yazka v sredney shkole. M., 1970, vtoroye izdaniye, str. 132.

2 Y.Abdullayev. Ona tili o’qituvchilarining ish tajribasidan. Toshkent, 1965. 5 – 16 - bet.

 H.Ne’matov, A.G’ulomov, M.Qodirov, M.Abduraimova. Ona tili (5-sinf uchun darslik). Toshkent, O’qituvchi, 2002. 20-22-betlar.

 Abdurahmonov G’. Punktuatsiya o’rgatish metodikasi. –T.: O’qituvchi, 1968. 66-67-betlar.

1

Смотреть полностью


Похожие документы:

  1. 1 Xozirgi zamon tabiiy fanlar konseptsiyasi fanining namunaviy dasturi

    Документ
    ... innovatsion va pedagogik texnologiyalar, kompyuter ... sovuq faslida materikdan okeanga issiq faslida, aksincha ... talim Umumiy oprta talim bosqichlari quyidagicha: boshlang`ich talim (1-1V sinflar); umumiy oprta talim (1-1X sinflar). Boshlang`ich talim ...
  2. Jizzax davlat pedagogika instituti

    Документ
    ... Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pedagogika instituti “Boshlangich ta’lim nazariyasi ... mehnatsevarlik, ezgulik, mehr–shafqat fazilat-larini, o’zidan katta yoshdagilarga ... ulotingizda muallifni e’lon qilib, masala tahlilini o’tkazing. 3.5.2. “Ma’naviyat ...
  3. A. q odiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti

    Документ
    ... JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI 401-guruh talabasi ... xizmat qilib kyelmoqda. Matematika boshlangich tushunchalari, faqatgina ijtimoiy jarayonlarda ... Korrelyasiya – biz kuzatishni tahlilini bitta emas balki ikkita tasodifiy ...
  4. O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi

    Документ
    ... sохasi_____________________________________________________ Talim sохasi____________________________________________________ ... vinaya-pitaka), ... shakllanishining boshlangich davrida ... 1- ооn Usmоnоv M. YAхshi fazilat — insоnga ziynat. T., «O` ...
  5. O‘zbekiston respublikasining t a’lim tizimi

    Документ
    ... ‘nalishda – 15 ta, pedagogik yo‘nalishda - 5 ta ... topshiriq. Talaba nomidan fakultet dekaniga topshirilgan vazifa vaqtida ... o'rgatish jarayoni hisoblanadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini husnixatga ... di. 4. O‘zbеk tilini yaxshi bilmaydiganlarga yordam bеr ...

Другие похожие документы..